Naqshbandiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b. → va boshqa (2) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 0 y. → 0 yil, -a.lar → -asrlar (4) using AWB
Qator 1:
'''Naqshbandiya''' — tasavvuf tariqatlaridan biri. Bahouddin Naqshband asos solgan. N. xojagon tariqati negizida paydo boʻlib, Yusuf Hamadoniy, Abduxoliq Gʻijduvoniy, Ahmad Yassaviy qarashlarini omuxta etdi, ularga yangi ruhberib rivojlantirdi. 15—18-a.lardaasrlarda savdo va hunarmandchilik bilan shugʻullanadigan shahar aholisi hamda koʻchmanchi chorvador aholi orasiga keng yoyildi. N. taʼlimotining asosida "koʻngil xudoda boʻlsin-u, qoʻl ish bilan band boʻlsin" ("dil ba yoru, dast ba kor") shiori yotadi. N. da piru muridlik qoidalari xiyla osonlashtirilgan, sirtdan turib eʼtiqod qoʻyish, imon mustahkamligi, Haqtaologa sidqidildan itoat etish, ixlos va maʼnaviy kamolot asosiy oʻrin egallaydi. Rasmrusumlar, odatlarni koʻr-koʻrona ado etish, riyo, soxta dindorlik qoralanadi. Axloqiy poklik, qanoatli, sabrli boʻlish, ixtiyoriy faqirlik bilan Allohga intilish yuksak fazilat hisoblanadi. N.da odamning qadri mansabi, boyligi bilan emas, maʼnaviy komilligi bilan oʻlchanadi. N.da hunar, kasb egallab, oʻz mehnati bilan halol luqma yeb yashash talab qilinadi, tilanchilik, darbadarlik bilan kun kechirish sufiy uchun isnod sanaladi. Qul, xizmatkor saqlash, oʻzganing mehnatidan foydalanish ham man etiladi. N.ning yuqoridagi shiori tarkidunyochilikka, tekinxoʻrlikka qarshi qaratilgan. N.da man-manlik, sufiy, shayxman deb kerilish, shovqin-suron koʻtarib zikru samoʼ bilan odamlar diqqatini oʻziga qaratish qoralanadi. N.da asosiy talab — qalbni dunyo gʻuborlaridan tozalash, oʻz nafsi bilan kurashib ruxda cha-rogʻonlik topish, qalbda Alloh nomlarini naqshlab borish usullari ishlab chiqilgan. Zikri xufiya (yashirin zikr tushish) shunga xizmat qilgan. "Tashqaridan xalqb-n, ichkaridan Haqb-n boʻlish", har bir nafasni Xudo yodi bilan chiqarish, qadamni savob ishlar, ezgu amallar sari qoʻyish, yurt kezib, aziz-avliyolar qab-rini ziyorat qilish, gʻofillarni hushyor etish, har qanday holatda qalb ogoxligiga erishish — N.ning asosiy maʼnaviy tarbiya usuli hisoblangan.
 
N.da pir va murid orasidagi maʼnaviy orifona suhbatga katta eʼtibor qilingan. N.ga koʻra, suhbat — anjuman ichra boʻlish, bilmaganni bilib olish, yuksalish, karomatlar siru asrori, ilohiyot olami nurlaridan baxramandlik boʻlsa, buning aksi — xilvat esa kishini bilimdan, maʼrifatdan mahrum qiladi. N.da oʻzini oʻzi nazorat qilib borish, olgan bilimlarini dilda mus-tahkamlash, umrning har bir damini savob ishga, har bir nafsni maʼnaviy kamolot uchun sarflash lozim deyiladi. "Vuqifi zamoniy" (muayyan vaqtda toʻxtab oʻzini tekshirish), "vuqufi adadiy" (ishlarini sarhisob qilib tekshirish), "vuqufi qalbiy" (qalb amallari qanday boʻlayotganligini toʻxtab, tekshirib borish) kabi shiorlar ("qudsiy soʻzlar") ham ana shu nazorat usuliga kiradi. N., shu tariqa, tasavvufni islom shariati va paygʻambar sunnati bilan yanada mustahkamroq bogʻladi. "Urvatul vusqo", yaʼni barcha ishda paygʻambar soʻzlari va ishlariga suyanish N. shiorlaridan biriga aylandi. N. da sufiylik isteʼdodiga ham eʼtibor berilgan, yaʼni baʼzi kishilarning men falon silsiladanman, naslnasabim falon-falonchilarga borib ta-qaladi, degan gaplariga qarshi Bahoud-din Naqshband "ran silsilada emas", ran Allohning jazbasida" deb aytadi. Jaz-ba boʻlmasa, sufiylikda maqomatlarga koʻtarilish qiyin.
 
N. Bahouddin Naqshband hayotligidayoq keng shuhrat qozondi. N.ni nazariy jihatdan ishlab chiqishda Muhammad Porso, Alouddin Attor xizmatlari katta boʻldi. Bu tariqatga faqatgina oddiy xalq emas, balki Buxoro va Samarqand ulamolari, Amir Temur avlodidan boʻlgan shoh va shahzodalar kira boshladilar. 15-a.dayoqasrdayoq N. Eron, Afgʻoniston, Misr, Hijoz, Shim. Kavkaz, Turkiyaga tarqala boshladi. Ayniqsa, "hazrati Eshon" unvoniga musharraf boʻlgan Xoja Axror valiy — Nosirid-din Ubaydulloh faoliyati tufayli N.ning obroʻ-eʼtibori yana ham oshdi. Bahouddin Naqshband zamonida man-sabdor shaxslar, shoxu amirlardan uzoq turish lozim deyilgan boʻlsa, Xoja Ahror valiy davrida N. siyosiy doiralarga kirib bordi. N. 16-a.daasrda Hindistonga tarqaldi. Bunda Bobo valiy, Xoja Boqibilloh (1563—1603), Axmad Sirhindiy (1564—1624) faoliyati yaxshi samara bergan. Ayniqsa, Ahmad Sirhindiy u yerda sunniylik yoʻnalishini mustahkamlash uchun N.dan unumli foydalangan. N.ni Turkiyada yoyilishida Mulla Abdulloh Simaviy (1490 y.vyilv.e.), Ahmad Buxoriy va boshqa shaxslarning xizmati bor. N. 16—17-a.lardaasrlarda Misr va Hijoz (Arabiston)ga kirib boradi. Eronning Nishopur, Isfahon, Yazd shaharlariga tarqalib, shular orqali Falastin, Iroq, Iordaniyada koʻplab tarafdorlarga ega boʻlgan. Hindiston orqali u Indoneziya, Malayziya, Seylonga tarqaldi. Keyingi asrlarda Rossiya, Bosniya va boshqa Yevropa mamlakatlariga yoyilgan. Hozirda AQSH, Kanada, Avstriyada N. markazlari, xonaqolari, jamgʻarmalari bor.
 
N. tariqatining umuminsoniy gʻoyalar, maʼnaviy kamolot, botiniy poklikni targʻib etishi uning dunyoda keng tarqalishiga olib keldi. Uning mux^islari bir necha million kishini tashkil etadi.