Nayman: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.lar → yillar (2), va b.) → va boshqalar) (2), va b. → va boshqa using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: -a. → -asr (13) using AWB
Qator 1:
'''Nayman''', naymanlar — oʻzbek, qoraqalpoq, qozoq, qirgʻiz, noʻgʻoy va oltoy xalqlari tarkibiga kirgan kabila uyushmasi. Rus etnografi A.D.Grebenkinning 19-a.asr 70-yillarida bergan maʼlumotiga koʻra, oʻzbek N. Zarafshon vodiysi (63 ta qishlogʻida), Fargʻona vodiysi, Xorazm vohasi, Qoraqalpogʻiston, Qashqadaryo va Surxondaryoning Termiz tumanida koʻngʻirotlar bilan birga yashab kelishgan. Keyinchalik dastlab Afgʻonistonning Balx viloyatiga, soʻngra Zarafshon vodiysiga koʻchib ketishgan.
 
Oʻzbek N.lari 19-a.asr oxirida 3 ta yirik uruqqa boʻlingan: qoʻshtamgʻali, sadirbegi, uvaxtamgʻali. Bulardan tash-qari, N.da bir qancha urugʻ boʻlimlari ham mavjud boʻlgan: agran, ayronchi, badir, biya, bogʻanali, boltali, bukalay, burunsov, jagalboyli, jostovon, jilonli (ilonli), jumaloq bosh, olti ota, olti oʻgʻil, oq tunli, segiz uruv (sakkiz urugʻ), sarinayman, turtul (toʻrt oʻgʻil), toʻrttamgʻali, urguch, ukrash, changali, choʻmichli, gʻozoyoqli, qoragadoy, qorasirak, qargʻali, qiltamgʻali, kultamgʻali va boshqa Narpay tumanidagi N.: poʻlatchi, ulus, zarman, kichkildik, osnayman. Achchili nayman, kattaki, nayman, toʻrgʻoq nayman, uyshun naymanlarga qam boʻlingan.
 
Oʻzbek N. avlodlarini boshqa qavmlar tarkibidan ham uchratish mumkin. Mac, oʻzbek-saroylarining eng yirik toʻrt urugʻidan biri naymansaroy deb nomlangan. Shuningdek, qipchoqsaroyda chorkusa nayman, qoʻshtamgʻali saroy va qoʻngʻirot saroyda ham N. tarmogʻi bor. Hattoki oʻzbek kenagaslari va juzlaritarkibida ham N. shoxobchasi uchraydi. Bu holat oʻzbek qavmlarining etnoge-nezi mushtarakligidan, oʻzaro etnogenetik va etnomadaniy aloqalardan dalolat beradi.
Qator 7:
N. Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Boshqirdiston, Tatariston va Moʻgʻuliston hududlarida ham yashaganlar.
 
N.larning kelib chiqishi munozarali. Bir guruh olimlar (I.N.Berezin, V.V.Bartold, B.Ya.Vladimirsov va boshqalar) N.ning etnogenezini moʻgʻullar bilan bogʻlaydilar. Ular "nayman" soʻzining etimologiyasini (moʻgʻulcha "sakkiz", "sakkiz qabila") oʻz fikrlariga dalil qilib koʻrsatadilar. Ikkinchi bir guruh esa (N. A. Aristov, X.Xovorst, S.A. Amanjolov va boshqalar) esa N.ni turk deb hisoblaydilar. Qad. Sharq qoʻlyozmalarida hamda Urxun yozuvlarida "sakkiz oʻgʻuz" qabilasi ittifoqi tilga olinadi. Ular yashagan yerlarni 10-a.asr oʻrtalarida kidanlar ishgʻol etganlar. Sakkiz oʻgʻuzlar kidanlar tomonidan tobe etiladi, kidanlar ularni N. deb atay boshlaganlar. Demak, N. aslida turkiy xalqlardan boʻlganlar. N. 8-a.asr oʻrtalarida Baykal koʻlining jan.da yashaganlar. 9-a.asr oʻrtalarida ular Urxun daryosining yuqori qismidan to Tarim va Qora Irtishgacha boʻlgan yerlarni egallaydilar. Keyinchalik N. egallab turgan yerlarning chegarasi Xonboy va Oltoy togʻlarigacha yetgan. Ular sharqsa, kerayitlar, shim.da qirgʻizlar, gʻarbda qangʻlilar, jan.da esa uygʻurlar bilan chegaradosh boʻlganlar. 12-a.ningasrning oʻrtalarida N. kuchayib, Markaziy Osiyoda oʻz hukmronliklarini oʻrnatdilar. N. davlati 13-a.asr boshigacha, yaʼni moʻgʻullar istilosiga qadar mavjud boʻlgan. N.larning oxirgi xoni — Tayanxonning poytaxti Jarshiznaur degan (Qoraqurumga yaqin) joyda joylashgan.
 
1204 yilda N.ning katta bir qismi moʻgʻullarga tobe boʻladi. Moʻgʻullarga itoat etmagan N. esa Balxash koʻlining gʻarbidagi choʻllarda, jan.da Olakoʻl boʻylarigacha boʻlgan yerlarda, Sirdaryo boʻylarida, Ulugʻtogʻ hamda Ishim daryosi boʻylarida yashaganlar. Sirdaryo boʻylaridagi N.ning katta qismi keyinchalik Xorazmga va Movarounnahrga koʻchib kelib oʻrnashganlar. Ular asta-sekin oʻtroqlashib, yerlik xalqlarga aralashib ketganlar.
 
Qozogʻiston choʻllarida koʻchib yurgan N.ning bir qismi Shayboniyxoniing Movarounnahrga qilgan yurishlarida faol qatnashgan. 15-a.ningasrning oxiri — 16-a.ningasrning boshlarida ular hozirgi Oʻzbekiston hududlariga koʻchib oʻrnashgan. N.ning Dashti Qipchoqda qolgan kismi esa qozoq, qoraqalpoq va noʻgʻoylar tarkibiga kirgan. N.ning deyarli koʻpchiligi 13-a.asr boshlarigacha xristian dinida boʻlgan. Ularning bir qismi esa qora kidanlar taʼsirida budda dinini ham qabul qilganlar. Ammo N. eʼtiqodida ibtidoiy dinlarning , xususan shamanizm qoldiklari kuchli boʻlgan. 13— 14-a.larasrlar davomida N.lar islomdi-nini qabul qilganlar.
 
Oʻzbek N.ning koʻpchilik qismi Zarafshon vodiysida (Pastdargʻom va Narpay tumanlarida) oʻtroq holda yashab, koʻpincha dehqonchilik bilan mashgʻul edi. Ular tomli (paxsa, choʻpkori) uylarda yashaganlar. Oʻtroq N.ning boylari chorvachilik bilan ham shugʻullanganlar. Jom choʻli, Oʻrtachoʻl, Zirabuloq togʻida yashovchi N.ning asosiy mashgʻuloti chorvachilik hisoblangan. Bular koʻpincha qorakoʻl qoʻylari, togʻ va togʻ bagʻirlarida yashaganlari esa jaydari qoʻylar, qoramol, tuya va ot saklaganlar. Chorvador N. oʻtovlarda yashaganlar. 19-a.ningasrning oxiri — 20-a.ningasrning boshlarida oʻzbek N. ham boshqa qabilalar kabi oʻtroq oʻzbeklar tarkibiga singib, mazkur xalqning shakllanishida faol qatnashganlar.
 
Ad.:Rashidaddin., Sbornik letopisey, t. 1., vip. 1., M. -L., 1962; Norboyev N., Oʻzbek elining qabila va urugʻlari haqida, T., 1997.