Organik kimyo: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: O.k. → {{subst:FULLPAGENAME}} (5), Hoz. → Hozirgi, y.lar → yillar (5), va b.ning → va boshqalarning (4), va b. → va boshqa (4) using AWB |
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh. → shahri, 7 y. → 7 yil (2), -a.ni → -asrni (2) using AWB |
||
Qator 1:
'''Organik kimyo''' — uglerodning boshqa elementlar bilan organik birikmalar hosil qilishi va bu birikmalarning oʻzgarish qonunlarini oʻrganadigan fan. Kimyotj bir boʻlimi. Organik kimyo ning asosiy vazifasi — organik birikmalarni sof holda olish va ularning tuzilishini aniqlash, reaksiyaga kirishishi, reaksiyalar mexanizmini, moddalarning kimyoviy tuzilishi va xossalari orasidagi bogʻlanishni oʻrganish, shuningdek, ulardan amaliyotda foydalanish yoʻllarini tadqiq qilishdan iborat. Organik birikmalar insonning Yer mavjud boʻlishi va uning amaliy faoliyatda oʻta muhim ahamiyatga ega. Tirik organizmlarni tashkil qiladigan barcha asosiy komponentlar — oqsillar, nuklein kislotalar, uglevodlar, yogʻlar, vitaminlar, gormonlar va boshqa — organik birikmalardir. Deyarli barcha sintetik va tabiiy tolalar, plastmassalar, pestitsidlar, boʻyagichlar, dorilar va
Organik birikmalarga tavsifli xossa — uglerod atomlarining bir-biri bilan oddiy, qoʻsh yoki uch bogʻ orqali toʻgʻri chizikli, zanjirsimon, 1, 2, 3 va koʻp halqali (yadroli) yoki karkasli birikmalar hosil qila olishidir. Bunday birikmalar asosini ochik, zanjirli uglevoddan oʻzga atomlarga almashtirilishi mumkin. Bu atomlar geteroatomlar deb ataladi (mas, kislorod, azot, oltingugurt). Strukturasiga koʻra, organik birikmalar alifatik birikmalar (ochik, zanjirli uglevodorodlar va ular hosilalari)ga, yopiq uglerod zanjirli karbotsiklik birikmalar (alitsiklik birikmalar, aromatik birikmalar) va geterotsiklik birikmalarga boʻlinadi. Zanjirida qoʻsh bogʻ yoki 3 bogʻi boʻlmagan uglevodorodlar va ularning hosilalari toʻyingan birikmalar, qoʻshbogʻ yoki 3 bogʻ tutganlari — toʻyinmagan birikmalar hisoblanadi.
Qator 11:
Organik kimyoning rivojlanishida rus olimlaridan V. V. Markovnikov, N. N. Zinin, A. Ye. Favorskiy, S. V. Lebedev, N. D. Zelinskiy, A. N. Nesmeyanov va boshqalarning xizmatlari katta.
Organik kimyoning rivojlanishida Oʻzbekiston kimyogarlarining ham katta hissa-si bor. 20-
40-yillarda O. S. Sodiqov boshchiligida organik kislotalar, biologik stimulyatorlar, RR vitamini, xinozidin va boshqa olish yoʻlga qoʻyildi. 50-yillarda S. Yu. Yunusov Oʻzbekiston oʻsimliklari tarkibidagi noyob organik moddalarni ajratib olish va tarkibini oʻrganishga kirishdi. Aromatik birikmalarni alkillash va alsillash amalga oshirildi (I. P. Sukervanik va boshqalar). Aproton va proton kislotalar alkillash reaksiyalarida katalizatorlar sifatida qoʻllandi, l-atsetilanizol olish usuli sanoatga tatbiq etildi. Ortotsiklogeksilfenol sintez qilin-di (prof. A. R. Abdurasulova). Turli organik birikmalarni alkillash reaksiyalari, gumin kislotalari hosilalari oʻrganildi (prof. A. B. Qoʻchqorov). A. S. Sultonov neftni qayta ishlash sohasi uchun samarali katalizatorlar sintez qilib amaliyotda qoʻlladi. Uning shogirdlari M. F. Obidova bilan prof. A. Abduqodirov ham organik kataliz rivojiga katta hissa qoʻshdilar.
Qator 17:
Metallorganik birikmalar (prof. 3. M. Minulkin) va kumir kimyosi (prof. D. T. Zambramskiy) rivojlantirildi. Gumin kislotalarini elektrolitlar bilan choʻktirish orqali fraksiyalarga ajratish usuli qoʻllanishga tavsiya etildi. Organik birikmalarni karbonillash reaksiyalari tadqiq qilindi (Yo. Yu. Aliyev).
Keyingi 30
/1L:Dyur M., Dyugerti R., Teoriya vozmusheniy molekulyarnix orbitaley v organicheskoy ximii, M., 1977; Braun T., Lemey G. Yu., Ximiya v sentre nauk, t. 1 — 2, M., 1983; P yetrov A. A. idr., Organicheskaya ximiya, M., 1985; Iskandarov S, Sodiqov B., Organik ximiya nazariy asoslari, T., 1987.
|