Oriylar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: mil. av. → miloddan avvalgi using AWB
Qator 1:
'''Oriylar''' — Hindistonning koʻp ming yillik tarixida uni birinchi bor istilo qilgan qabilalar. "Oriy" soʻzi qad. Eronzabon qabilalarning nomi boʻlib, "kelgindi", "begona", "boshqa yerlik" maʼnolarini bildirib, keyinchalik "xoʻjayin", "aslzoda" maʼnosini anglatgan. Qad. hind manbalarida O. ning muqaddas yurti Aryavarta haqida zikr qilinadi. Eroniy va hindoriy qabilalari ajdodlarining keng urugʻchilik aloqalari yoki birligi, ular tilining yaqinligi, grammatik va asosiy lugʻat boyligi umumiy boʻlganligi, diniy tushunchalarning bir ekanligi, shuningdek urf-odatlari, olovga topinishning oʻxshashligi diqqatga sazovor. Qad. hindlar va eroniylar birga yashab, hind-oriy umumiyligini tashkil etganlar. Ularning ajdodlari avvalo Markaziy Osiyo va unga qoʻshni oʻlkalarda yashaganlar degan fikr mav-jud. Bu hududda yashaganlarning bir guruhi Hindistonga, boshqasi esa Gʻarbiy Osiyoga borganlar. Bu jarayon mil.miloddan av.avvalgi 2-ming yillikning oʻrtalarida roʻy bergan. Baʼzi olimlar O.ni Hindistonga ikki yoʻl orqali, yaʼni Kavkaz va Markaziy Osiyo orqali oʻtishi mumkinliGini taxmin qiladilar. Bu jarayon bir necha yuz yillar mobaynida roʻy bergan. Oʻsha davrda mahalliy qabilalar bilan harbiy toʻqnashuvlar, oriy qabilalarning ichida ham oʻzaro nizolar boʻlib turgan. Hind-oriylarning Hindistonda mahalliy aholi bilan assimilyasiya jarayoni va O.ning Sharqqa harakati tezroq kechgan. O. mahalliy qabilalarning ijtimoiy, siyosiy tizimiga maʼlum darajada oʻzgartirishlar kiritgan, oʻz navbatida, hindlarning diniy tushunchalari ham hind-oriylarga oʻz taʼsirini koʻrsatgan. Asta-sekin hindoriy va mahalliy qabila yutuqlarini mujassamlashtirgan, Shim. hamda Sharqiy Hindistonning anchagina aholisi uchun umumiy boʻlib qolgan yangi madaniyat vujudga kelgan.
 
== Adabiyot ==
Qator 9:
{{manbalar}}
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}