Oʻzbekiston milliy universiteti: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: q.x. → qishloq xoʻjaligi (2), hoz. → hozirgi (4), inti → instituti (7), y.lar → yillar using AWB |
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 8y.da → 8 yilda using AWB |
||
Qator 32:
'''Oʻzbekiston milliy universiteti''', Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti (OʻzMU) — Oʻzbekistondagi eng yirik oliy oʻquv yurti va ilmiy tekshirish markazlaridan biri; Oʻrta Osiyo va Qozogʻistondagi birinchi universitet. 1918 yil Turkiston xalq universiteti sifatida Toshkent shahrida tashkil etilgan. Turkiston xalq universiteti 1920 yildan Turkiston davlat universiteti, 1923 yildan Oʻrta Osiyo davlat universiteti (SAGU), 1960 yildan Toshkent davlat universiteti (ToshDU) deb nomlangan. OʻzR Prezidentining 2000 yil 28 yanvardagi farmoniga muvofiq, untga milliy universitet maqomi berildi va u hozirgi nomi bilan ataldi. 1995 yil Mirzo Ulugʻbek nomi berilgan.
1920/21 oʻquv yili Turkiston untida tibbiyot, fizikamat., ijtimoiyiqtisodiy (ijtimoiy fanlar), tarixfilol., texnika, qishloq xoʻjaligi, harbiy ftlar boʻlib, ularda 2969 talaba oʻqigan. Ishchi va dehqonlarni, ayniqsa, mahalliy millat vakillarini untga kirishga tayyorlash maqsadida uning huzuridagi ishchilar fakulteti muhim rol oʻynadi. universitet yildanyilga kengayib bordi. 1924 yil ijtimoiy fanlar fti asosida mahalliy xoʻjalik va huquq fti tuzildi. Baʼzi ftlar birlashtirildi, ayrim ftlarda bir qancha boʻlim va kafedralar ochildi. universitet mamlakatda Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston uchun kadrlar tayyorlashning asosiy markaziga aylandi. Oʻzbek ziyolilarining tarkib topishida muhim rol oʻynadi. 20-yillarning 2-yarmidan untda ilmiy tekshirish ishlariga alohida ahamiyat berildi. 1929 yil aspirantura ochildi. universitet olimlari tomonidan xalq xoʻjaligi uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan kashfiyotlar qilindi. Xususan, 1928 yil universitet olimi P.B. Grabovskiy. I.F. Belyanskiy bilan birgalikda elektron nur yordamida harakatdagi tasvirni bir joydan boshqa joyga uzatadigan va qabul qiladigan "radiotelefot" apparatini yaratdilar.
Unt 34 taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar, 108 mutaxassislik boʻyicha magistrlar tayyorlaydi. 68 mutaxassislik boʻyicha aspirantura, 20 mutaxassislik boʻyicha doktorantura mavjud. 2005 yil 164 aspirant, 16 doktorant, 127 tadqiqotchi ilmiy tekshirish olib bordi, 14 ixtisoslashgan kengash (9 drlik va 5 nomzodlik) 30 mutaxassislik boʻyicha faoliyat koʻrsatadi. 2004/05 oʻquv yili untda 10250 talaba taʼlim oldi, 1059 prof.oʻqituvchi, jumladan, 136 fan d-ri va prof., 387 fan nomzodi va dotsent ishladi. universitet prof. oʻqituvchilari orasida OʻzR Fanlar akademiyasining akad.lari (A.A.Abduvahobov, J.A. Azimov, T.A.Azlarov, Sh.A.Alimov, Sh.A.Ayupov, T.N.Dolimov, T.J.Joʻrayev, T.S.Yoʻldoshboyev, A.T.Mamadalimov, J.A.Musayev, M.M.Musaxonov, A.R.Muhammadjonov, T.M. Moʻminov, N.A.Parpiyev, S.Sh.Rashidova, M.Salohiddinov, Sh.I.Solihov, N.Yu.Sotimov, B.O.Toshmuhamedov, S.Sh.Shermuhamedov va boshqalar) bor. Untda muhim fan tarmoqlari boʻyicha ilmiy maktab va yoʻnalishlar yaratildi. Xususan, universitet olimlarining mat. va mexanika (V.I.Romanovskiy, T.A. Sarimsoqov,S.H. Sirojidsinov, Sh.Q. Farmonov, T.A.Azlarov, M.S. Salohiddinov, Sh.A. Ayupov, Sh.O.Alimov, M.T.Oʻrozboyev, A.Begmatov), fizika (S.V.Starodubsev, O. Xolmuhamedov, Sh.Otajonov, S.U. Umarov, R.X.Mallin, kimyo (O.S.Sodiqov, R.Tillayev, K.S.Ahmedov, Oʻ.N.Musayev, S.Sh.Rashidova, Sh.T.Tolipov), biol. (Ye.P.Korovin, T.Z.Zohidov, A.T.Toʻlaganov, A.Vahobov), tuproqshunoslik va agrokimyo (S.N.Rijov, X.A.Abdullayev), biokimyo va biofizika (Yo.X.Toʻraqulov), baland togʻlarni oʻzlashtirish (I.A.Raykova), genetika (JA.Musayev), geol. (A.S.Uklonskiy, O.I.Islomov, T.N.Dolimov), geogr. (L.N.Korjenevskiy, A.Soliyev, Z.M.Akramov, H. H. Hasanov), falsafa (A.T. Ayupov, K.S.Sodiqov, E.Yusupov, S. Shermuhamedov, J.M.Boboyev, I.Rahimov), tarix (V.V.Bartold, A.A.Semyonov), huquqshunoslik (H. S.Sulaymonova, O.E.Eshonov, Sh.Z.Oʻrazayev), sharqshunoslik (Sh.Shomuhamedov), filol. (Gʻ.K.Karimov, O.Sharafiddinov, S.D. Dolimov, A.Gʻ.Gʻulomov, L.P.Qayumov, B.Qosimov, U.Normatov, A.Abduazizov, Sh.Rahmatullayev), psixologiya (E.Gʻoziyev), sotsiologiya (N.Aliqoriyev) sohasidagi tadqiqotlari mashhur.
|