Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: q.x. → qishloq xoʻjaligi, inti → instituti (3) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: mil. av. → miloddan avvalgi using AWB
Qator 6:
Oʻzbekiston FA 1943 yil 4 noyabrda OʻzFANnegizida tashkil etilgan. T.N. QoriNiyoziy uning birinchi prezidenti qilib saylangan. Akademiya tashkil topgan yili uning tarkibida 11 haqiqiy aʼzosi, 18 muxbir aʼzosi hamda 3 faxriy aʼzosi boʻlib, 10 ilmiy tekshirish institutini birlashtirgan. 210 ilmiy xodim, jumladan, 28 fan d-ri va 80 ga yaqin fan nomzodi ishlagan.
 
Akademiya tashkil topgan davrdan beri uning ilmiy tekshirish muassasalari xodimlarining soni, ilmiy tekshirish ishlarining koʻlami va salmogʻi jihatidan katta tarixiy rivojlanish yoʻlini bosib oʻtdi. Akademiya olimlari tabiat, jamiyat va insoniyat taraqqiyoti, millatlar, milliy madaniyatlar, davlat va milliy munosabatlarning rivojlanish muammolari, taʼlim va maʼrifat masalalari, liberallashtirish sharoitida milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va raqobatbardoshliligini oshirishning metodologik asoslari, mulkiy munosabatlardagi oʻzgarishlar, mehnatni ragʻbatlantirish va aholini ijtimoiy himoyalash muammolari, moliyakredit, soliq va sugʻurta mexanizmini takomillashtirish, fuqarolik jamiyati va kuchli demokratik davlatni shakllantirish masalalari boʻyicha tadqiqotlar olib boradilar. Akademiya olimlarining Oʻzbekiston oʻtroq sugʻorma dehqonchilik madaniyatiga asoslanganligi va eng qadimiy sivilizatsiya oʻchoqlaridan biri ekanligi, Oʻzbekiston hududida davlatchilikning ilk koʻrinishlari mil.miloddan av.avvalgi 2-ming yilliklarda boshlanganligi toʻgʻrisidagi tadqiqotlari katta ahamiyatga ega. Akademiya olimlari fundamental tadqiqotlar ustida ishlash bilan chegaralanibgina qolmay, mamlakat taraqqiyoti uchun zarur boʻlgan zamonaviy asbobuskunalar, tibbiy jihozlar, doridarmon, foydali oʻsimliklarning yangi navlari, qishloq xoʻjaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi vositalar, shuningdek, yer osti boyliklarini qazib olishning yangi texnologiyalarini yaratmoqdalar.
 
FA ning koʻpgina muassasalari xorijiy davlatlarning ilmiy muassasalari bilan birgalikda tadqiqotlar olib boradi. Jumladan, Oʻzbekiston FAning Yadro fizikasi, Elektronika, Fizikatexnika, Mikrobiologiya, Biokimyo, Suv muammolari, Umumiy va noorganik kimyo intlari bilan AQSH, Xitoy, Germaniya, Italiya, Fransiya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Hindiston, Turkiyadagi yirik ilmiy markazlar oʻrtasida manfaatli hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.