Pomir: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t-ra → temperatura (12), vakt → vaqt, sh.da → shahrida, mayd. → maydoni, y.da → yilda, va b.) → va boshqalar) (4), va b. → va boshqa (6) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: bal. 6 → balandligi 6 (5) using AWB
Qator 5:
Relyefi. P. deyarli kenglik va meridian boʻylab choʻzilgan koʻplab tizmalardan tashkil topgan. U Tarim va Amudaryo xavzalarini bir-biridan ajratadi.
 
P.ning shimoliy qismidagi Orqa Olay tizmasi kenglik boʻylab, gʻarbdan Qizilsuv va Muksuv daryolarining qoʻshilish qismidan sharqqa, Otchaylo choʻqqisigacha choʻzilgan. Oʻrtacha bal.balandligi 6000 m, eng baland joyi 7134 m. Orqa Olay tizmasining sharqiy qismida Qizilart dovoni (bal.balandligi 4280 m) joylashgan, undan Oʻsh—Xorugʻ avtomobil yoʻli oʻtadi.
 
Orqa Olay tizmasidan jan.da P. orografik jihatdan ikki qismga: Gʻarbiy P. va Sharqiy P.ga boʻlinadi. Gʻarbiy P. bir qancha kenglik va jan.-gʻarbga choʻzilgan juda baland, bir-biridan chuqur, asosan, dara shakliga ega boʻlgan daryolar bilan ajralgan, alp tipli relyefga ega boʻlgan tizmalardan iborat. Tizmalar yon bagʻirlarida (asosan, 4000–4600 m balandliklarda) tekislangan yuzaliklarning qoldiqlari saqlanib qolgan, ular chuqur parchalangan. Gʻarbiy P.ning eng baland tizmalari-ga, uning shim.-gʻarbidagi Pyotr I (eng baland joyi 6785 m), Darvoz (6083 m), Vanj (5584) tizmalari kiradi. Pyotr 1 va Vanj tizmalari sharkda kenglik boʻylab choʻzilgan Fanlar Akademiyasi tizmasi bilan tutashadi. Pyotr I va Fanlar Akademiyasi tizmalari tutashgan joyda bal.balandligi 7495 m li Somoniyon choʻqqisi joylashgan. Vanj va Fanlar Akademiyasi tizmalaridan jan.da Yazgʻulom (6974 m), Rushon (6080 m), Shugʻnon (5704 m), Shoxdara (6726 m), Gʻarbiy P.ning jan.-gʻarbiy qismida deyarli meridian boʻylab choʻzilgan Ishkoshim tizmalari (6096 m) joylashgan. Ushbu tizmalarning nisbiy bal. (Panj daryosining oʻng irmoqlari oʻzanidan) 2000–3500 m. Gʻarbiy P. tizmalari yon bagʻirlarining nisbiy balandligi, tikligi, nurash jarayonlarining kuchliligi va kuchli zilzilalarning tez-tez boʻlib turganligi natijasida koʻplab surilmalar va qulashlar sodir boʻlishiga olib kelgan. 1911 yilda togʻ qulashi natijasida Sarez koʻli hosil boʻlgan.
 
Sharqiy P. yer yuzasining tuzilishi Gʻarbiy P.nikidan farqqiladi. P.ning bu qismida togʻ tizmalari yassi tekislik koʻrinishdagi keng vodiylar va bal.balandligi 3500–4500 m li botiqlar (Rangkoʻl, Shoʻrkoʻl, Qorakoʻl va boshqalar) orqali birbiridan ajralgan. Botiqlar va dare vodiylari tizmalarning nurashi natijasida hosil boʻlgan chagʻir tosh, harsang tosh, shagʻallar, qad. muzliklar qoldirgan morenalar bilan toʻlgan. Shar-qiy P.da yillik yogʻin mikdori kam boʻlganligi sababli, erozion yemirilish kuchli emas. P.ning bu qismida doimiy muzloqlar ham hosil boʻlgan. Sharqiy P.da Muzqoʻl (6233 m), Shim. Alichur (5929 m), Jan. Alichur (5706 m) va boshqa tizmalar deyarli kenglik boʻylab choʻzilgan, ularning nisbiy bal.balandligi 1200–1800 m.
 
Geologik tuzilishi. P. togʻlari alp burmalanish mintaqasiga kiradi. Ularning shim. qismi (Orka Olay tizmasining shim. yon bagʻri) yuqori perm, mezozoy va kaynozoy davriga mansub kristalli slanets, konglomerat, qum-tosh, gil, ohaktosh va vulkanogen jinslardan tashkil topgan. Markaziy kis-mi tektonik jihatdan sinklinal struktura boʻlib, paleozoy, mezozoy (trias, yura va quyi boʻr) davri choʻkin-di, metamorfl"ashgan,choʻkindivulkanogen togʻ jinslari bilan toʻlgan. Jan. Pomir antiklinal struktura boʻlib, juda qad. (arxey, proterozoy) togʻ jinslaridan (slanets, gneys, marmar va boshqalar) tashkil topgan. Bu antiklinal baykal burmalanishidan keyin shakllangan, alp burmalanish davri int-ruzivlari bilan oʻzgartirilgan. Intru-zivlar P.ning jan.-gʻarbiy qismida yer yuzasiga chiqib qolgan.