Qozi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh.da → shahrida, y.lar → yillar using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: -a.ni → -asrni (2) using AWB
Qator 1:
'''Qozi''' (arab. — ijro etuvchi, hukm chiqaruvchi) — musulmon davlatlarida hukmdor tomonidan tayinlanib, shariat asosida sud vazifasini bajaruv-chi, sudya, sharʼiy mahkama raisi. Dastlab Q.larni Muhammad paygʻambar, undan keyin xalifa Umar tayinlagan. Xulofoi roshidin davrida Q.lar faqat fuqarolik ishlarini koʻrib chiqardi, jinoiy ishlarni hal qilish xalifa yoki viloyat hokimlarining vakolatiga kirardi. Javobgar yuksak maqom egasi va iqtidorli kishi boʻlganda unga tegishli ish mazolim Q.si (mazolim volisi)gatopshirilardi. Shikoyatlar bilan shugʻullanuvchi bu idoraga davlat rahbari yoki u tayinlagan baobroʻ kishi boshchilik qilardi. Mazolim sudida daʼvogar va javobgardan tashqari Q.lar, muftiylar, salohiyatli kotib, ichki ishlar rahbarlari, xavfsizlik xodimlari ishtirok etardi. Mazolim Q.si hokimlar, davlat mulozimlari, soliqchilardan shikoyatlar boʻyicha ishlarni, zoʻravonlik bilan tortib olingan shaxsiy mulk yoki vaqf mulklariga oid ishlarni, Q.lar chiqargan qarorlarning bajarilmasligi hollari, koʻpchilik manfaatiga qarshi qilingan tajovuzlarga doir ishlarni koʻrib chiqardi. q. [[musulmon boʻlmagan fuqarolarning ishlarini ularning diniy kitoblari (Tavrot]], [[Injil]]) asosida hal qilardi. Q.ningʻ hukmi ustidan xalifaga shikoyat qilish mumkin boʻlgan. 8-a.ningasrning 2-yarmida abbosiylar davlatida oliy Q. — qoziul-quzzot lavozimi joriy qilingan.
 
Amalda q. [[lavozimini oʻz obroʻsiga dogʻ tushirmagan]], [[ilmu idrokli va shariat qonunlarini yetarlicha biladigan]], [[yaqqol koʻrinib turgan jismoniy nuqsoni boʻlmagan sogʻlom va odil har bir erkin (qul boʻlmagan]]) musulmon egallashi mumkin edi. Q. davlat gʻaznasidan taʼminlab turilgan. Baʼzan Q. umumiy vakolatga ega boʻlib, butun mamlakat boʻyicha hukm chiqara olgan, baʼzan uning vakolati bir viloyat yoki shahar hududi bilan cheklangan. Q. oʻz shahri yoki viloyatidagi barcha fuqarolik va jinoiy ishlarni olib borish, jamoatchilik axloqi saqlanishini nazorat qilish, zarur boʻlgan taqdirda odamlar va mulkka vasiylikni tayinlash, vaqf mulklarini nazorat qilish, jamoat binolari va inshootlar, yoʻllar, koʻchalar va maydonlarning holatini kuzatib turish, meros boʻlinishini va vasiyatga rioya qilinishini, q. [[hukmlari toʻgʻri bajarilishi va toʻgʻri jazo belgilanishini kuzatish]], [[huquqni muhofaza qilish idoralari va turma nozirlarini nazorat kilish]], [[zakot]], [[sadaqa va b]]. jamoat mablagʻlari toʻgʻri yigʻilishi hamda taqsimlanishini kuzatib borish, zarbxona, baytulmol (dashsht xazinasi)ni nazorat qilish kabi ishlarni bajarardi. Qoʻshinlar Q.si qoʻlga kiritilgan harbiy oʻljani baholashi va uning toʻgʻri taqsimlanishini kuzatishi kerak boʻlgan. Buning uchun u harbiy huquqni yaxshi bilishi lozim edi.
Qator 5:
Ayrim hollarni hisobga olmaganda Q.lar asosan faqihlar orasidan chiqqan.
 
Oʻzbekiston hududida, xususan Toshkent shahrida 20-a.ningasrning 30-yillari boshigacha qozilar sudi mavjud boʻlib, shariatga tegishli muammolarni koʻrib, hal qilib kelgan.
 
Abdulhakim Juzjoniy.