Qurolli kuchlar: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Q.k. → {{subst:FULLPAGENAME}} (9), va b.ning → va boshqalarning (2), va b. → va boshqa using AWB |
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 5 y. → 5 yil (2), -a. → -asr (3) using AWB |
||
Qator 3:
Qurolli kuchlarning vujudga kelishi jamiyatning sinflarga ajralishi va davlat paydo boʻlishi bilan bogʻliq. Quldorlik davlatlarining qoʻshinlari, asosan, harbiy yoʻlboshchilar yoki shohlarning drujinalaridan, erkin xalq lashkarlaridan iborat boʻlgan. Misr, Yuno-niston, Rim va boshqa davlatlarda harbiy-dengiz floti tuzilgan. Mulkchilik munosabatlari rivojlana borgan sari vassalliklar lashkarlari Qurolli kuchlarning asosini tashkil etgan. Har bir mulkdor mohir jangchi boʻlib, oʻz qurolli otryadiga ega boʻlgan. Gʻarbiy Yevropada piyoda askarlar ahamiyatini yoʻqotib, ogʻir qurollangan otliq ritsarlar asosiy kuchga aylangan. Sharqda arablar, turklar, moʻgʻullar va boshqalarning davlatlarida Qurolli kuchlar, asosan, ogʻir va yengil qurollangan otliq askarlardan iborat boʻlgan (q. [[Armiya]]).
18-
Ikkinchi jahon urushi davrida Qurolli kuchlar ham miqdor, ham sifat jihatdan oʻsdi. Qoʻshinlar mexanizatsiyalashtirildi va motorlashtirildi, artilleriya va tanklar soni ortdi, reaktiv artilleriya va ballistik hamda qanotli raketalarning dastlabki namunalari paydo boʻldi. Harbiy-havo kuchlari va harbiy-dengiz floti rivojlandi. Operativ birlashmalar (quruqlikdagi qoʻshinlarda — front yoki armiyalar guruhi, harbiy-dengiz flotida — flot) vu-judga keldi. 1945
Qurolli kuchlar turlariga quyidagilar kiradi: quruqlikdagi qoʻshinlar, strategik maqsaddagi raketa qoʻshinlari, mamlakatni havo hujumidan mudofaa qilish qoʻshinlari, harbiy-havo kuchlari, harbiidengiz floti. Qurolli kuchlar turlari boʻlinma, qism, qoʻshilma, shuningdek, birlashma (asosan, urush davrida)larga uyushgan qoʻshin turlari va maxsus qoʻshinlardan tashkil topadi. Qurolli kuchlarda yagona tashkiliy tizim, shaxsiy tarkibni oʻqitish va tarbiyalashning , komandir kadrlarni tayyorlashning , xizmatni oʻtashning umumiy tartibi mavjud. Taraqqiy etgan davlatlarning zamonaviy Qurolli kuchlari eng yangi jangovar texnika, shuningdek, raketa-yadro quroli bilan taʼminlangan boʻlib, yuksak tayyorgarlikka, keng jangovar imkoniyatlarga ega (yana q. [[Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari]]).
|