Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: H. s. → {{subst:FULLPAGENAME}}, Hoz. → Hozirgi (2), va b. → va boshqa using AWB
Tahrir izohi yoʻq
Qator 4:
|image = human.svg
|image_caption = [[Pioneer]] kosmik kemlaridagi [[erkak]] va [[ayol]] surati.
|regnum = [[HayvonlarInsonlar|AnimaliaInson]]
|phylum = [[Xordalilar|Chordata]]
|classis = [[Sut emizuvchilar|Mammalia]]Insan
|ordo = [[Primatlar]]
|familia = [[HominidaeOdam]]
|genus = ''[[HomoAdem]]''
|species = '''''H. sapiens'''''
|subspecies = '''''Odam sapiens'''''
|trinomial = ''Homo sapiens sapiens''
|trinomial_authority = [[Carolus Linnaeus|Linnaeus]], 1758
}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Odam''' yoki '''inson''', shuningdek '''Homo sapiensodam''' ham deyiladi ([[lotin tili|lot.]] ''ongli odam''), [[sut emizuvchilar]] sinfining [[HominidaeOdam]] oilasiga mansub [[primatinson]] turidir. Odamlar [[abstrakt fikrlash]], [[nutq]], [[introspeksiya]] qobiliyatli yuksak rivojlangan [[miya]]ga egadirlar. Bunday miya bilan odamlar [[mehnat qurollari]] ishlatishni oʻrganib, boshqa tur hayvonlardanodamlardan ilgʻorlashib ketdilar. Odam ijtimoiy mehnattil asosida shakllangan tafakkur va nutqqa ega boʻlishi, mehnat qurollari yasashi va atrof muhitga faol taʼsir koʻrsata olishi bilan boshqa tirik mavjudotlardan farq qiladi. Odamni [[antropologiya]] fani oʻrganadi.
 
O.ning hayvonlardan farqi. Zoologiya sistemasiga koʻra, hozirgi aqlli odam (Homo sapiens) turi xordalilar tipi, sut emizuvchilar sinfi, primatlar turkumiga kiritiladi. Bosh miyasining yirikligi, tirnoqlarining yassi boʻlishi, bosh barmoqlarining boshka barmoqlarga qarama-qarshi qoʻyilishi, skelet va organlarning tuzilishi, onaqornida rivojlanishi, rudiment va atavistik belgilarning oʻxshashligiga binoan, odam odamsimon maymunlar oilasiga kiritiladi. Bundan tashqari, odam bilan odamsimon maymunlarning kasalliklari va parazitlari ham oʻxshash.
 
O. odamsimonodamlar maymunlardan oyoklariningoyoqlarining qoʻlga nisbatan uzunligi, umurtqa pogʻonasida boʻyin, koʻkrak, bel, dumgʻaza egiklari va tovon gumbazining boʻlishi, chanoq suyagining kengayganligi, koʻkrak qafasining oldingi tomondan yassilanganligi, oyoq barmoklarining bir qator joylashganligi va boshqa morfologik belgilari bilan farq qiladi. Maʼnoli nutqqa ega boʻlishi tufayli O. bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻining nutq bilan bogʻliq qismlari kuchli rivojlanadi; tovush hosil qiluvchi apparat O. uchun oʻziga xos tuzilishga ega. Bosh skeleti miya qismining yuz qis-miga nisbatan yirik boʻlishi, gavda-sida junlarning yoʻqolib ketishi ham O. uchun xos belgi hisoblanadi.
 
O.ning kelib chiqishi va tarixiy rivojlanishi toʻgʻrisida turli fikrlar va nazariyalar mavjud. O. bilan bogʻliq qad. rivoyatlar va qad. diniy kitoblarga koʻra, Odamato va Momohavo Yer yuzidagi dastlabki odamlar boʻlgan. Zardushtiylik dinida O. tabiatning bir boʻlagi, unda vujudga kelgan va yana unga qaytadi dey-iladi. Islom diniga koʻra, xudo "oʻzining eng erka va erkin bandasini tiriklik olamiga sardor qilib yuborgan", yaʼni O.ni loydan oʻzining yerdagi oʻrin-bosari (xalifasi) sifatida yaratib, unga oʻz ruhidan jon ato etgan, unga akl-idrokbergan.Tabiiyot fanlarining rivojlanishi bilan O. ning paydo boʻlishi toʻgʻrisida ilmiy fikrlar paydo boʻla boshladi. Fransuz olimi J.Lamark birinchi boʻlib O.ning paydo boʻlishini umumiy tarzda tushuntirib berdi. Uning fikricha, O. daraxtda yashashdan yerda yurishga oʻtgan maymunsimon ajdodlardan kelib chiqqan. Ingliz olimi Ch.Darvin odamning paydo boʻlishi muammosini evolyusion nuktai nazardan talqin qilib, O. bilan odamsimon maymunlar uzoq umumiy ajdodga ega ekanligini koʻrsatib berdi. Uning fikricha, antropogenezda ham biologik omillar, yaʼni yashash uchun kurash, irsiy oʻzgaruvchanlik va tabiiy tanlanish amal qiladi. Lekin, koʻpchilik olimlarning fikricha, antropogenezda biologik omillar bilan bir qatorda ijtimoiy omillar (ijtimoiy hayot, ijtimoiy mehnat), ayniq-sa, uning soʻnggi bosqichlarida katta ahamiyatga ega boʻlgan.
Qator 29:
Antropogenezda ijtimoiy hayot katta ahamiyatga ega boʻlgan. O. ajdodlari azaldan tuda boʻlib yashashgan. Qoʻl mehnat organiga aylana borishi bilan ular jamoa boʻlib yashashga oʻtishgan, yaʼni birgalikda ovga chiqishgan, oʻzlarini himoya qilishgan; bolalarini tarbiyalashgan, ularga hunar oʻrgatishgan. Olovning kashf qilinishi, ovqatni pishirib yeyilishi O. jagʻ suyaklari va chaynash muskullari vaznini kamaytirib, jagʻlarning harakatlanishini osonlashtirgan, nutqning rivojlanishi uchun imkon yaratgan. Maʼnoli nutqning paydo boʻlishi esa O. tafakkurini kengaytirgan; O.lar oʻrta-sidagi oʻzaro munosabatlarning tezla-shuviga olib kelgan. Bu jarayonlar tufayli, bosh miyaning vazni, katta yarim sharlar poʻstloq qismining sa-thi ortgan, natijada ong , tafakkur va nutq rivojlangan. Taxminlarga koʻra, dastlabki O.lar bundan 1—2 mln. yil ilgari, hozirgi O. bundan 40 ming yil ilgari paydo boʻlgan.
 
O. evolyusiyasining asosiy yoʻnalishlari. Mezozoy erasida hasharotxoʻrlar orasidan parapiteklar (maymunsimon hayvonlar) ajralib chiqqan. Ulardan keyinchalik yarim maymunlar, maymunlar va driopiteklar (daraxtda yashovchi maymunlar) kelib chiqqan. Iklim so-vib, oʻrmonlarning siyraklashib borishi bilan driopiteklar yerda yashashga oʻtishgan. O. paydo boʻlishining 1-bos-qichi maymunsimon hayvonlarning 2 oyokda yurishga oʻtishidan iborat. Bu bosqichda oldingi oyoqlar tayanch vazifasidan ozod boʻlib, qoʻlga aylangan. Xuddi shu yoʻl bilan avstralopiteklar (jan. maymunlar) kelib chiqqan. Ular bundan 3—5 mln. yil ilgari Jan. va Sharqiy Afrika hamda Jan. Osiyoda yashagan. Antropogenezning 2-bosqichi ongli ravishda mehnat quroli yasashga oʻtishdan iborat. Eng qad. odam pitekan-troplar (maymun O.lar) bundan 1 mln. yil avval yashagan. Ular skeleti krl-diklari Yava oroli, Afrika va Jan. Yevropadan topilgan. Pitekantroplar tuda boʻlib, gʻorlarda yashashgan; juda sodda tosh qurollar yasashgan; olovdan foydalanishgan. Ulardan keyinroqyashagan sinantroplar (xitoy odami) va neandertallar tosh va suyakdan qurol yasashni bilishgan, hayvon terisini yopinib yurishgan. Ularning bosh miya-si pitekantroplarga nisbatan yirik-roq boʻlgan. Neandertallar skeleti krldiklari dastlab Germaniyaning Neandertal daryosi yaqinidan, keyinchalik Afrika, Osiyodan, jumladan, Surxondaryo vodiysidagi Teshiktosh gʻoridan topilgan. Neandertallar bundan 150 ming yil avval taxminan 100 kishidan iborat guruh boʻlib, gʻorlarda yashashgan. Eng soʻnggi neandertallar bundan 28 ming yil ilgari hozirgi O.lar ora-sida yashagan. Ular imo-ishoralar va oddiy soʻzlar yordamida muloqot qilish-gan; tosh, suyak va yogʻochdan mehnat qurollari yasashgan. Neandertallar orasida dastlabki mehnat taqsimoti paydo boʻlgan, deb taxmin qilinadi.
 
Hozirgi odamlar (kromanonlar)ning dastlabki vakillari bundan 30—40 ming yil avval paydo boʻlgan. Ular dastlab Fransiya jan.dagi Kro-Manon qish-logʻidagi gʻordan topilgan. Kromanonlar boʻyining bal. (180 sm), miya qutisi hajmining kattaligi (160 sm³), pesho-nasining keng va tik boʻlishi, qosh usti boʻrtigʻining boʻlmasligi, iyagining rivojlanganligi bilan sinantrop va pi-tekantroplardan farq qiladi. Ular urugʻ va jamoa boʻlib yashagan; boshpana qurishni, hayvonlar terisidan kiyim tikishni bilishgan; nutki rivojlangan. Kromanonlar hozirgi O.lar bilan birga aklli O. turiga kiradi.