Sistematika: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Hoz. → Hozirgi (2), y.da → yilda, va b.) → va boshqalar) (2) using AWB
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Sistematika''' (yun. systematikos — tartibga solingan) — biol. boʻlimi. Hozirgi mavjud boʻlgan va qirilib ketgan organizmlarni tavsiflash, roʻyxatga olish va taksonlar boʻyicha tasnif qilish bilan shugullanadi. S. biol.ning barcha boʻlimlari, ayniqsa, evolyusionevolyutsion taʼlimot maʼlumotlariga tayanadi; kupchilikkopchilik biol. fanlari uchun asos boʻladi. Ayrim hollarda taksonomiya tushunchasi ham S.ning sinonimi sifatida ishlatiladi. Tasnif kilishdaqilishda organizmlarni tavsiflovchi ayrim xususiy belgilar (morfologik, fiziologik, biokimyoviy, ekologik va boshqalar) emas, balki ularning majmuasidan foydalaniladi. Organizm uchun xos xususiyatlar kanchalikqanchalik koʻproq inobatga olinsa, sistematik birlik organizmlar oʻrtasida qarindoshlikni, yaʼni ularning kelib chiqishidagi umumiylikni shunchalik aniq ifodalaydi. Mas, akulalar bilan kitsimonlarning yoki qushlar bilan koʻrshapalaklarning ayrim tuzilish belgilari oʻxshash boʻlishiga qaramasdan ular har xil sistematik guruhlar (sinflar)ga mansub. Bu hayvonlarning barchasi xordalilar tipiga kiradi. Shuning uchun barcha xordalilar oʻrtasida muayyan oʻxshashlik mavjud.
 
Organizmlarni tasnif qilishga urinish qad. tarixdan maʼlum (Aristotel, Teofrast va boshqalar); lekin faqat J.Rey (1686—1704) va, ayniqsa, K. Linney (1735 yildan boshlab) ishlari natijasida ilmiy S.ga asos solindi. Dastlabki ilmiy S. organizmlarning faqat tashqi tuzilishiga asoslangan boʻlib, ular oʻrtasida qarindoshlik munosabatlari inobatga olinmaganligidan sunʼiy S. hisoblanadi. Ch. Darvin taʼlimoti S.ga evolyusion mazmun berdi. Evolyusion taʼlimotning yaratilishi bilan S.da organizmlar oʻrtasidagi geneologik munosabatlar asosiy oʻrinni egallay boshladi; sunʼiy S.ning oʻrnini tabiiy S. egalladi.
 
S.da evolyusion yoʻnalish bilan birga kladistik (filogenetik) va sanokli (fenetik) yoʻnalish ham mavjud. Kladistik metod yordamida alohida shoxlarning filogenetik shajaradan ajralib chiqishiga binoan taksonlar darajasi aniklanadianiqlanadi. Bu metodda ayrim guruxlardagiguruhlardagi evolyusionevolyutsion oʻzgarishlar miqyosi inobatga olinmaydi. Mas, kladistik metod boʻyicha sut emizuvchilar mustaqil sinf boʻlmasdan, sudralib yuruvchilarning bitta taksoni hisoblanadi. Sanokli, yaʼni rakamli S.da organizmlarning ixtiyoriy olingan koʻpchilik belgilari matematik yoʻl bilan taxlil qilinib, har bir belgiga alohida ahamiyat beriladi. Tasnif alohida olingan organizmlarning birbiridan farq qiladigan belgilariga asoslanib tuziladi. S.ning eng asosiy metodi solishtirmamorfologik metod hisoblanadi. Hozirgi S.da yangi metodlar, mas, elektron mikroskopiya, kariosistematika (xromosoma apparatining tuzilishi) ham qoʻllanadi, 20-a.ning oʻrtalaridan boshlab, S.da biokimyoviy maʼlumotlar (xemosistematika)dan ham foydalanila boshlandi. Organizmlardagi asosiy oqsillar molekulasida aminokislotalarning , DNK va r-nK molekulalarida nukleotidlarning ketma-ketligini oʻrganish (genosistematika) S.ni qoʻshimcha maʼlumotlar bilan boyitadi. Hayvonlar S.sida etologiya (xattiharakatlar)ga oid maʼlumotlar ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Yangi metodlarning qoʻllanishi va turning populyasiyapopulyatsiya tarkibi oʻrganilishi S.da yangi davrni boshlab berdi.
 
Har qanday tirik organizmni oʻrganish uchun avvalo uning boshqa organizmlarga nisbatan oʻrnini va ular bilan filogenetik munosabatlarini aniklashaniqlash lozim. Turlar oʻrtasidagi sistematik munosabatlar toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻlish genetik va biokimyoviy tadqiqotlar uchun ham zarur. S. ayniqsa bir vaqtning oʻzida koʻplab turlar bilan tadqiqot olib boriladigan ekologiya va biogeografiya sohasidagi tadqiqotlarda muhim ahamiyatga ega. Stratigrafiya va geoxronologiya ham avvalo qazilma hayvonlar va oʻsimliklar S.siga asoslangan. S. tirik tabiatni muhofaza qilishni tashkil etishda benihoya katta ahamiyatga ega (yana q. [[Organizmlar sistemasi]]).
 
== Adabiyot ==