Braziliya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k →‎Aholisi: qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: q.x. → qishloq xoʻjaligi (2), hoz. → hozirgi, sh.lar → shaharlar (2), sh. → shahri (3), inti → instituti, mayd. → maydoni, 0 y. → 0 yil (77), va b.) → va b using AWB
k →‎Aholisi: imlo, replaced: mikdor → miqdor using AWB
Qator 27:
Xoʻjalign. B. sanoatlashgan agrar mamlakat. Iqtisodiy salohiyati va tabiiy zaxiralari jihatidan Lotin Amerikasida yetakchi oʻrinda turadi. Yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi 30,3 %, qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliqchilik 10,8 % ni tashkil etadi. 2-jahon urushidan keyin B. iqtisodiyotida sanoatni rivojlantirish va umuman xoʻjalikni industriya asosida taraqqiy ettirish yoʻlida tuzilmaviy siljishlar roʻy berdi. 60- yillardan boshlab milliy mahsulotda sanoatning ulushi qishloq xoʻjaligi dan oshib keta boshladi.
 
Sanoati. Kon sanoatida temir va marganes rudalar qazib olish muhim oʻrin oladi. Boksit, qoʻrgʻoshin, volfram, oltin, olmos, neft va tosh kumir, bir oz mikdordamiqdorda qalay, pyx, mis, nikel ham qazib chiqariladi. B. tashqi bozorga, asosan AQShga strategik ahamiyatga molik maʼdanlar — niobiy, berilliy, sirkoniy kabilarni, shuningdek uran rudasini sotadi. Hosil qilinadigan elektr energiyaning 90 % GESlarga toʻgʻri keladi. Tiyete va RiuGrandi daryolarida yirik elektr st-yalar mavjud. Mahsulot ishlab chiqarish tarmoqdari orasida eng yiriklari: metallurgiya (VoltaRedonda va BeluOrizonti shaharlaridagi z-dlar Lotin Amerikasidagi eng katta poʻlat ishlab chiqarish korxonalari hisoblanadi) va mashinasozlik (jumladan, avtomobilsozlik, kemasozlik, aviasozlik, qishloq xoʻjaligi, radioelektronika mashinasozligi). Keyingi yillarda elektr texnika, harbiy sanoat, atom sanoati, neftni qayta ishlash sanoati, kimyo va neft kimyosi tarmoklari (kislotalar, maʼdanli oʻgʻitlar, sintetik tolalar, boʻyoqlar, plastmassalar) rivojlandi. Toʻqimachilik (asosan ip gazlama) va oziq-ovqat sanoati (qandshakar, goʻsht, yogʻ, tamaki va boshqalar) B. uchun anʼanaviy sohalardir. Sement, sellyulozaqogʻoz va oyna sanoati mavjud.
 
Qishloq xoʻjaligi. Mamlakat maydonining 3,5 % ga yaqinida dehqonchilik qilinadi. Asosan Atlantika okeani sohili va jan.sharqiy shtatlarda ekinlar ekiladi. Eng muhim plantatsiya ekinlari — kofe, shakarqamish kakao, banan, sizal, ananas. Jan.da tamakichilik va sohibkorlik yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Asosiy oziq-ovqat ekinlari: makkajoʻxori, sholi, bugʻdoy, soya, maniok, loviya. Asosan goʻshtbop yaylov chorvachiligi, goʻsht va jun olinadigan qoʻychilik rivojlangan. Dengiz va daryolarda baliq ovlanadi. Oʻrmonlarda kauchuk, yongʻoq, mum, palma mevasi yigʻishtirib olinadi, imoratbop, qimmatbaho yogʻochlar tayyorlanadi. B. yassitogʻligida „paragvay choyi“ — yerbamate yetishtiriladi.