Meʼda: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
k imlo, replaced: mikdor → miqdor using AWB
Qator 3:
Odamda M. qorin boʻshligʻida joylashgan boʻlib, shakli loviyaga oʻxshaydi. Uning koʻproq qismi chap tomondagi qovurgʻa osti sohasida, ozroq qismi esa qorin boʻshligʻi tepa boʻlagining oʻrtasida turadi. M. tanasining yuqori qismi (tubi) kengaygan va diafragmaga qaragan. M.dan chiqish qism (pilorus) qorinning oʻrta chizigʻi orqasidan oʻngga oʻtadi. M.ning kirish qismi qiziloʻngachdan boshlansa, chiqish qismi 12 barmoq ichakka qoʻshiladi. Ovqat bilan oʻrtacha toʻlgan M. yuqoridan jigarning pastki yuzasiga va diafragmaga; pastdan koʻndalangchambar ichak va uning tutqichiga tegib turadi. M.ning botiq chekkasi (kichik qiyshaymasi) oʻngga va yuqoriga, qavariq chekkasi (katta qiyshaymasi) chapga va pastga qaragan. M.dan chapda — taloq, pastda va orqada — meʼda osti bezi bor. M. hamma tomondan qorin pardasi bilan oʻralgan. M. sigʻimi har kimda har xil: yangi tugʻilgan bolada 20—30 ml, oʻrta yoshdagi odamlarda 1—3 l; erkaklar meʼdasi ayollarnikiga nisbatan kattaroq boʻladi.
 
M. devori shilliq, shilliq parda osti, muskul va seroz qavatdan iborat. M. tashqaridan seroz parda bilan qoplangan. Uning ostidagi muskul qavati boʻylama (tashqi), koʻndalang va qiyshiq yoʻnalgan tolalardan tuzilgan. Shilliq parda osti qavati M.ning muskul qavatini shilliq pardaga bogʻlaydi. Bu qavat qon tomir va nervlarga boy. M.ning ichki yuzasi shilliq parda bilan qoplangan, bu pardaning burmalari ostida juda koʻp bezlar bor. M.ga kirish qism (kardia) va tubdagi bezlardan shilimshiq, pilorus bezlaridan esa fermentlar ishlanib chiqadi. M. bilan 12 barmoq ichak chegarasida pilorus si-quvchisi (sfinkteri) bor, u bir necha qavat sirkulyar muskullardan tuzilgan boʻlib, meʼdaning vaqti-vaqti bilan boʻshab turishini taʼminlaydi. M. silliq muskullarining qisqarishi natijasida M.da tonik peristaltik harakatlar boʻladi. M.ga tushgan ovqat mikdorigamiqdoriga qarab tonik qisqarish uzluksiz uzok, davom etadi. Peristaltik— toʻlqinsimon harakatlar M.ning kardia qismidan pilorus qismiga tomon boʻladi, bu harakatlar ovqatni aralashtiradi va ichakka oʻtkazib beradi. Boʻsh M. qisqargan holda turadi; och qoringa ichilgan suv M.da toʻxtamay ichakka oʻtadi. M.ning kirish qismidan tushgan ovqat M. devorlarini kengaytiradi va peristaltikasi tufayli asta-sekin pastga tomon suriladi. M. ovqatni aralashtiradi, hazmga moslaydi, kimyoviy oʻzgartiradi va ichakka oʻtkazib beradi (evakuatsiya). M. shirasidagi xlorid kislota taʼsirida ovqat boʻkib, gidroliz qiluvchi fermen-tlar taʼsir etishi uchun qulay muhit vujudga keladi. M.ning tubi va tanasida joylashgan naysimon bezlar xlorid kislota, qolgan bezlar esa pepsin va shilliq suyukligini ajratadi, bularning chiqishi ovqat sifati va miqdoriga bogʻliq boʻlib, uni nerv sistemasi va gumoral omillar boshqaradi. Birinchi (shartli refleks) fazasida ovqatni koʻrish, hidining burunga kirishi, yeyish, ogʻiz va halqum retseptorlarining taʼsirlanishi vujudga keladi. Ikkinchi (neyrogumoral) fazada ovqatning M. shilliq pardasiga bevosita taʼsiri shira chiqartiradi. Uchinchi (ichak) fazada 12 barmoq ichak retseptorlarining qitiqlanishidan vujudga keladigan reflektor taʼsir va ichakdan qonga soʻriladigan oziq moddalar taʼsiri M.dan shira chiqishiga olib keladi. Ovqat M.da 3 soatdan 8— 10 soatgacha turishi mumkin. Shu vaqt ichida ovqat meʼda shirasi bilan toʻla shimiladi va asta-sekin oz-ozdan 12 barmoq ichakka oʻtadi. M. kasalliklaridan gastrit, yara kasalligi va oʻsmalar kuzatiladi.
 
Nosir Ahmedov.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
Qator 10:
{{manbalar}}
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}