Muhandis: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t. y. → temir yoʻl, -a.da → -asrda using AWB
k imlo, replaced: mikdor → miqdor using AWB
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Muhandis''' (arab), injener — texnikaning muayyan bir sohasiga ixtisoslashgan mutaxassis; texnika sohalaridan biri boʻyicha oliy maʼlumotli kasb egasi. Ilgari Sharqda binokor, yer oʻlchovchi, bino va inshootlarni loyihalovchi, handasa (geometriya) bilan shugʻullanuvchi kishilar M. deb atalgan. Bagʻdod, Damashq, Buxoro, Xiva, Samarqand, Toshkent, Qoʻqon va boshqa sha-harlarda hozirgacha saqlanib qolgan qad. bino va inshootlar qurilishida foydalanilgan murakkab handasaviy (geometrik) shakllar, arklar, gumbazlar, qubbalar; sugʻorish va suv chiqarish inshootlari (koriz, sardoba), charxpalak (chigʻir) M.lik qadimdan taraqqiy etganligini bildiradi. Xususan, Ashad al-Fargʻoniyning Nil daryosiga qurilgan suv mikdorinimiqdorini oʻlchash inshooti ham M.lik namunasi hisoblanadi.
 
Yevropada, dastlab, harbiy mashinalarni boshqargan kishilar injener (lot. ingenium — qobiliyat) deb nomlangan. Bu tushuncha 16-asrda Gollandiyada koʻprik va yoʻl quruvchilarga nisbatan ishlatilgan, soʻngra Angliya va boshqa Yevropa mamlakatlariga tarkalgan.