Oliy oʻquv yurtlari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 5 y. → 5 yil (17), sent.da → sentabrda, mil. av. → miloddan avvalgi, -a.lar → -asrlar (7), i.ch. → ishlab chiqarish using AWB
k imlo, replaced: mikdor → miqdor using AWB
Qator 5:
O.oʻ.yu. sifatida universitetlar musulmon madrasalari taʼsirida Gʻarb Renessansining boʻlgʻusi oʻchoklarida ancha keyin: 11 —12-asrlarda Italiya (Saler-no va Bolonya), Fransiya (Parij), 12-asr oxiri — 13-asr boshlarida Ispaniya (Salamanka) va Angliyada (Oksford) paydo boʻldi. Keyinchalik universitetlar boshqa mamlakatlarda ham ochila boshladi. Rossiyada birinchi oliy oʻquv yurti 1725 yilda ochilgan Peterburg FA krshidagi Akademiya universiteti edi. 1755 yil M. Lomonosov tashabbusi bilan Moskva universiteti ochildi.
 
Mamlakatimiz hududidagi ilk oliy oʻquv yurti Abu Bakr Muhammad Narsha-xiyning "Buxoro tarixi" asarida ay-tib oʻtilgan 937 yilgi yonginda zarar koʻrgan Forjak madrasasi boʻlgan. Turkistondagi ilk O.oʻ.yu. 2 turga boʻlingan. Birinchi turi [[Madrasa]] deb atalgan va talabalarga ilohiy (nakdiy) va dunyoviy (aqliy) ilmlar berilib, kichikroq shaharlarda, tumanlarda faoliyat koʻrsatgan. Ikkinchi turdagi O.oʻ.yu.lari oliy madrasalar (madrasai aʼlo) deyilgan. Oliy madrasalarda darsxonalar ham, xujralar soni ham koʻp boʻlgan, bu yerdagi mudarrislar ilm axdi tomonidan tan olingan, talabalarga berila-digan vazifalar miqsori koʻproqboʻlgan. Oliy madrasalar siyosiy va ilmiy poytaxt hisoblanmish shaharlarda faoliyat koʻrsatgan. Ularga ajratilgan vaqf yerlar mikdorimiqdori katta boʻlgan va ular shahardagi eng hashamatli binolarda joylashgan. Oliy madrasada berilgan sanad (diplom) musulmon olamining barcha joylarida inobatga oʻtgan. [[Madrasa]]lardagi talabalar oʻzlashtirish darajalariga qarab, taʼlimning quyi (adno), oʻrta (avsat) va yuqori (aʼlo) bosqichlarini oʻtaganlar. Muayyan bosqichni sakkiz yilda oʻtay olmagan talaba va-zifadan mahrum qilingan. Oliy oʻquv yurtlariyu.ning bu tizimi to shoʻrolar boshqaruvi qaror topganga qadar davom etdi. 1929 yil ga kelib, Shoʻro hukumati O.oʻ.yu.ning [[Madrasa]] turini rasmiy ravishda taqiqlab quydi (yana q. [[Madrasa]]).
 
Oʻzbe[[kistonda zamonaviy maʼnodagi birinchi oliy oʻquv yurti Turkiston ASSR Xalq komissarlar kengashi buyrugi bilan 1918 y]].ning 16 martida tashkil etilgan Turkiston xal k, univer-sitetidir. Ammo bu universitet faqar rus tilida maʼlumot olgan kishilarni oʻqitishga yoʻnaltirilgan boʻlib, oʻlkaning haqiqiy egalariga oliy maʼlumot berish koʻzda tutilmagan. Millatning fikriy rivojida zamonaviy universitetlarning gʻoyat ulkan oʻrin tutishini anglagan Munavvarqori yetakchiligidagi ziyolidar tashabbusi va saxovatli kishilarning koʻmagi bilan 1918 yil 12 mayda Xalq dorilfununining tashkil etilishi ulkan voqeaga aylangan. Xalq dorilfununi tashkil etilganda, uning qoshida adabiyot-falsafa, ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiymatematik, qishloq xoʻjaligi, texnika singari 5 fakultet faoliyat koʻrsatgan. Oʻlkada oʻrta maʼlumotli yoshlar kam boʻlgani uchun ham Xalq dorilfununi qoshida oʻqishga kirishga tayyorlaydigan maktab va kurslar tashkil etilgan. 1919 yildan boshlab shu maqsadda ishchilar fakultet (rab-fak)lari yuzaga keldi. Xalq dorilfununining milliy asoslarda mustaqil ravishda faoliyat koʻrsatayotganligidan xavotirga tushgan RSFSR Xalq komissarlari kengashi 1920 yil 7 sentabrda 2 yildan oshiqroq vaqtdan buyon ishla-yotgan dorilfununni "tashkil etish" va uni davlat universitetiga aylantirish haqida dekret chiqardi. Bu ish oliy oʻquv yur-tida mahalliy mutaxassislarning kamroq boʻlishi va oliy taʼlimning tashkil etilishida milliy xususiyatlar hisobga olinishiga imkon bermaslik uchun qilingan edi. Xalq dorilfununi 1920 yildan Turkiston davlat universiteti, 1923 yildan Oʻrta Osiyo davlat universiteti (SAGU), 1960 yildan Toshkent davlat universiteti (ToshDU), 2001 yildan Oʻzbekiston milliy universiteti (OʻzMU) tarzida atalgan.