Rubidiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k andozani almashtirish, replaced: {{davriy jadval}} → {{Unsurlar davriy sistemasi}} using AWB
k imlo, replaced: Suyuklanish → Suyuqlanish, at.m. → atom massasi using AWB
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Rubidiy''' [lot. rubidus — qizil, toʻq kizil (spektrning qizil qismi chiziklari boʻyicha kashf etilgan), lot. Rubidium], Rb — Mendeleyev davriy sistemasining 1 guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 37, at.m.atom massasi 85,4678. Tabiiy izotoplarining massa sonlari 85 (72, 15%) va 87 (27,85%). 10 dan ortiq sunʼiy radioaktiv izotoplari olingan.
 
R. Bunzen va G. Kirxgof 1861 yilda Germaniyadagi Dyurkgeym mineral suvini spektral analiz qilib, R.ni kashf etganlar. Bunzen 1863 yilda metall R.ni olishga muvaffaq boʻlgan. R. birikmalari tabiatda kaliy birikmalari bilan birga uchraydi, u Yer poʻstining massa jihatidan 3,110~2%ini tashkil qiladi. R. ning ion radiusi kaliy va seziyning ion radiuslariga yaqin boʻlganligi uchun bu element birikmalari oʻzaro izomorfdir.
 
R. suyultirilgan rubidiy xloridni elektroliz qilib olinadi. R. ishqoriy metallar jumlasiga kiradi. R. juda yumshoq, kumush rang — oq metall. SuyuklanishSuyuqlanish trasi 39,5°, qaynash trasi 685°, zichligi 1,248 g/sm³. R. sanoatda karnallit va lepidolitdan ajratib olinadi. Kimyoviy jihatdan juda faol; suv va kislotalar bilan reaksiyaga kirishganida portlash yuz beradi. Birikmalarida +1 valentli. Kislorod bilan rubidiy peroksid Rb2O2 va rubidiy giperoksid RbO2 hosil qiladi. R.ning gidroksidi RbOH kuchli ishkorlar jumlasiga kiradi. R. juda koʻp elementlar bilan bevosita birikadi. R. gidrid RbH beqaror birikma. Uning nitridi Rb3N bilvosita yoʻl bilan hosil qilinadi. R.ning Rb2C2 tarkibli karbidi, Rb2S tarkibli sulfidi bor. R. baʼzi metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. Kizdirilsa yoki yoritilsa, oʻzidan elektronlar chiqaradi. Metall holatdagi R. havosiz muhitda berk idishlarda saqlanadi. Qattiq holatdagi R. gidroksidga ozon taʼsir ettirilsa, juda kuchli oksidlovchi R. ozonid RbO3 hosil boʻladi. R. 300°da grafit bilan qizdirilganida RbCg va RbC]6 tarkibli R. grafitidlar kelib chiqadi.
 
R., asosan, kunduzgi lampalar i.ch.da, vakuum texnikasida (gazyutgich) va boshqa soxalarda ishlatiladi, ionli raketalar uchun seziy kabi kelajagi porloq "yonilgʻi" hisoblanadi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>