Natriy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k imlo, replaced: at. m. → atom massasi using AWB
k link, replaced: n-da → nda (3), Mendeleyev davriy sistemasi → Mendeleyev davriy sistemasi using AWB
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Natriy''' (arab, natrun, yun. nitron — tabiiy soda; lot. natrium), Na — [[Mendeleyev davriy sistemasiningsistemasi]]ning 1 guruhiga mansub kimyoviy element. Ishkr-riy metall. Tartib rakami 11, atom massasi 22,9898. Bitta tabiiy izotopi 23Na bor. Sunʼiy radioaktiv izotoplaridan 23Na va 24Na muhim. N.ning tabiiy birikmalari — osh tuzi NaCl, soda Na2CO3 qadimdan maʼlum. Metall holidagi N.ni 1807 yilda ingliz olimi G. Devi oʻyuvchi natriyni elektrolizlab ajratib olgan. Massa jihatdan Yer poʻstining 2,64% ini tashkil qiladi. Quyosh atmosferasi va yulduzlararo fazoda N. borligi aniqlangan. Dengiz suvida 1,5-1016 t N. bor. N. tabiatda faqat bi-rikma (tuzlar) holida uchraydi. Ulardan eng muhimlari: natriy xlorid, yaʼni osh tuzi (tosh tuz, galit) NaCl, natriy sulfat (mirabilit, glauber tuzi) Na2SO410H2O, natriy nitrat (chili selitrasi) NaNO3, natriy sulfat (tenardit) Na2SO4, trona NaH(CO3)2, natriy alyuminiy geksaftorid (kriolit) 3NaF-AlF3, natriy tetraborat (bura — tinkal) №2V4O710N2Ovab. Bundan tashqari, N. Sa, Sr, Ba, Mg, A1 va nodirer elementlari bilan birgalikda koʻpgina tabiiy silikatlar tarkibiga kiradi. N. oʻsimliklar (boʻyimodaron, dengiz oʻti) tarkibida ham bor. Odam va hayvonlar organizmida birikmalar holida boʻladi. Mac, H. ionlari odam qoni plazmasida 0,320%, suyakda 0,6%, muskul toʻqimasida 0,6—1,5% ni tashkil kiladi. Organizmda sarf qilingan N. oʻrnini toʻldirish uchun kishi sutkasiga 4—5 g osh tuzi isteʼmol qilishi lozim. N. konlari yer yuzida keng tarqalgan. Oʻzbekistonda Surxon-daryoSurxondaryo viloyatida va Qoraqalpogʻistonda katta osh tuzi konlari bor.
 
N. — kumush kabi oq, yumshoq metall; pichoq bilan oson kesiladi. Zichligi 0,968 g/sm³ (20° da), suyuqlanish temperaturasi 97,83°, qaynash temperaturasi 882,9°. Kimyoviy jihatdan juda faol. Havoda oson oksidlanadi. Suv bilan shiddatli reaksiyaga kirishib (reaksiya baʼzan portlash bilan boradi), natriy gidroksid NaOH va N2 hosil qiladi. Vodorod, kislorod, galogenlar, oltingugurt, uglerod va boshqa bilan reaksiyaga kirisha oladi. N. suyuq ammiakda yaxshi eriydi. Koʻpgina metallar bilan qotishmalar beradi.
Qator 8:
N. osh tuzi NaCl ni elektrolizlab olinadi. N. juda faol metall boʻlgani uchun kerosinda saqlanishi kerak. Uni kavsharlab bekitilgan idish yoki maxsus sisternada tashish mumkin. N.ni ishlatishda maxsus korjoma, qoʻlqop kiyib, koʻzoynak taqish lozim. Ish joyi yongʻinga qarshi vositalar bilan jihozlanishi zarur. N. bor joyda yongʻinni suv bilan oʻchirish mumkin emas, aks holda portlash yuz beradi.
 
N. (oʻzi yoki qotishmasi) aviatsiya dvi-gatellaridadvigatellarida, yadro reaktorlarida, maxsus yoritkichlarda, metallurgiyada (qay-taruvchi sifatida va qotishmalar olishda) va tetraetilqoʻrgʻoshin olishda, birikmalari tibbiyotda kasalliklarni davolashda, qishloq xoʻjaligida oʻgʻit sifatida ishlatiladi.
 
Natriy birikmalari. Natriy bikarbonat, ichimlik soda — NaHCO3 rangsiz monoklin panjarali kristall modda, zichligi 2,16—2,22 g/sm³. Kizdirilganda 50° dayoq oʻzidan karbonat angidrid SO2 ni chiqara boshlaydi. 100—150° da butunlay parchala-nibparchalanib, natriy karbonat Na2CO3 ga aylanadi. Suvda 20° da 8,8%, 60° da 14,1% eriydi. Natriy karbonatga SO2 taʼsir ettirib olinadi. Oziq-ovqat sanoatida, tibbiyotda va oʻt oʻchiruvchi modda sifatida ishlatiladi (q. [[Soda]]).
 
Natriy bromid, NaBr — bromid kislota (NVg)ning natriyli tuzi. Rangsiz gigroskopik kristall modda, zichligi 3,20 g/sm³, suyuqlanish temperaturasi 747°, kaynash temperaturasi 1390°. Suvda yaxshi eriydi, 30° dan past temperaturada NaBr-2H2O holida kristallanadi. NaOH eritmasi Vg taʼsir ettirib olinadi. Optik material sifatida, tibbiyotda va fo-tografiyada ishlatiladi.