Aluminiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k imlo, replaced: r-da → rda (7), Mendeleyev davriy sistemasi → Mendeleyev davriy sistemasi using AWB
k link, replaced: Vodorod → Vodorod (5) using AWB
Qator 3:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Alyuminiy''' (Aluminium), A1 -[[Mendeleyev davriy sistemasi]]ning III guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 13, atom massasi 26,9815; A. lot. alumen (achchiqgosh) so‘zidan kelib chiqqan. Tabi-atda bitta barqaror izotop holida (AG‘ 100%) uchraydi, bir necha sun’iy radio-aktiv izotoplari bor, ular orasida eng ahamiyatlisi A12’ (yarim yemirilish dav-ri 7,4-105 y.). A. yer po‘stining og‘irlik jihatdan 8,8%ini tashkil etadi, ya’ni u kislorod va kremniydan keyin uchin-chi, metallar ichida esa birinchi o‘rinda turadi. Metall holidagi A.ni birinchi marta 1825 y. X. K. Ersted topgan. A. ta-biatda sof holda uchramaydi, uning eng ko‘p uchraydigan birikmalari: alyumosi-likatlar (mas, tuproqning asosiy qismi bo‘lgan alyumosilikat, kaolin, andaluzit, alunit minerali), korund (alyuminiy oksid) va boksit. O‘zbekistonda shulardan kaolin (Toshkent viloyati) va boksit (Navoiy va Farg‘ona viloyatlari) topilgan. A. giltuproq (A12O,)ni kriolit (Na3AlF6) bilan suyuqlantirib, elektroliz qilish yo‘li bilan olinadi. Giltuproq esa asosan boksitdan olinadi. O‘zbekistonda Angren kaolinidan ham giltuproq olish mumkinligi aniqlangan. A. kumushday oq metall, allot-ropik shakl o‘zgarishlari (q. Allotropiya) yo‘q. Suyuqlanish temperaturasi — 660’, qaynash temperaturasi 2500° atrofida, Solishtirma ogʻirligi 2,6989. A. plastik, oson presslanuvchan, bolg‘alanuvchan, qoliplanadigan,cho‘ziladigan metall. 380A. barcha barqaror bi-rikmalarida 3 va-lentli, yuqori temperaturada ba’zan 1, kamdan-kam hollarda 2 va-lentli bo‘lishi mum-kin. A. sirka, vino, limon kislotalari va boshqa organik moddalar ta’siriga turg‘un. A. kislorod bilan tez b pri kadi, shu sa-babli uning usti hamisha oksid pardasi bilan qoplangan bo‘ladi; oksid pardasi zich bo‘lganidan u A.ni zanglashdan va turli moddalar ta’siridan saqlaydi. A. kukuni shiddat bilan yonadi, yuqori temperaturada galo-genlar bilan birikib, A. ftorid (A1F3), A. xlorid (A1S13), A. bromid (A1Vg3), A. yodid (A1J3), A. astatid (AlAt3), ol-tingugurt bilan A. sulfid (A12S3), azot bilan A.nitrid (A1N3), uglerod bilan A. kar-bid (A14S3) hosil qiladi. Shuningdek, alohida usulda A. bilan vodorod birikmasi — A. gidrid (A1N3) olish mumkin. Juda suyultirilgan hamda konsentrlangan ni-trat kislota A.ga ta’sir etmaydi (sir-tida darhol hosil bo‘lgan oksid pardasi uni saqlaydi), suyultirilgan va konsen-trlangan sulfat kislotada A. qisman eriydi. [[Vodorod]] xlorid A.ga kuchliroq ta’sir etadi, ortofosfat kislota ta’sir etmaydi. A.ning ko‘pgina tuzlari suvda yaxshi eriydi va gidrolizlanib, kislo-tali reaksiya ro‘y beradi. U ishqorlarda ham yaxshi eriydi, bunda alyuminatlar hosil bo‘ladi. A. tarkibining sofligiga qarab o‘ta sof, juda sof va texnik sof xillarga bo‘linadi. O‘ta sof A. (A. 999 markali) 0,001% gacha qo‘shimchaga, juda sof A. (A. 995. A. 99, A. 97, A. 95 markalar) 0,005 dan 0,05% gacha, texnik sof A. (A85, A8, A7, A5, AO, A va AYE markalar) esa 0,015% dan 1,000% gacha qo‘shimchaga ega bo‘ladi. A. yengil va puxta qotishmalar olishda juda katta ahamiyatga ega. U mis, rux, nikel, magniy, temir, titan qotishmalariga ham legirlovchi element sifatida qo‘shiladi. A. ba’zi metallarni ularning oksidlaridan qaytarishda (alyuminotermiya) ishlatiladi. Bu me-tallardan samolyotsozlik, radio va elek-trotexnika, rangli metallurgiya hamda boshqa sanoat tarmoqlarida foydalani-ladi. A. zichligining kamligi, yuqori darajadagi elektr o‘tkazuvchanligi, ay-rim kimyoviy moddalarga nisbatan chidamliligi va tannarxining arzonligi sababli texnikaning turli sohalarida keng qo‘llaniladi. Undan uy-ro‘zg‘or as-boblari, kimyoviy asbob-uskunalar va boshqa ko‘pdan-ko‘p buyumlar tayyorlanadi.Temir Otaqo‘ziyev.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
'''Aluminiy''' ('''Alumin''') — [[unsurlar davriy jadvali]]ning 13 unsuri, [[metall]]-[[amfoter]]. Aluminiy [[lotincha]] „alumen“, yaʼni lotincha nomi Alumen (fr.Alun, ingl.Alum) — kaliy va aluminiydan iborat sulfat tuzidan olingani sababli shunday ataladi. Kimyoviy elementlar davriy jadvalida aluminiy Bor-guruhiga (avvalgi nomi yer metallari guruhi) kiradi. Aluminiy yerda eng koʻp tarqalgan uchta elementdan biri va yer qobigʻida eng koʻp uchraydigan elementdir. Yer qobigʻida faqat kimyoiy birikma sifatida uchraydi, chunki reaktsiyaga oson kirishadi (yer qobigʻi massasining 7,57 %ni tashkil etadi).
 
Pliniy afsonasiga koʻra, imperator Tiberiy (eramizdan avvalgi 14-37 yillar) saroyiga bir kuni bir temirchi keladi va tashqi koʻrinishi kumush kabi, lekin anchayin yengil metall parchasini sovgʻa sifatida olib keladi. Imperator undan buni qayerdan olinganini soʻraganida, usta unga tuproqdan ajratib olganini aytadi. Imperator esa ushbu metal savdoda pul sifatida qoʻllaniladigan oltin va kumush qadriga zarar yetkazmasligi uchun ushbu ustani qatl qildiradi. Hozirda maʼlum boʻlgan eng qadimgi aluminiy predmet bu Xitoy generali Chou-Chou (265—316) kamarining biriktiruvchi qismidir. [[Humphry Davy]] (Hamfri Deyvi) ushbu elementni „Aluminiy“ deb atagan. Birinchi boʻlib Hans Ersted 1825-yilda laboratoriyada ajratib olishga muvaffaq boʻlgan.