Karam: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa) k fev. → fevral |
OchilovBot (munozara | hissa) k kichik o'zgarishlar |
||
Qator 1:
'''Karam''' (Brassica L.) — butguldoshlar oilasiga mansub, bir, ikki va koʻp yillik oʻsimliklar turkumi, sabzavot va yem-xashak ekini. K.ning Yevrosiyo va Shim. Afrikada 35 ga yaqin turi bor. Koʻpgina turlari Oʻrta dengiz atrofi va Xitoydan kelib chiqqan. Bryukva, raps, sholgʻom, surepitsa, xantal ham shu turkumga kiradi. Bir turi — poliz K. (V. o1egaseaye)ning juda koʻp turlari xoʻjalik aqamiyatiga ega. Dehqonchilikda ulardan oq boshli (bosh oʻraydigan oddiy) K., qizil K., savoy karami, bryussel karami, kolrabi, gulkaram, pekin karami dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida ekiladi. Jahon boʻyicha oq boshli K.ning umumiy ekin may-doni 2,3 mln.ga, hosildorlik 209,9 s/ga, yalpi hosili 48,8 mln.t (1999). Asosan, oq boshli va gulkaram ekiladi. K. aksari ikki yillik oʻsimlik. Birinchi yil bosh (karam) chiqaradi, ikkinchi yili oʻzagidan gulpoya chiqarib, urugʻlaydi. Oq boshli K. navlari vegetativ (oʻzagi, barg plastinkasi, toʻp bargi) va qosil organlari (karam boshi)ning qator morfologik belgilari bilan bir-biridan farq qiladi. Tashqi oʻzagining boʻyi 16—20 sm, toʻpbargining diametri 60—80 sm, bandining uzunligi boʻyicha barglari bandsiz, 4— 15 sm bandli, barglari mayda — 25— 40 sm, oʻrtacha — 40—50 sm va yirik — 50 sm va undan yirik boʻlishi mumkin. Barg toʻqimasining yuzasi silliq va burishgan. Barglarining rangi och-yashil, toʻq-yashil, kulrang-yashil, koʻkish-yashil, yashil-binafsha, olachipor, koʻk-yashil va qizil-binafsha tusda.
K. boshlari kattaligi va tigʻizligiga koʻra, mayda (0,5—1,5
K. tarkibida qandlar, organik kislotalar, vitaminlar (S, R, V,, V2, RR, K, Ye) va karotin, pantoten va folat kislotalar, yogʻ, fermentlar, fitonsidlar, kaliy, kalsiy, yod, marganets, temir va b. elementlarning tuzlari bor. Bevosita ovqatga ishlatiladi, tuzlanadi va konserva holida isteʼmol qilinadi. K. xalq tabobatida turli kasalliklarga ishlatiladi, organizmdan xolesterinning chiqib ketishini tezlatadi. K.da kletchatka koʻp. K. navlari ertagi, oʻrtacha ertagi, urtagi, oʻrtacha kechki va kechki guruxlarga boʻlinadi. K. koʻchati parnik va issiqxonalarda yetishtirilib, ertagisiga fevral oxiri va mart boshlarida (60x60 sm, 70x70 sm sxemada), oʻrtagisi aprel — may boshlarida, kechkisi iyul oxiri va iyul boshlarida (70x70 sm sxemada) ekiladi.
Parvarishi sugʻorish, qator oralari va tup atrofini yumshatish, oʻgʻitlash, zararkunanda va kasalliklarga karshi kurash olib borishdan iborat. Birinchi oziklantirishda gektariga
K. urugʻini bevosita dalaga ekish ham mumkin. Bunda unumdor, begona oʻtlardan toza yerlarga seyalkada qator orasini 60—70 sm dan qilib, 1 ga maydonga 1 — 1,5 kgurugʻsepiladi. 2—3 chin barg chiqargach, yaganalab, har uyada (30—40 sm oraliqda) bittadan oʻsimlik krldiriladi. Bundan keyingi ishlar koʻchati oʻtqazilgandagi ishlar bilan bir xil. Oʻrtacha hosildorligi (1 ga dan) ertapishari 200—300 s, oʻrtapishari 400— 500 s, kechpishari 600—900 s. K. urugʻchiligi bilan K. ekiladigan barcha zonalarda shugʻullaniladi.
Oʻzbekistonda oq boshli K.ning quyidagi navlari ekiladi: Gribovskiy 147—ertagi, koʻchati oʻtqazilgach, 60—65 kunda yetiladi. Boshi 0,
K. zararkunandalari. K.ni zararlaydigan hasharotlar turlari juda koʻp, asosiylari karam biti, karam kuyasi, karam qandalasi, karam oq kapalagi vab. Karam biti — qanotsiz urgʻochisi 1,9—2,3
Zararkunandalarga qarshi kurashda koʻchatni dalaga ekishdan oldin insektitsidlardan birontasining 0,2% li eritmasi purkaladi, oʻsuv davrida biologik preparatlardan dendrobatsillin (1,0—1,5
== Adabiyot ==
Qator 21:
{{manbalar}}
{{stub}}▼
{{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
▲{{stub}}
|