Geosinklinal: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa) k imlo |
OchilovBot (munozara | hissa) k kichik o'zgarishlar |
||
Qator 1:
'''Geosinklinal''' (geo... va sinklinal), geosinklinal mintaqa — Yer poʻstining uzun (oʻn, yuzlab km), nisbatan tor va chuqur choʻkmasi. Dengiz havzalari tubida vujudga keladi va odatda, yer yoriqpari bilan chegaralangan, choʻkindi va vulkan jinslarining qalin qatlami bilan toʻlgan boʻladi. Uzoq davom etgan shiddatli tektonik deformatsiyalar natijasida G. murakkab burmali struktura — togʻ tizimlariga aylanadi. Odatda, okeandan qitaga oʻtish zonasida yoki qitʼalar oraligʻida joylashadi. G. okean tubi Yer poʻstining qitʼa Yer poʻstiga aylanishi deb tushuniladi. Hoz. zamon G. analogiga chekka va ichki dengizlarning (chuqur suv osti novlari bilan birga) orollar yoyi misol boʻla oladi. Shu maʼnoda G. — geosinklinal mintaqa sinonimi.
10-a.da Abu Rayhon Beruniy oʻz davri fan yutuqlarini umumlashtirib togʻlarning paydo boʻlishi va yoʻq boʻlib ketishi tabiiy omillar asosida yuz berishini talqin etuvchi nazariyani olga surgan edi. G. tushunchasini fanga kiritishni 1873 y.da amerikalik olim J. Dana taklif etgan. Uning fikricha, burmalanish jarayoni va choʻkindi jinslarning koʻplab toʻplanishi bilan togʻ hosil boʻlish jarayoni oʻrtasida genetik birlik bor. 20-a. boshlarida bu taʼlimotni yevropalik olimlardan E. Og (fransuz), G. Shtille va E. Kraus (nemis), E. Argon va P. Arbenslar (shveysariyalik) yanada rivojlantirib, uning davriy qonuniyati, joylanishi va tuzilishi ustida ilmiy ishlar olib bordilar. G. xiyla murakkab, uning turli xillari maʼlum. Yer poʻstining eng yirik G. strukturalari birlashib G. mintaqasini tashkil etadi (H. M. Abdullayev, Yu. M. Sheynman, V. Ye. Xain). Yevrosiyo materigida toʻrtga: Oʻrta dengiz, Ural-Mongoliya, Tinch okean va Atlantika G. mintaqalari bor. Bularga tuzilishi bir xil boʻlgan turli yoshdagi burmalangan togʻliklar mansub, ular qad. platformalar bilan chegaralangan. G. mintaqalar oʻz navbatida G. obla-stlarga boʻlinadi. G. oblastlar umumiy yoʻnalishdagi har xil tarkibga, tuzilishga ega boʻlgan bir qancha G.lardan va oʻrtalik massivlardan tashkil topgan. G.larning uz. 2000
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}}
|