Agrotexnologiya: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: q.x. → qishloq xoʻjaligi (7), Hoz. → Hozirgi, va b.) → va boshqalar), va b. → va boshqa (2) using AWB |
k link, replaced: (q. Dehqonchilikning asosiy konunlari) → (qarang Dehqonchilikning asosiy konunlari) using AWB |
||
Qator 1:
'''Agrotexnologiya''' — dehqonchilik texnologiyasi, qishloq xoʻjaligi ekin-larini yetishtirish usullari tizimi. A.ning nazariy asosi — agronomiya. A. kuyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi: almashlab ekish, tuproqqa ishlov berish, o‘g‘itlar solish; urug‘likni ekishga tayyor-lash, ekish, ekinlarni parvarishlash, be-gona o‘tlar, kasalliklar va hasharotlarga qarshi kurash, hosilni yig‘ib olish. Yerni haydash, tekislash, boronalash va ekishga tayyorlashning boshqa usullari, o‘g‘itlash, sug‘orish, urug‘ni ekishga tayyorlash (sa-ralash, dorilash, ivitish va boshqalar), ekish va hosil yig‘ib-terib olinguncha o‘simlikni parvarish qilish ishlari A. usullariga kiradi. A.ga almashlab ekishni joriy qilish, o‘simlik qoldiqlarini daladan yig‘ishtirib olish, kuzgi shudgorlash, yaxob berish, sifatli urug‘lik tanlash, ekish sxemalarini to‘g‘ri qo‘llash, normal ko‘chat qalinligiga erishish, o‘g‘itlardan to‘g‘ri foydalanish; ekinni qat’iy tar-tib bo‘yicha sug‘orish, o‘simlikning ildi-zini zararlantirmaslik, ekinzorlarni begona o‘tlardan toza tutish, zararkunan-da va kasalliklarga chidamli navlarni ekish va h.k. ham kiradi. Bunga har bir mintaqaning tuproq-iqlim sharoitla-rini inobatga olgan holda, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga fan yutuqlari va ilg‘or taj-ribaning yangi, yanada samarali usullari-ni joriy qilish yo‘li bilan erishiladi.A. jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuch-lari va i.ch. munosabatlari rivoji bilan uzviy bog‘langan. Ibtidoiy jamoa va un-dan keyingi davrlarda A. sodda qurollar hamda qo‘l kuchiga asoslangan edi. Yerlar omoch, mola kabi qurollar yordamida ish-lanardi. A.ning takomillashgan usullari jahonda 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida shakllandi, natijada qishloq xoʻjaligi o‘simliklari mashinalardan foydalanish, tabiat-shunoslik va agronomiya fanlarining ko‘rsatma va tavsiyalari asosida yetishti-riladigan bo‘ldi. Ayniqsa, 19-a.da mashi-nasozlik sanoatining rivojlanishi mu-rakkab qishloq xoʻjaligi texnikasini dehqonchilikda qo‘llash imkoniyatini tug‘dirdi. 20-a.da esa qishloq xoʻjaligi uchun traktor, kombayn, kulti-vator, o‘g‘itlagichlar va boshqa mexanizmlar ko‘plab ishlab chiqariladigan bo‘ldi, mi-neral o‘g‘itlardan foydalanish ko‘paydi. Bularning hammasi va agronomiya fani-ning rivojlanishi A.ning takomilla-shuviga qulay sharoit tug‘dirdi.Hozirgi zamon Axi ekologik sharoitlar, qishloq xoʻjaligi texnikasining ishlash qoidalarini o‘rganuvchi tabiiy hamda texnika fanla-ri yutuqlariga asoslanadi. A.ni to‘g‘ri qo‘llashning zaruriy sharti uning kom-pleksligi va tuproq-iqlim sharoitlari, ekinning biologik xususiyati, navlari va ularning qaysi maqsadlarda ishlati-lishiga e’tibor berishdir. O‘simlik hayot omillarining muddatlari, almashtirib bo‘lmasligi hamda teng ahamiyatdorligi va boshqa qonunlar A. usullarini birgalik-da qo‘llashning ilmiy asosi hisoblanadi (
== Adabiyotlar ==
|