Javohirlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
k + 2 × [[]]
Olaf Studt (munozara | hissa)
k 1 × linkfix
Qator 9:
[[Yevropa]]da ilk [[oʻrta asrlar]]da qimmatbaho va ziynat toshlariga sayqal berish faqatgina J.ni qayta ishlash jarayonida ularning tabiiy qirralarini saqlab qolish va tozalash, kristallarni tog jinslaridan ajratib olishdan iborat boʻlgan. [[1456]] yilda gollandiyalik Lodeveyk van Berkem olmosni qirralashda olmos kukunidan foydalangan, shundan keyin bu usul boshqa qattiq toshlarni qirralashda keng qoʻllanila boshlagan. 1725 yilda Sankt-Peterburgda [[Pyotr I]] koʻrsatmasiga binoan birinchi marta "olmos tegirmoni" — [[jilolash]] f-kasi ochilgan. Unda dastlab faqat qimmatbaho toshlar qirralangan, keyinchalik bezak toshlariga ham [[jilo]] bera boshlaganlar.
 
J. [[tabiat]]da turli [[jarayon]]larda: 1) [[magniy]] va [[temir]]ga boy [[magma]]larning [[kristallanish]]i jarayonida (olmos va pirop); 2) [[granit]]li [[pegmatitlar]]ning kristallanishi natijasida (zumrad, akvamarin, sirkon, topaz, turmalin, [[amazonit]]); 3) minerallashgan [[eritmalar]]ning kristallanishidan (opal, [[togʻ billuri|billur]], ametist, feruza, [[agat]], [[malaxit]]); 4) [[metamorfizm]] jarayonida (yoqut, sapfir, shpinel, [[lojuvard]], [[granatlar]]) hosil boʻladi.
 
J. [[kon]]lari [[dunyo]]da koʻp, ammo konlar bir xil tarqalmagan. [[Janubiy Afrika|Jan. Afrika]] va [[Madagaskar]] o.da (olmos, zumrad, berill, akvamarin, turmalin, billur, topaz, pirop va boshqalar), [[Janubiy Amerika|Jan. Amerika]], asosan [[Braziliya]] va [[Kolumbiya]]da (zumrad, berill, olmos, turmalin va boshqalar) koʻplab qazib olinadi. [[Osiyo]] [[mamlakat]]larida nefrit ([[Xitoy]]), feruza va [[lazurit]] ([[Eron]], [[Afgʻoniston]]), yoqut, shpinel, sirkon, jadeit, almandin ([[Hindiston]], [[Shri Lanka]], [[Tailand]]), olmos, zumrad, malaxit, topaz, ametist, turmalin ([[Rossiya Federatsiyasi|RF]]) konlari mavjud. [[Oʻrta Osiyo]] qadimdan oʻzining feruza, yoqut, billur, [[marmar oniksi]] bilan mashhur. Oʻzbekistonda malaxit ([[Piskom tizmasi|Piskom togi]]), feruza ([[Qizilqum]], [[Sulton Uvays togʻi|Sulton Uvays]], [[Qurama tizmasi|Qurama togi]]), [[rodonit]] (Qurama, Sulton Uvays), ametist (Piskom, Qurama toga) mavjud, ayniqsa feruza kadimdan qazib olinadi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>