Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh. → shahri (2), 4 y. → 4 yil (26), mil. av. → miloddan avvalgi (5), -a. → -asr (30), i.ch. → ishlab chiqarish, bal. 2 → balandligi 2, mil. 1 → milodiy 1 (3) using AWB
Dutcman (munozara | hissa)
Qator 48:
M. hududida miloddan avvalgi 2—1ming yilliklarga mansub metall taqinchoklar, milodiy 1ming yillikka doyr qurollar, sopol, jez, ku-mush, oltin idish va buyumlar topilgan. Ular zargarlik va metallni badiiy ishlash rivojlanganidan darak beradi. 13—14a.larda xalq amaliy sanʼatida Vizantiya va musulmon Sharqining taʼsiri kuchli boʻlgan. 14— 17-asrlarda zardoʻzlik, 18—19-asrlarda gilamchilik yuksaldi. 19-asrdan boshlab dunyoviy tasviriy sanʼat, ayniqsa, portret rassomligi rivoj topdi, rassomlik oʻquv yurtlari ochildi. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida hayotiy manzaralar, turli janrlardagi rasmlar, psixologik portretlar yaratildi (V. Okushko, Ye. Maleshevskaya va boshqalar). 20-asr 2-yarmida rangtasvirchilardan M. Gamburd, V. Russu-Chobanu, portretchilardan K. Kitayka, I. Bogdesko, G. Sainchuk, haykaltaroshlardan K. Kobize-va, B. Marchenko kabilar tasviriy sanʼat rivojiga hissa qoʻshdilar. Xalq sanʼatida tosh oʻymakorligi, gilam toʻqish, kashtadoʻzlik, kulollik, yogʻochsozlik ravnaq topdi.
 
Musiqasi oʻziga xos milliy folklor asosida shakllangan va qoʻshni xalqlar badiiy madaniyati bilan hamohang rivojlangan. Xalq qoʻshiqlari, asosan, bir ovozli, ohanglari xilma-xil. Afsonaviy voqeiy qoʻshiklarda qahramonlik va ozodlik gʻoyalari aks etgan. Mehnat, marosim, muhabbat, hazil, davra qoʻshiklari bor. Eng koʻp tarqalgan xalq musiqasi doyna deb ataladi. Jok, moldovenyaska deb atalgan joʻshqin va oʻynoqi xalq raqslari dunyoga tanilgan. Torli cholgʻulardan kobza, simbala, tilchali asboblardan d-rimba (vargan), puflab chalinadigan asboblardan flu-yer va kaval (nay), chimpa, buchum kabilar bor. 19-asrda ilk kompozitorlar (G. Muzichesku, K. Mikuli, E. Kaudelli, Ch. Porumbesku) ijod qila boshladilar. Zamonaviy kompozitorlar orasida A. Stircha, G. Nyaga, E. Lazarev, Ch. Tkach, [[Doga Yeujeniu|Ye. Doga]], dirijyorlardan T. Gurtovoy, D. Gʻoya, A. Samoile, xonandalardan T. Cheban, T. Alyoshina, M. Biyeshu va boshqa mashhur. 1955 yil Kishinyovda M. opera va balet teatri ochilgan, davlat filarmoniyasi (1940) qoshida simfonik orkestr, "Doyna" xor kapellasi, "Jok", "Leutarlar", "Fluyerash" kabi ansambllar faoliyat koʻrsatadi. Oʻzbekistonda T. Cheban, M. Biyeshu va qator ansambllar gastrolda boʻlgan.
 
Teatr sarchashmalari xalq oʻyinlaridan boshlanadi. Kolinde-kolada deb atalgan qad. xalq marosimlari, xeitul deb atalgan yangi yil kuglovlari va turli-tuman oʻyinlarda teatr sanʼati unsurlari boʻlgan. Iroziy (irodi) deb atalgan tomo-shalar, polvon, akrobat (pehlivan, soptar)larning mahoratlarini namoyish etishlari va gayduklarning oʻziga xos teatri mashhur boʻlgan. Oʻrta asrlarda saroy va sayyor truppalari tomosha koʻrsatishgan. 1816 yilda yozuvchi va maʼrifatchi G. Asaka rahbarligida moldavan tilida birinchi spektakl koʻrsatilgan. Professional teatrni barpo etishda V. Aleksandri, K. Negrutssi, A. Russo, M. Kogelnichanu va boshqa dramaturglar katta xizmat qildilar. 20-asrning 20-yillarida tashkil topgan drama toʻgaraklari asosida Balta shahrida musiqali drama truppasi (keyinchalik drama studiyasi) tuzildi. Shu studiyani bitirib chiquvchilar 1933 yilda Tiraspolda tashkil etilgan drama teatri (hozirgi M. akademik musiqali teatri)ning oʻzagi boʻldi. Endilikda M.da 14 teatr, shu jumladan, "Luchaferul" teatri, "Likurich" qoʻgʻir-choq teatri, Bels musiqali drama teatri, filarmoniya, sirk va boshqa ishlab turibdi. Ularda A. Lupan, L. Kornyanu, E. Bukov kabi mahalliy mualliflarning pyesalari bilan bir qatorda jahon mumtoz dramaturgiyasining asarlari ham sahnalashtirilgan. Teat_r arboblari orasida D. Dariyenko, N. Massalskaya, Ye. Ureke, K. Shtirbu, I. Shkuryalarni koʻrsatish mumkin. Teatrlar uchun kadrlarni Kishinyovdagi G. Muzichesku nomidagi sanʼat instituti tayyorlaydi. s Kino tarixi 1927 yildan boshlanadi. Oʻsha yili birinchi hujjatli film yaratildi. 1940 yildan Kishinyovda ish boshlagan kinovakillik punkti 1952 yilda xronika (voqeiy) filmlar ki-nostudiyasi (1957 yil dan "Moldovafilm")ga aylantirildi. 1955 yil da birinchi moldavan filmi — "Moldaviya taronalari" (rej. A. Zolotnitskiy) dunyo yuzini koʻrdi. Shundan keyin "Ataman Kodr" (1958), "Kuzning soʻnggi kuni" (1965, rej. V. Derbenyov), "Qotillikda ayblanadi" (1969, rej. B. Volchek), "Lautari" (1971, rej. E. Lotyanu), "Yoningda erkak boʻlsa" (1978, rej. V. Gajiu) va boshqa yaratildi. Kino aktyorlaridan D. Dariyenko, M. Volontir, K. Tirseu, S. Toma, M. Sagaydak, G. Grigoriular mashhur. M.da 100 kinoteatr bor.