Janubiy Afrika Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: q. x. → qishloq xoʻjaligi (5), sh. → shahri, 7 y. → 7 yil (15), Mil. av. → Miloddan avvalgi, -a. → -asr (29), i. ch. → ishlab chiqarish (2), bal. 2 → balandligi 2, mil. 1 using AWB
k →‎top: imlo, replaced: shaxar → shahar using AWB
Qator 62:
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Miloddan avvalgi 7-ming yillikka va mil.ning oxirgi acrlariga mansub qoyatoshlarga yoʻnib va uyib ishlangan rasmlar (fil, karkidon, begemot, jirafa, zebra, kiyik va boshqalar) saqlangan. Afrikaliklarning turar joylari asosan taxta, tunuka va boshqalarlardan qurilgan kulba-chaylalardan iborat. Pretoriya, Keyptaun, Yoxannesburg kabi yirik shaharlarda 17—18-asrlarda qurilgan golland meʼmorligiga xos binolar bor. 1666—72 yillarda tarhi 5 burchakli tosh qoʻrgʻon qurilgan (meʼmori P. Dombayer). 18-asr oxirlarida meʼmor L. M. Tibo Kap manzilgohi meʼmorligiga fransuz klassitsizmi uslubini olib kirdi. 19-asrdan Port-Elizabet, Durban, Blumfonteyn, Pretoriya, Yoxannesburg va boshqashaharlardagi koʻplab imoratlar toʻgʻri chiziqli rejaga binoan va qorishiq uslubda qurildi. Keyptaunda yangi gotika, Yoxannesburgda yangi klassika uslublari ustunlik qilgan boʻlsa, Pretoriyada "Kap meʼmorligi anʼanalari"ga rioya qilindi. Shaharlarning chekkalarida afrikaliklar yashaydigan pastqam kulbalar paydo boʻldi. JAR meʼmorligiga 20-asrning 20-yillarida R. Martinsen, U. Makintosh kabi meʼmorlar yangilik kiritishdi, hashamatli jamoat binolarining loyihalarini tuza boshlashdi. 30-yillarda Yevropa va Amerika mashhur meʼmorlari (Le Korbyuzye, L. Kan, O. Nimeyer va boshqalar) samarali taʼsir oʻtkazdilar. 60—70-yillar Pretoriya markazi qayta qurildi, Yoxannesburgda mahobatli teatr (meʼmor D. Ross) va 50 qavatli Karlton markaz (meʼmorlar Rods-Harrison, Mellous, Xoffe) va boshqa inshoatlar barpo etildi. Jamoat va maʼmuriy binolar yuksak badiiy did, murakkab meʼmoriy yechimlar bilan qurilganligi, ularda haykaltaroshlik, rassomlik, mozaika unsurlaridan foydalanilganligi koʻzga tashlanadi. Shahar tashqarisidagi bogʻlarda badavlat oilalar uchun shinam koshonalar barpo etildi. Zulu, kosa, ndebele, basuto kabi mahalliy aholi vakillari hamon loy, boʻyra va xashakdan qurilib, turli naqshlar bilan bezatilgan kulbalarda yashashni afzal koʻradilar. Shaharlardagi zamonaviy meʼmorlikda temirbeton, oyna va plastmassadan keng foydalaniladi. Poytaxtda rasmiy muassasalar, bank, doʻkon, mehmonxonalar, ularning atrofida turar joylar qurilgan. JAR milliy badiiy sanʼat maktabi 17-asr oʻrtalarida uzoq vaqtdan beri shu yerda istiqomat qiluvchi yevropaliklar sanʼati taʼsirida vujudga keldi. Jan. Afrikaning birinchi haykaltaroshi A. Anreytning nemis barokko va rokoko uslubidagi asarlari Keyptaun va boshqa baʼzi shaharlar yirik meʼmoriy yodgorliklarini bezagan. 19-asr oʻrtalaridagi yevropalik rassomlardan T. U. Bouler va D. U. Angas afrikaliklar qiyofasini mehr bilan tasvirlagan. Afrikalik rassomlardan J. Sekotoning qitʼa tabiati va hayotini tasvirlovchi asarlari birinchi boʻlib yevropaliklar eʼtirofiga sazovor boʻldi. Yogʻoch uymakori J. Kekan, rassom S. Mvusi, haykaltarosh S. Kumalo, tosh oʻymakori J. Kubxek va boshqa koʻpgina jamoat binolarini barpo etishda oʻz sanʼati bilan hissa qoʻshdilar. Mamlakat amaliy sanʼatida metallsozlik (temir bolta, pichoq, mis bilaguzuk, munchoq), kulollik, oʻymakorlik, koʻnchilik, toʻqimachilik, yogʻoch buyumlar ishlash kadimdan rivojlangan. 20-asr oʻrtalarida Keyptaunda Jan. Afrika rassomlari uyushmasi tuzildi. I. Stern (rassom ayol), grafik va yogʻoch oʻymakori L. Lipshits, manzarachi rassomlardan S. Sedibane, S. Zondi, M. Zvane va boshqalarlarning Jan. Afrika voqeligi va manzaralarini aks ettiruvchi asarlari mashhur.
 
Musiqiy madaniyati mamlakat tub joy aholisi va oq tanlilar musiqasidan iborat. Bushmen va gottentotlarning qad. musiqiy shakllari bilan bir qatorda zulu, kosa, venda va boshqalarning rivojlangan badiiy ijodiyoti mavjud. Maye., matebele va shona xalqlarining ommaviy qoʻshiqlarida koʻp ovozli usullardan keng foydalaniladi. 20-asrdatub joy aholisining ijodi gurkirab rivojlana boshladi. Milliy, yevropa (xristian diniy qoʻshiqlari) hamda amerika (jaz, Lotin Amerika raqs usullari va boshqalar) musiqa anʼanalarining uygʻunlashuvi negizida 1930—50 yillari anʼanaviy qoʻshiqchilikning yangi — "kvela", "mbube", keyinchalik — "jayv" uslublari yuzaga keldi. JARning shaxarshahar va qishloqlarida yashovchi oq tanli aholining qoʻshiq va raqslari ham oʻziga xos. Ingliz musiqachisi U. G. Bell 1912 yil Keyptaundagi Jan. Afrika kollejiga direktor boʻlgan paytdan musiqiy madaniyatni rivojlantirish yoʻlida koʻp ish qildi. 20-asrning 1-yarmida P. Reynir, G. Fagan, B. Gerstman, A. van Veyk va boshqalarning kompozitorlik maktabi yuzaga keldi. 20-asrning 2-yarmida milliy opera janri yaratildi. Uning eng yaxshi namunalaridan biri — "King-Kong" (muallifi T. Matchikiza, 1959) Yevropa va AQSH sahnalarida xam ijro etildi. G. Skosan va boshqa Leshoayning dolzarb mavzudagi operalariga xalq qoʻshiqchiligi anʼanalari singdirib yuborilgan. Qoʻshiqchilardan M. Makeba, J. Mogoton, N. Mdledle, P. Fango, T. Kumalolar mashhur. JAR universitetlarining musiqa ftlari musiqa taʼlimi va bu sohadagi ilmiy faoliyat markazlaridir. Yoxannesburg , Pretoriya va boshqa yirik shaharlardagi sanʼat ishlari kengashlari va musiqa jamiyatlari katta tashkilotchilik ishlarini olib boradi.
 
Teatri qishloqlarda qad. maishiy va diniy marosimlar, musiqa, raqs, qoʻshiqdar asosida shakllangan. Yevropaliktruppalar 18-asr oxirlarida dastlabki teatr tomoshalarini koʻrsatishdi. 1801 yilda Keyptaunda teatr binosi qurildi. Unda chetdan kelgan truppalar bilan bir qatorda Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Germaniya, Fransiyadan koʻchib kelib oʻrnashib qolganlarning mahalliy havaskorlik jamoalari ham tomosha koʻrsata boshladi. Dramaturg , bastakor, sahnalashtiruvchi Sh. E. Bonifas va L. A. Myoranning faoliyati 19-asr boshlarida teatrni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega boʻldi. 19-asr 2-yarmida Yevropadan, asosan Buyuk Britaniyadan professional jamoalar koʻplab kelib, butun mamlakatda inglizcha tomoshalar koʻrsata boshladi. Afrikaans tilidagi teatr 20-asr boshlarida rivojlandi. Dramaturglardan M. Brink va Ya. X. de Vaalning xizmati katta buldi. 20-yillarda afrikaans tilida dastlabki professional teatrlar vujudga keldi. Teatr arboblari irkchilik va aparteidga qarshi kurashga, qora tanli aholining siyosiy ongini oʻstirishga va uning insoniy qadr-qimmatini qaror toptirishga hissa qoʻshdilar. "Kingkong", "Qonli tugun", "Yashash uchun kurash", "Vuka" kabi spektakllarda irqiy ayirmachilikka qarshi kurash aks etgan.