Abu Rayhon Beruniy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k vekifikatsiya, imlo, replaced: g' → gʻ , l’as → lʼas (6) using AWB
Qator 25:
 
== Biografiya ==
Turkistonlik ulug'ulugʻ alloma abu Rayhon Beruniy ota-onasidan juda yosh yetim qolgan va Iroqiylar xonadonida tarbiyalangan. Iroqiylarning oxirgi vakili Xorazmshoh, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Iroq hisoblanadi. Xorazmshohning jiyani — amakisining oʻgʻli Abu Nasr Mansur ibn Iroq Beruniyning ustozi edi. Beruniy juda yoshligidan ilm va fanga qiziqadi. U sevgan fanlar — [[astronomiya]], [[matematika]], [[geodeziya]], [[geografiya]] va [[mineralogiya]] edi. U oʻzining „Geodeziya“ asarida [[990|990-yil]] Kat shahrining geografik kengligini aniqlaganini yozadi. Maʼlumki, geografik kenglikni aniqlash uchun geografiya, matematika va astronomiyadan yetarlicha bilimga ega boʻlish lozim.
[[995|995-yil]] Katni, Xorazmning ikkinchi poytaxti, Gurganj (Urganch)ning amiri Maʼmun ibn Muhammad bosib oladi. Beruniy Iroqiylar xonadoniga mansubligi uchun Maʼmunning gʻazabidan qochib, Ray shahriga (hozirgi [[Tehron]] yaqinida) keladi. U Rayda mashhur olim — matematik va astronom al-Xoʻjandiy, tabib va faylasuf ar-Roziylar bilan tanishadi. Beruniy Rayda oʻzining „Al-Faxriy sekstanti“ risolasini yozadi. [[997|997-yil]] Beruniy Katga qaytdi. Bu davrda Xorazmda oʻzgarishlar boʻlib, Maʼmun vafot etib, uning oʻrniga Ali ibn Maʼmun taxtga chiqqan edi.
[[998|998-yil]] Beruniy Jurjonga keldi. U Jurjonda [[1004|1004-yilgacha]] yashaydi. Oʻzining oʻn beshga yaqin asarini shu yerda yaratdi. Jumladan, olimning „Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar“ asari [[1000|1000-yil]] atrofida shu yerda yozilgan. [[1004|1004-yilning]] bahorida Beruniy Xorazmga qaytdi. Bu vaqtda Xorazmning poytaxti Gurganj edi. Gurganjda u [[Oy (tabiiy yoʻldosh)|Oy]] tutilishini kuzatdi. Saroyda al-Masihiy, tabib al-Hammar, Ibn Iroq va boshqalar ishlar edilar.
[[1005|1005-yil]] bahorida buxorolik mashhur tabib [[Ibn Sino|Abu Ali Ibn Sino]] ham Gurganjga keladi. Gurganjda Beruniy [[matematika]], [[astronomiya]] bilan bir qatorda [[fizika]] va [[mineralogiya]]ning baʼzi masalalari bilan shugʻullandi. Minerallarni aniqlash, ularni tizimga solishda solishtirma ogʻirliklardan foydalanish gʻoyasi ham mana shu yerda tugʻildi. [[1017|1017-yil]] yozida [[Mahmud Gʻaznaviy]]ning buyrugʻiga koʻra Beruniy asir sifatida [[Gʻazna]]ga olib ketildi. U yerda ogʻir sharoitda yashadi. [[1019|1019-yildan]] keyin ilmiy ish bilan shugʻullanish sharoitiga erishdi.
[[1022]]—[[1024|1024-yillarda]] Mahmud [[Hindiston]]ga qilgan yurushida Beruniyni oʻzi bilan olib ketdi. Safarda ham Beruniy ilm bilan shugʻullandi. U [[Panjob]]dagi Nandna qal’asiqalʼasi yonida yer shari [[meridian]]ini bir gradusining uzunligini oʻlchadi va u 110,895 km. ekanini aniqladi. Bu maʼlumot hozirgi zamon oʻlchashlari natijasi — 111,1 km bilan taqqoslansa, Beruniy oʻlchashlarining aniqligi qay darajada ekani koʻrinadi.
[[Fayl:Biruni-russian.jpg|thumb|left|220px|Abu Rayhon Beruniyga bagʻishlangan [[SSSR]] [[Pochta markasi]].]]
U [[Hindiston]]da boʻlajak asari „Hindiston tarixi“ uchun maʼlumot yigʻdi va uni [[1030|1030-yil]] yozib tugatdi. Oʻsha yili Mahmud vafot etdi va uning oʻrniga oʻgʻli Mas’udMasʼud taxtga chiqdi. Mas’udMasʼud Beruniyga koʻp iltifotlar koʻrsatdi. Shu sababli, Beruniy oʻzining shoh asarini Mas’udgaMasʼudga bagʻishlab „Qonuni Mas’udiy“Masʼudiy“ deb atadi. Bu asar asosan [[astronomiya]]ga oid boʻlsa ham Beruniyning [[matematika]]ga oid, yaʼni [[trigonometriya]] va [[sferik trigonometriya]]da qilgan anchagina kashfiyotlari shu asarda bayon etilgan. Beruniyning matematikaga va fanning boshqa sohalariga qoʻshgan hissasini yozib qoldirgan 100 dan ortiq asaridan ham koʻrish mumkin. Ulardan eng yiriklari — „Hindiston“, „Yodgorliklar“, „Qonuni Mas’udiy“Masʼudiy“, „Geodeziya“, „Mineralogiya“ va „Astronomiya“. Qolganlarini quyidagicha taqsimlash mumkin: matematikaga doirlari — 22 ta; astronomik asboblar haqida — 10 ta; astrologiklari — 21 ta; turli fanlar (fizika, mineralogiya, adabiyot, tarix va boshqalar) — 38 ta; turli tillardan tarjima asarlar — 21 ta. Beruniyning bu asarlaridan atigi 30 ga yaqini bizning kunlargacha yetib kelgan. Beruniy yoshligidayoq koʻp vaqtini turli kuzatishlar bilan oʻtkazgan. U bolaliastronomik asbob yasagan. Xorazmning turli joylari koordinatalarini aniqlash bilan shugʻullangan va [[995]]—[[996|996-yillarda]] Kat shahrida diametri 15 ziroʻ (Ziroʻ — qadimgi oʻlchov birligi, 49 santimetr chamasida) boʻlgan doira va boshqa asboblar bilan astronomik oʻlchash ishlarini olib borgan. Beruniyning 152 asari maʼlum boʻlib, bizgacha uning faqat 30 tasi yetib kelgan. Jami asarlarining 70 tasi astronomiyaga, 20 tasi matematikaga, 12 tasi geografiya va geodeziyaga, 4 tasi mineralogiyaga, 1 tasi fizikaga, 1 tasi dorishunoslikka, 15 tasi tarix va etnografiyaga, 4 tasi falsafaga, 18 tasi adabiyotga bagʻishlangan. U 50 yoshida qadimiy [[sanskrit tili]]ni oʻrgandi, bundan tashqari, fors, arab, yahudiy, grek tillarini ham bilar edi.
 
== Beruniy jahon astronomiya va geografiya fani olimi ==
Qator 60:
 
== Abu Rayhon Beruniy asarlari ==
 
[[Mineralogiya]]
 
Qator 68 ⟶ 67:
* Pirmat Shermuhamedov. ''"Dahoning tugʻilishi yoxud Abu Rayhon Beruniy qismati"''. Toshkent, 2009.
 
== Manbalar ==
{{Manbalar}}
== Havolalar ==
* [http://fan.zn.uz/915 Beruniy haqida fan.zn.uz saytida]