Chili: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k →‎top: imlo, replaced: shaxar → shahar (2) using AWB
k →‎top: vekifikatsiya, imlo, replaced: a'zo → aʼzo, O’ → Oʻ using AWB
Qator 2:
[[Tasvir:Mapa administrativo de Chile.png|thumb|left]]
[[Tasvir:Pueblo de San Pedro de Atacama 2013-09-21 11-52-31.jpg|thumb|left|[[Atakama]]]]
'''Chili''' (Chili Respublikasi) ([[Ispan tili|isp.]] República de Chile) - poytaxti [[Santiyago|Santiago]] shahri. [[BMT]] a'zosiaʼzosi
CHILI (Chile) Chili Respublika s i (República de Chile) — Jan. Amerikaning jan.gʻarbida joylashgan davlat. Maydoni 756,9 ming km². Aholisi 15,824 mln. kishi (2003). Poytaxti — Santyago shahri Maʼmuriy jihatdan 13 viloyat (region), jumladan, Santyago poytaxt viloyatiga boʻlinadi.
 
Davlat tuzumi. Ch. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1980 yilda kabul qilingan va 1981 yildan kuchga kirgan; 1989, 1994, 2004 yillarda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (2000 yildan Rikardo Lagos Eskobar), u umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish nuli bilan 4 yil mudsatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni senat va deputatlar palatasidan iborat Milliy kongress, ijrochi hokimiyatni prezident amalga oshiradi; prezident xukumatga ham boshchilik qiladi.
 
Tabiati. Ch. shim.dan jan.ga Tinch okean sohili boʻylab 4300 km ga choʻzilgan, hududining katta qismini And togʻlari (balandligi 6880 m gacha), shim.ni Atakama choʻli egallagan. Mamlakat jan. da Patogoniya tekisligi joylashgan. Ch. hududi tarkibiga qirgʻoqqa yaqin bir necha orol, Olovli Yer o.ning garbiy qismi hamda Tinch okeandagi baʼzi orollar (Pasxa o. va boshqalar) kiradi. Relyefida 3 boʻylama mintaqa yaqqol koʻrinadi: sharqda Andning Bosh Kordilyera togʻlari, gʻarbda sohil boʻyi Kordilyera tizmasi va togʻ oraligʻi botigʻida Boʻylama vodiy bor. Ch.da vulkan koʻp; teztez zilzilalar boʻlib turadi. Ch. hududida mis, tabiiy selitra, molibden, sof oltingugurt, temir rudasi, marganets, qoʻrgʻoshin, oltin, kumush, toshkoʻmir, rux, barit, neft, gaz konlari bor. Iqlimi shim. qismida tropik choʻl iklimi (yillik yogʻin 50 mm dan kam). Subtropik Oʻrta Ch. ning shim.da iqlim quruq (yillik yogʻin 100–200 mm), markazida oʻrta dengiz iqlimi, qishda yomgʻir yogʻadi (Santyago shahrida yiliga 350 mm), jan.da nam subtropik ikdim (yillik yogʻin 2000–2500 mm). Janubiy Ch.da iklim moʻʼtadil okean iklimi, yogʻin koʻp yogʻadi (yiliga 3000–7000 mm). Togʻlarda muzliklar bor. Oʻrtacha oylik tra shim.da 12—16° dan (iyulda) 18— 22° gacha (yanv.da), markazida 8—20°, jan. da 8—15°. Deyarli hamma daryolari juda qisqa va Tinch okean xavzasiga mansub. Shimoliy Ch.da Loa daryosidan boshqa oqar su v yoʻq. Jan.da esa daryolar yil davomida sersuv. Shimoliy Ch.da tuproq va oʻsimlik qoplami yaxshi rivojlanmagan. Oʻrta Ch.ning shim. chala choʻl, markazida sur jigarrang va jigarrang tuproklarda kserofil butalar usadi. And togʻlarining oʻrta yon bagʻirlari qoraqayin oʻrmonlari bilan qoplangan, undan yuqorisi togʻ dashtlari. Oʻrta Ch.ning jan.dagi qoʻngʻir oʻrmon va botqoqli tuproqlarda qalin oʻrmonlar, And togʻlarida qoraqayinigna bargli oʻrmonlar va alp oʻtloklari bor. Jan.da subantarktika aralash oʻrmonlari, chekka jan.da botqoqlashgan oʻtloqlar va torfli yerlar uchraydi. hayvonot dunyosi xilmaxil. Ch. shimolida aguarachay tulkisi, puma, sudralib yuruvchilar, jan.da pudu va uemul bugʻulari, amerika sassiqkoʻzani, suvsar, magellan tulkisi va boshqa yashaydi. Ch.da Vilyarrika, BernardoO’BernardoOʻ Xiggins, AlbertoAgostini, LosParaguas, PeresRosales va boshqa milliy bogʻlar hamda qoʻriqxonalar tashkil etilgan (jumladan, Pasxa va XuanFernandes o.larida).
 
Aholisining 90% chililar. Mamlakatning tub aholisi araukan, kechua va aymara indeyslaridir. Rasmiy til — ispan tili. Dindorlarning aksariyati katoliklar. Shahar aholisi 86%. Yirik shaharlari — Santyago, Valparaiso, VinyadelMar.