Qoʻqon: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k Bot: Replacing category Oʻzbekiston: Shaharlar with Oʻzbekiston:Shaharlar |
k vikifikatsiya, imlo, replaced: o'q → oʻq (7) using AWB |
||
Qator 1:
{{manba}}
{{Bilgiquti aholi punkti
| oʻzbekcha nomi = Qoʻqon
Qator 64 ⟶ 66:
Mahalliy tarixchi va arxeologlar orasida shaharning yoshi 2 ming yildan ortiq degan taxmin mavjud. Qoʻqonga oid dastlabki maʼlumotlar 10-asr yozma manbalarida uchraydi. Etimologiyasi haqida turli taxminlar bor [mas, Istaxriy va Ibn Havqal asarlarida "Havokand" (Hoʻkand) shaklida, yaʼni "goʻzal", "yoqimli" yoki "shamol shahri" maʼnosida uchraydi]. Keyingi asrlarda "Hoʻqandi latif" degan atama ham ishlatilgan. Undan tashqari "balandlikdagi shahar", "hular shahri" [yaʼni, "hu (ku) qabilasi — elati shahri"] versiyalari ham bor. Qad. Xitoy qoʻlyozmalarida Qoʻqon nomi "Guyshan", "Xoʻxan" tarzida ifodalangan.
== Sovet davrida ==
Qator 72 ⟶ 74:
19 kutubxona, 7 klub muassasasi, 6 ta muzey (shu jumladan, oʻlkashunoslik muzeyi), drama teatri, xalq teatri ishlab turibdi. 4 bolalar sport maktabi, 3 stadion, sport zallari va boshqa sport inshootlari bor. Q. shoir, sanʼatkorlar shahri sifatida tanilgan. Qadimda "Qoʻqon adabiy muhi-ti" mashhur boʻlgan. Shahardan bir qancha adabiyot namoyandalar: Amiriy, Gul-xaniy, Xon, Gʻoziy, Maxmur, Muhyi, Zoriy, Muqimiy, Qoriy, Komiy, Furqat, Haziniy, Nasimiy Hoʻqandiy va boshqa; Hamza, Ibrohim Davron, Ashurali Zohiriy, Mirzoi Hoʻqandiy, Poʻlatjon Qayumiy kabi maʼrifatpar-var ijodkorlar yetishib chiqqan; Nodi-ra, Dilshod, Barno, Anbar otin,- Layli xonim, Mahzuna, Mushtariy kabi ayol ijodkorlar ham shu yerda kamol topgan. 20-asr oʻzbek adabiyotiga Abdulla Qahhor, Sobir Abdulla, Usmon nosir, Amin Umariy va boshqa ijodkorlar katta hissa qoʻshgan. Q. tarixiga doir koʻplab tarixiy asarlar mavjud ("Tarixi jahonnoma", "Shohnomai Umarxon". "Muntaxob ug-tavorix", "Ansob us salotin vatavorixul-havokin" va boshqalar). Q. meʼmorligining shakllanishi 18-asrdan boshlanadi. Shu davrda shaharda madrasa, masjid, maqbara, karvonsaroy, koʻprik va boshqa binolar bunyod etildi. Monumental inshootlar Oʻrta Osiyoning qad. shaharlari binolarining tuzilishi taʼsirida qurildi. Q.dagi yirik meʼmoriy yodgorliklardan xapq orasida Madrasai Mir nomi bilan mashhur boʻlgan Norboʻtabiy madrasasitr (1798), undan tashqari Daxmai shohon ansambli (1825), Xudoyorxon oʻrdasi (19-asrning 2-yarmi), Jome masjid (19-asr 1-choragi), Kamol qozi madrasasi (1941) va boshqa ham saqlangan.
== Mustaqillik yillari ==
Mustaqillik yillarida shaharda yangi binolar qad koʻtardi, obodonlashtirilib, xiyo-bon va bogʻlar, yangi maydonlar barpo etildi, maktab, gimnaziya, litsey, kasb-hunar kollejlari qurildi. 2 tele-studiya, ("Muloqot", "Yolqin") ishlaydi, 4 gaz. chop etiladi. K.dan Fargʻona rik shaharlariga va viloyatning yiavtobus va marshrutli taksilar qatnaydi.
Qator 83 ⟶ 86:
{{Fargʻona viloyati}}
{{uzgeo-stub}}▼
[[Turkum:Oʻzbekiston:Shaharlar]]
▲{{uzgeo-stub}}
|