Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k vekifikatsiya, imlo using AWB
k →‎top: vikifikatsiya, imlo using AWB
Qator 1:
{{manba}}
 
{{Islom}}
'''Qurʼon''' ({{lang-ar|القرآن}} oʻqimoq, qiroat qilmoq) — [[musulmon]]larning asosiy [[muqaddas kitoblar|muqaddas kitob]]i. [[Islom]] eʼtiqodiga koʻra, Qurʼon [[vahiy]] orqali [[Muhammad|Muhammad paygʻambar]]ga 610—632 yillar davomida nozil qilingan [[Alloh]]ning kalomi (Kalomulloh). Qurʼon „Kitob“ (yozuv), „Furqon“ (haq bilan botilning orasini ayiruvchi), „Zikr“ (eslatma), „Tanzil“ (nozil qilingan) kabi nomlar bilan atalib, „Nur“ (yorugʻlik), „Hudo“ ([[hidoyat]]), „Muborak“ (barakotli), „Mubin“ (ochiq-ravshan), „Bushro“ (xushxabar), „Aziz“ (eʼzozlanuvchi), „Majid“ (ulugʻ), „Bashir“ (bashorat beruvchi), „Nazir“ (ogohlantiruvchi) kabi soʻzlar bilan sifatlangan. Islom olamida Qurʼon musʼhaf nomi bilan ham mashhur. Islom ulamolari Qurʼonning 30 xil nom va sifatlarini sanab oʻtganlar.