Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k →‎top: vikifikatsiya, imlo using AWB
Akhemen (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 63:
'''Xiva''' — [[Xorazm viloyati]]dagi [[shahar]]. [[Xiva tumani]] markazi. [[Oʻzbekiston]]ning shim.gʻarbida, viloyatning [[janub|jan.]]da, [[Amudaryo]]ning chap [[sohil]]ida, [[daryo]]dan 40 km jan.da, 91 m [[mutlaq balandlik|balandlik]]da joylashgan. Shahar yonidan Polvonyop (qad. Xeykaniq) [[kanal (suv yoʻli)|kanal]]i oʻtgan. Yaqin [[temir yoʻl stansiyasi|t.y. stansiyasi]] — [[Urganch]] (30 km). [[Maydon]]i 0,08 ming km². [[Aholi]]si 51,2 ming kishi (2004).
 
== Tarixi ==
X. — Oʻzbekistonning qad. shaharlaridan biri. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, shahar [[mil. av. V asr|mil. av. 5-a.]]da barpo etilgan. Uning [[nom]]i shaharning qad. qismida joylashgan Xivaq (Xeyvaq) qudugi bilan bogʻliq. Baʼzi tadqiqotchilar shahar nomini [[xorazmiy tili]]ga yaqin boʻlgan qad. [[osetin tili]]dagi "Xiauv" — [[qalʼa]] soʻzidan, boshqalari bu atamani [[antik davr]]dan X. hududidan okib oʻtgan Xeykaniq (hozirgi Polvonyop) kanalining oʻzgartirilgan (Xeykaniq—Xeyvaniq—Xeyvaq—Xeva— Xiva) nomidan kelib chiqqan deydilar. [[Xorazm]]lik tarixchisolnomachi Xudoyberdi Qoʻshmuhammad oʻzining 1831 yilda yozgan "Dili Gʻaroyib" asarida Xorazmning qad. shaharlarini nommanom sanar ekan, "Bu mamlakatning yana bir qalʼasi — Qalʼai Ramldir. Bu qalʼaga Som ibn Nuh asos solgan boʻlib, u hozirgi Xivaq nomi ila mashhurdir" deydi.