Millatchilik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Bek98 (munozara | hissa)
k →‎Tarixi: Havolalar qo'shdim.
Bek98 (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 29:
 
Kon G. Natsionalizm: ego smisl i istoriya. Daydjest knigi.
</ref>, umumiy siyosiy qadriyatlarga va fuqaroviy madaniyatga talpinish birlashtiradi<ref name=":3">Smit E. D. Natsionalizm i modernizm: Kriticheskiy obzor sovremennix teoriy natsiy i natsionalizma. — M.: Praksis, 2004. — 464 s. — <nowiki>ISBN 5-901574-39-7</nowiki>.</ref>. Millat bir biri bilan bitta hududda yashshni istaydiganlardan tashkil topishi muhim sanaladi.<ref>"Biz Italiyani yaratdik, endi italianlarni yaratish qoldi." (Massimo de Adzelio)</ref>
 
Fuqaroviy millatchilikning quyidagi turlarini ajratishadi:
Qator 73:
 
== Tarixi ==
Millatchilik [[Yangi tarix|yangi]] tarix mahsuli sanaladi<ref name=":4">[http://search.eb.com/eb/article-9117287 Nationalism] // <nowiki/>[[Британская энциклопедия]] / Ed. Kohn H. — Chicago: Encyclopædia Britannica, 2007. Sm. takje ''Pathak B.'', ''Singh S. P.'' ''[http://books.google.com/books?id=MPMkaHfHLRgC&pg=PA81 Glimpses of Europe, Ch. 3. The origin and growth of nation-states in Europe]'' v <nowiki/>[[Google Книги|Google Knigax]]</ref>. Tarix davomida odamlar ona yeriga bogʻliqlikni his etishgan va mahalliy hokimiyatni qoʻllab-quvatlagan. Lekin siyosiy va madaniy hodisalarning koʻpchiligi yangi tarixdan oldin milliy emas, balki universal tusga ega edi.
 
Millatchilikning eng birinchi oʻzini namoyon qilishi [[Angliya|Angliyadagi]] [[Shonli inqilob|Shonli]] inqilob boʻldi. Millatchilikning qaʼd rostlashi [[Liberalizm|liberalizmning]] paydo boʻlishiga toʻgʻri keldi, va uzoq vaqt ikkala gʻoya bir biri bilan bogʻliqlikda rivojlandi. Millatchilikning yorqin namunasi [[Yangi dunyo|Yangi]] Dunyo elitalarining ispan kolonializmiga qarshi kurashi boʻldi<ref>''[[Андерсон, Бенедикт|Anderson B.]]'' <nowiki/>[[Воображаемые сообщества. Размышления об истоках и распространении национализма]]. — M.: Kanon-Press-Ts, 2001. — 320 s. — <nowiki/>[[Служебная:Источники книг/5933540173|ISBN 5-93354-017-3]].</ref>. Lekin eng kuchli tebranishlarga Amerika va Fransiyadagi [[Buyuk fransuz inqilobi|inqiloblar]] aylandi. 1815-y. kelib millatchilik dunyodagi yetakchi gʻoyalardan biri edi. U [[Kapitalizm|kapitalistik]] iqtisodga oʻtish davrida jamiyatning safarbarligini taʼminlay oldi, bu esa milliy davlatlarning samaraliligiga va ularning iqtisodiy qudratiga olib keldi<ref name=":2" />.
 
Agar XVIII asr oxiri Fransiya va AQSHda millatchilik asosan fuqaroviy boʻlgan boʻlsa, markaziy va sharqiy Ovruponing koʻpchilik mamlakatlarida u fransuz okkupatsiyasiga javob sifatida yuzaga keldi va boshida etnik tusga ega edi. Masalan, [[Germaniya|Germaniyaning]] birlashuvi va [[Elzange|Elzas]]-Lotaringiyaning anneksiyasi [[pangermanchilik]] asnosida amalga oshirildi. XIX asrning 2-yarmida millatchilik [[Avstro-Vengriya]], [[Rossiya Imperiyasi|Rossiya]] va [[Usmonlilar imperiyasi|Usmonli]] imperiyalarining yaxlitligini yemira boshladi va ular [[Birinchi jahon urushi|Birinchi jahon urushidan]] keyin qulashdi. XX asr boshida u Afrika va Osiyada gulladi, bu esa fransuz va britan imperiyachiligi bilan kurashni shiddatlashtirdi va natijada kolonial tizimning qulashiga olib keldi.
 
[[Birinchi jahon urushi|Birinchi jahon urushidan]] keyingi kelishuvlarning asosiy elementi [[Vilson Tomas Vudro|Vilsonning]] Ovruponi monoetnik davlatlarga boʻlish rejasi edi, va uni amalga oshirish uchun [[Millatlar ligasi]] tashkil etilgandi. Lekin shu bilan birga, urush [[liberalizm]] poydevori boʻlgan [[Gumanizm|gumanizmga]] ishonchni soʻndirdi, bu esa boshqa omillar bilan birga fashizm va natsizmning paydo boʻlishiga olib keldi. Olmoniyaning Ikkinchi jahon urushidagi magʻlubiyatidan keyin keskin millatchilikning barcha shakllari va u bilan bogʻliq taʼlimotlarning diskreditatsiyasi boshlandi.
 
Urushdan keyingi Gʻarbiy Ovrupoda Ovrupo hamjamiyatiga qoʻshilish jarayonlari sababli millatchilikning faolligi pasaygan. Koʻplab davlatlarda [[Diskriminatsiya|diskriminatsiyalovchi]] [[Irq|irqiy]] va etnik cheklovlar bekor qilindi.
 
Zamonaviy dunyoda millatchilik xalqaro maydonda faol rol oʻynashni davom etmoqda va koʻplab koʻrinishlarga ega. Keskin millatchilik rasmiy tarzda qoralanadi va qonuniy taqiqlarga duch keladi. Shu bilan birga, milliy davlat haqidagi tasavvurlar [[Liberal-demokratiya|liberal-demokratik]] mamlakatlardagi odamlar [[Mentalitet|mentalitetining]] poydevoriy tashkiliy qismi boʻlib qoldi<ref name=":3" /><ref name=":4" />.
 
== Manbalar ==