Millatchilik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Bek98 (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Bek98 (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 59:
'''Milliy''' '''davlat''' — bu ijtimoiy tashkilotchilik, siyosiy bosharuv va madaniy oʻzlik bir-biriga bogʻliq boʻlgan hududiy tashkilot. Ushbu taʼrifga toʻlaligicha mos keladigan davlatlar soni 10 foizdan kamroq, ammo zamonaviy davlatlarning koʻpchiligi uning koʻpkina jihatlarini oʻzida mujassam etadi.<ref name=":1">''McCrone D., Kiely R.'' [http://homepage.univie.ac.at/herbert.preiss/files/McCrone_Kiely_Nationalism_and_citizenship.pdf Nationalism and citizenship] // Sociology. 2000. Vol. 34, No. 1. P. 19.[[Идентификатор цифрового объекта|DOI]]:[[doi:10.1177/S0038038500000031|10.1177/S0038038500000031]] (angl.)</ref>
 
Zamonaviy davlatlar markazlashtirilgan, yoyilgan va muxtor tuzilmalar orqali koʻplab shaharlarni va bir biriga tutash mintaqalarni boshqarishadi. Ular hamma uchun shart boʻlgan qoidalarni ishlab chiqish<ref>Veber M. Xozyaystvo i obщestvo / Per. pod red. L. G. Ionina. — M.: Izd-vo GU VShE, 2007. <nowiki/>[[Служебная:Источники книг/5759803336|ISBN 5-7598-0333-6]]</ref> va oʻz hududi doirasida kuch qoʻllash [[Monopoliya|monopoliyasiga]] egalar<ref>''Billig M.'' [http://www.ruthenia.ru/logos/number/49/03.pdf Natsii i yaziki] // Logos. — 2005. — Vip. 4 (49). —S. 60−86..</ref>. Shunday qilib, ular oʻz hokimiyatini butun aholiga yoyadilar va iqtisodiy rivoj hamda [[mudofaa]] uchun insonlar hayotini maʼlum bir tarzda tashkil etishga urinadilar. Bu bilan ular mintaqalarning [[Integratsiya|integratsiyasiga]] intilmaydigan shahar-davlatlardan va odamlarning kundalik ishlarini kuzatishga urinmaydigan [[Imperiya|imperiyalardan]] farq qiladi<ref name=":5">Calhoun C. Nationalism and ethnicity // Annu. Rev. Sociol. 1993. Vol. 19. P. 211. [http://www.columbia.edu/itc/sipa/U6800/readings-sm/calhoun.pdf <nowiki>[3]</nowiki>] </ref>. Bundan tashqari, milliy davlat xalqlarning ixtiyoriy integratsiyasiga intiladi va bu bilan yangi hududlarni egallab olish, ushlab turish va [[Kolonizatsiya|kolonizatsiyani]] maqsad qiladigan imperiyadan farq qiladi.<ref name=":0" />
 
Milliy davlat uning fuqarolari bilan bogʻlanadi, lekin ichki va xalqaro maydonda uni odatda bitta davlat yetakchisi namoyon etadi. Masalan, [[Sharl de Gol]] fransuz davlatining rahbari „[[Fransiya]] haqidagi alla-qanaqa gʻoyani“ namoyon etishi kerakligini taʼkidlagan.
Qator 84:
 
Zamonaviy dunyoda millatchilik xalqaro maydonda faol rol oʻynashni davom etmoqda va koʻplab koʻrinishlarga ega. Keskin millatchilik rasmiy tarzda qoralanadi va qonuniy taqiqlarga duch keladi. Shu bilan birga, milliy davlat haqidagi tasavvurlar [[Liberal-demokratiya|liberal-demokratik]] mamlakatlardagi odamlar [[Mentalitet|mentalitetining]] poydevoriy tashkiliy qismi boʻlib qoldi<ref name=":3" /><ref name=":4" />.
 
== Millatchlikni oʻrganishdagi yoʻnalishlar ==
Millatchilikni tadqiq etishda uchta maktab ajratiladi: primordializm, modernizm va etnosimvolizm.
 
'''Primordializm''' millatlarning [[Prototip|prototiplari]] va millatchilik insoniyat tarixining boshlanishidanoq mavjud boʻlganliklarini va bir [[Etnik guruh|etnik]] guruhga mansub odamlarga xulqini belgilaydigan madaniy xususiyatlar boshidanoq va toabad xos boʻlishini taʼkidlaydi<ref>Tishkov V. A. Ocherki teorii i politiki etnichnosti v Rossii. M.: Russkiy mir, 1997.</ref>. Primordializmning maqsadi allla-qanday „haqiqiy“ etnik poydevorni topishdir. Bugungi kunda millatchilik tadqiqodchilari orasida primordializm tarafdorlari deyarli qolmagan. Izlanishlar koʻrsatmoqdaki, haqiqatdan ham qadimiy anʼanalar mavjud emas va madaniy meʼyorlar hamda qadriyatlarning kuchliligi ularni shakllantiradigan [[Ijtimoiy institutlar|ijtimoiy institutlarning]] qanchalik uzoq saqlanishi bilan bogʻliq<ref name=":5" />.
 
'''Modernizm''' nuqtai nazaridan millatlar va millatchilik — [[Sanoat toʻntarishi|sanoat erasining]] boshlanishida paydo boʻlgan va [[Davlat|davlatlarning]] kuchayishi hamda [[Kapitalizm|kapitalizmning]] rivojlanishi bilan bogʻliq tarixiy hodisalar<ref>''[[Геллнер, Эрнест Андре|Gellner E.]]'' Natsii i natsionalizm. — M.: Progress, 1991.</ref>. Ushbu nazariyaga koʻra, davlatning aholini toʻgʻridan-toʻgʻri boshqarishi kuchayishi bilan madaniyat va turmush yanada koʻproq yashash mamlakatiga bogʻlib qoldi. Aloqa texnologiyalari va bozor rivoji bir biri bilan hech qachon bevosita muloqot qilmagan odamlar orasida ijtimoiy aloqalar paydo boʻlishiga xizmat qildi. Bu yoʻnalishning tarafdorlari etnik mansublik millatchilikning kelib chiqishida, madaniyat esa millat shakllanishining yakunlovchi bosqichida rol oʻynashini inkor etmaydilar, lekin umuman millatchilikning etnik mansublik bilan bogʻliqligini tasodif deb biladilar. Ular milliy mansublik aniq belgilangan hudud ostida nazoratini amalga oshiruvchi zamonaviy davlat bilan belgilanadi, mavjud etnik munosabatlar esa davlat chegaralariga toʻgʻri kelishi uchun yoki, aksincha, hokimiyat uchun kurashda yangi davlatlarning shakllanishiga xizmat qilishlari uchun qayta koʻrib chiqiladi.
 
'''Etnosimvolizm''' (perennializm) iqtisod bilan birga millatchilikning oʻzagi etnik mansublikdir ham, degan nuqtai nazarni eʼtirof etadi. Etnosimvolistlar millatni tabiiy tuzilma deb hisoblamasa-da, ular uning asosida nisbatan qadimiy tarix va milliy oʻzlikni anglash yotadi, deb hisoblaydilar<ref name=":3" />. Ushbu nazariyaga koʻra, hali sanoat davridan oldin madaniyatning umumiy elementlari, tarixiy xotiralar, ajdodlar haqidagi [[Mif|miflar]] bilan va maʼlum bir darajada birdamlikka ega koʻplab etnik hamjamiyatlar vujudga kelgan.
 
== Manbalar ==