Xusrav Dehlaviy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: vakt → vaqt, y.lar → yillar, va b. → va boshqa using AWB
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Xusrav dehlaviy''' (taxallusi; toʻla nomi Yaminiddin Abdulhasan) (1253, Patyoli — 1325.27.9 Dexdi) — forsO'zbek shoiri, adabiyotshunos, bastakor. X.D.ning otasi Sayfuddin Maxmud kesh (shahrisabz)lik boʻlib, moʻgʻullar istilosi vaqtida turkiy sulolalar hukmronlik qilayotgan Hindistonga koʻchgan. Dehli sultoni Shamsuddin Eltutmish (1211—36) unga amirlik unvonini bergan. Sayfuddin Maxmud moʻgʻullarga qarshi jangda halok boʻlgach (1261), yosh X.D.ni bobosi Imodulmulk oʻz tarbiyasiga olgan. Uning shaxs va shoir sifatida shakllanishida onasi Davlatnozbegimning ham xizmati katta. Xushxat boʻlgani uchun xattot qilish maqsadida otasi uni dastlab Qozi Saʼduddin Muhammad ixtiyoriga bergan. Lekin bolaning sheʼr yozishga mayli kuchli ekanini koʻrgan ustozi va bobosi uni shoir Hoja Aziziddin tarbiyasiga topshirganlar. Yoshligidan alohida qobiliyati bilan ajralib turgan X.D. oʻsha zamonning asosiy fanlari boʻyicha keng va chuqur bilim olib, turk, fors, arab va hind tillarini mukammal oʻzlashtirgan. Shoir, olim, bastakor sifatida tanilgan X.D. saroy xizmatiga jalb qilingan. Uch sulolaga mansub 7 sulton saroyida xizmatda boʻlgan X.D. oʻsha davr anʼanalariga koʻra, oʻz asarlarini ana shu sultonlarga bagʻishlagan. X.D. umrining oxirida saroy xizmatini tark etib, chishtiya tariqatining mashhur shayxi Nizomiddin Avliyoga murid tushgan, tariqat bosqichlarini bosib oʻtib, valiulloh maqomiga erishgan. Shohona Xusrav ismidan voz kechib, faqirona Muhammad Kosales nomini olgan. Navoiy "Nasoyim ulmuhabbat" tazkirasida uni avliyolar qatorida zikr etgan. X.D. Dehlida Nizomiddin Avliyoning oyoq tomoniga dafn etilgan.
 
Ilk asarlarini "Sultoniy" taxallusida yozgan. Dexlida yashagani uchun keyin Dehlaviy taxallusini olgan. U Sharq adabiyotining deyarli barcha janrlarida ijod qilib, forsiy sheʼriyatni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqqan. U nafaqat sheʼriy, balki nasriy asarlar ham yozgan. Oʻzining aytishicha, merosi 500 ming baytga yaqin boʻlgan. Jomiy uning 99 ta kitob yozganini aytadi, baʼzi tazkiranavislar shoirni 199 kitob muallifi deb yozadilar. Badiuzzamon Xurosoniyning yozishicha, "Shoirlardan hech biri oʻzidan keyin Amir Xusravchalik koʻp sheʼr qoldirmagan. U forsiydan tashqari, urdu, hind va arab tillarida ham asarlar yozgan".