Fayzulla Xoʻjayev: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 53:
 
== Hayot yoʻli ==
[[File:Fayzulla Xojayev haykali Buxoro.jpg|thumb|Buxorodagi Fayzulla Xo‘jayev haykali.]]
Fayzulla Xoʻjayev [[1896-yil]]i [[Buxoro Amirligi]]ning yirik savdogar oilasida tugʻilgan. U yoshligida eski maktabni bitirib, Buxoro madrasasida oʻqigan. 1907—1912-yillarda F.Xoʻjayev [[Moskva]]da shaxsiy oʻqituvchilardan taʼlim olgan. [[1913-yil]]dan [[jadidlar]] safida faoliyat koʻrsatgan va xalq orasida [[maʼrifat]] tarqatish bilan shugʻullangan. [[1917-yil]]dan u „Yosh buxoroliklar“ partiyasi tashkilotchilaridan biri. Buxoro jadidlari soʻl qanotining inqilobiy ruhdagi aʼzolaridan boʻlib, [[1920-yil]]da Buxoro amiri [[Said Alim|Said Olimxon]]ni taxtdan agʻdarishga harakat qiladi.
 
1920-yilda [[Turkiston]]da [[muhojir]]likda boʻlib, „Yosh„[[Yosh buxoroliklar“buxoroliklar]]“ partiyasining [[Turkiston byurosi]]ni byurosini tashkil qilgan. Fayzulla Xoʻjayev tomonidan tuzilgan partiyaning dasturi [[shariat]] asosida boʻlib, xalqning milliy anʼanalari va oʻziga xos xususiyatlarini eʼtiborga olgan holda Buxoroda xalq demokratik respublikasini tashkil etishni maqsad qilib qoʻygan edi.
 
Buxoro amiri taxtdan agʻdarilgach va hokimiyat Yosh buxoroliklar qoʻliga oʻtgandan soʻng, Fayzulla Xoʻjayev hukumat rahbari etib saylanadi. Bu lavozimda u mustaqil siyosat olib borishga, [[Rossiya]] va xorijiy mamlakatlar bilan teng muloqot qilishga intilgan. [[1922-yil]]da u [[Germaniya]]ga chet el savdo kompaniyalari va yirik savdogarlar bilan shartnoma tuzishga borgan.