Sahroi Kabir: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 113:
 
==== Shimoliy qism ====
[[Tasvir:Tadrart01.JPG|thumb|[[Tardrart-Akakus]] togʻlari uzra oʻzgacha bulutlar]]
Sahro shimolidagi quruq subtropik iqlimni [[Shimoliy tropik]] uzra esuvchi kuchli bosim ostidagi Xardli yacheykasi bilan izohlash mumkin. Sutkadagi oʻrtacha haroratning yillik farqi taxminan 20 °C. Qish shimolda nisbatan sovuq, markaziy hududlarda biroz salqin. Shimoliy hududlarda qish faslining oʻrtacha harorati +13 °C,<ref name="britannica"/> iyul oyining oʻrtacha harorati +37,2 °C ([[Adrar (viloyat)|Adrar]]), sutkaning oʻrtacha harorati esa, +40 °C dan ham oshishi mumkin. Yoz va qishda sutkalik harorat sezilarli darajada oʻzgarishi mumkin. Qish tunlarida tuproq muzlaydi, markaziy hududlarda esa, tunhi harorat −18 °C gacha yetishi mumkin. Yoz issiq, kuzatilgan maksimal harorat +57,8 °C ([[Al-Aziziya (Liviya)|Al-Aziziya]]). Yer yuzasining qizishi +70…+80 °C gacha yetadi.<ref name="bse"/>
Yogʻingarchilik miqdori turli xilda boʻlib, oʻrtacha yillik yogʻingarchilik 76 mm. Yomgʻirlar asosan dekabrdan to martgacha kuzatiladi, maydan iyuncha yogʻingarchilik miqdori kamayadi. Yomgʻirlar mavsumining ikkinchi qismi avgust oyiga toʻgʻri keladi, [[momaqaldiroq]] kuzatiladi. Bu vaqtda kuchli ammo qisqa toshqinlar yuzaga kelishi mumkin.<ref name="britannica"/> Ichki hududlarda bir necha yillab yogʻingarchilik kuzatilmasligi mumkin, [[Axaggar]] va [[Tibesti]]ning shimoliy hududlarida esa deyarli har kuni qisqa muddatli qor yogʻadi. Sahroning katta qismida tong paytlarida shudring tushishi kuzatiladi.<ref name="bse"/>