Sahroi Kabir: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 52:
Tepaliklar zonasidan shimolda va janubda Shimoliy Sahroi kabir va Janubiy Sahroi kabir pastliklari joylashgan boʻlib, u yerdagi platforma bukiklari [[fanerozoy]] choʻkindi togʻ jinslari bilan qoplangan. Bu zonalarda [[boʻr davri]] oʻrtalariga qadar qitʼaviy qatlamlar toʻplangan, keyinchalik ular boʻr davri oxirlari va [[paleogen]] davri boshlarida dengiz choʻkindilari bilan yopilgan (pastliklarning janubiy qismida dengiz choʻkindilari qalinligi pasayib boradi). [[Olitsogen]] davridan boshlab dengiz chekingan va qadimgi massivlar (ayniqsa Axaggar va Tibetsi) kuchli koʻtarilishlarga uchraganlar. Janubiy Sahroi kabir pastliklar zonasida tekis [[Taodenni]] [[sinekliza]]si, [[Gao (graben)|Gao]] grabeni, [[Mali-Niger sineklizasi]] va [[Chad (sinekliza)|Chad]] sineklizalari mavjud.<ref name="bse"/>
Platformaning turgʻunligi sabab, [[paleozoy]] erasining formalari gorizontallikni saqlab qolgan va kam oʻzgargan. Sahroning shimoliy qismida (gʻarbiy Misr, Jazoir) bu jinslar choʻkiklar va havzalar bilan bogʻlanib ketgan. Sahroning janubiy qismidagi platforma bukilishlari [[kaynozoy]] koʻllari ([[Chad (koʻl)|Chad koʻli, va Unianga koʻllar guruhi]] shular jumlasidandir) bilan egallangan ulkan havzalarni vujudga keltirgan.<ref name="britannica"/>
Sahro hududida boy [[neft]] va [[gaz]] resurslariga ega [[Sahroi kabir neft-gaz havzasi]] boʻlib, unda [[Xassi-Mesaud (neft koni)|Xassi-Mesaud]], [[temir rudasi]], [[Kediyet Ijil]], [[mis rudasi]] konlari mavjud. [[Oltin]], [[volfram]], [[uran (element)|uran]] va noyob metallar konlari quyi kembriy poydevori bilan bogʻliq.<ref name="geo">{{ССГН|}}</ref><ref name="bse"/>
 
=== Relyefi ===