Umarxon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
{{Qo`qon hukmdorlari}}
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Qo`qon hukmdorlari}}'''Umarxon''', Amir Umarxon, Amiriy (1787— Qoʻqon — 1822) — Qoʻqon xoni (1810—1822), zullisonayn shoir. Norboʻtabiynint oʻgʻli. Oʻzbeklarning ming urugʻidan. Boshlangʻich savodini oilada chikarib, keyin madrasada tahsil olgan. Yoshligidan saroy xizmatiga jalb qilingan: akasi — Qoʻqon xoni OlimxonnnngOlimxonning davlatni boshqarish ishlarida faol ishtirok etgan. [[Olimxon]] 1807—08 yillarda unga [[Fargʻona vodiysi|Fargʻona]] hokimligini topshirgan. Shu yillarda u Andijon hokimi Rahmonqulibiyning qizi Mohlaroyim ([[Nodira]])ga uylangan. Umarxon vafotidan s'ong taxtga u'gli [[Muhammad Ali-xon]] chiqdi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
==Ijodi==
«[[Devon]]»ida Navoiy anʼanalarini davom ettirgan, sheʼriyatning 12 janrida qalam tebratgan. Gʻazallarida dunyoviy ishq tavsifi bilan bir qatorda soʻfiyona talqindagi gʻoyalar ham mavjud. «[[Devon]]»ning qoʻlyozma va bosma nashrlari [[OʻR FA ShI]]da 3642, 4419, 90, 9993, 5065, 7489 II, 9917, 6745 I, 6672, 1880, 177, 98 III, 9765, 44, 4727 va Adabiyot muzeyida 99, 153 raqamlari ostida saqlanadi.
 
Hokim tabaqalar Olimxonning Toshkentda koʻtarilgan gʻalayonni bostirish uchun qoʻshin tortganligidan foydalanib, fitna uyushtiradilar va 1810 y. U.ni xon qilib koʻtaradilar, Olimxon esa oʻldiriladi. U.Umarxon Qoʻqon xonligi hududini kengaytirish, hokimiyatni mustahkamlash siyosatini olib boradi. Buxoro amiriga karashli Turkiston sh.shahar (1815), Oʻratepani (1817) bosib olgan. Sirdaryo boʻyidagi yerlarda Yangiqoʻrgʻon, Julek, Qamishqoʻrgʻon, Oqmachit, Qoʻshqoʻrgʻon nomli harbiy istehkomlar qurdirgan. Ular Oʻrta Osiyoni Rossiya bilan bogʻlaydigan muhim savdo yoʻlida joylashgan edi. U Rossiya bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatishga harakat qilgan. U.Umarxon davrida [[Qoʻqon]], [[Toshkent]], [[Turkiston (shahar)|Turkiston]], [[Chimkent]], [[Sayrom|Sayram]], Avliyootada masjid va madrasalar qurilib, qabristonlar tartibga keltirilgan. Shahrixon shaharchasi barpo etilgan, yangi qishloqlar vujudga kelgan. Xon amaldorlarining talonchilik siyosatiga qarshi Chimkent va Sayramda koʻtarilgan qoʻzgʻolon bostirilgan. 19-a.ning 1yarmida Qoʻqonda oʻziga xos ilmiymadaniy muhit vujudga kelgan — uning boshida turgan maʼrifatparvar hukmdor U.Umarxon ilm, madaniyat, sanʼat, adabiyot, turli kasbhunarlarning rivojiga katta eʼtibor bergan, madrasalarda oʻqishoʻqitish ishlarini yaxshilagan, turli hunar maktablari ochilishini qoʻllabquvvatlagan. Oʻzi ham Amiriy taxallusi bilan sheʼrlar yozgan. Uning atrofida 70 dan ortiq shoir yigʻilgan. 1821 yilda Fazliy Namangoniy U.Umarxon amriga binoan, 63 shoirning sheʼrini oʻz ichiga olgan "Majmuai shoiron" toʻplamini tuzgan. Uni ulugʻlab qasidalar yozish, gʻazallariga tatabbuʼlar bogʻlash bu shoirlar ijodida yetakchi oʻrin tutgan.
 
U. Lutfiy, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy, Bedilni oʻziga ustoz sanab, ulardan ijod sirlarini oʻrgangan, ularga ergashib ijod qilgan, gʻazallariga muxammaslar bogʻlagan. Aruzning turkiy adabiyotda mashhur, xalq ijodida ham keng tarqalgan yengil va oʻynoqi vaznlaridagina yozilgan bu sheʼrlarning barchasi ishqu muhabbat mavzuida. Ularda anʼanaviy motivlar va tasavvufiy ruh ustun. [[Oʻzbek tili|Oʻzbek]] va [[Fors tili|forstojik]] tilidagi sheʼrlarini toʻplab, devon tartib bergan. Devon gʻazal, muxammas, musaddas, tuyuq janrlaridagi 10 ming misradan ortiq sheʼrni oʻz ichiga olgan.
 
Oʻzbekiston FA Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyining matnshunoslik va yozma yodgorliklarni nashr etish boʻlimining ilmiy xodimlari tomonidan U.ningUmarxonning turli davrlarda koʻchirilgan 26 ta qoʻlyozma devoni hisobga olinib, ularning ilmiy tavsifi berilgan. Bu qoʻlyozmalar Sankt-Peterburg, [[Toshkent]], [[Samarqand]] va [[Buxoro]] kutubxonalarida saklanadi. Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida U.ning 17 ta qoʻlyozma devoni mavjud. Bundan tashqari, litografik usudda chop etilgan devonlari va shoir sheʼrlaridan namunalar berilgan bayozlar bor.
 
Oʻzbek adabiyotshunosligida Amir Umarxon ijodi Fitrat, Vadud Mahmud, P. Qayyumiy, A. Qayumov, M. Qodirova, A. Madaminov, H. Boltaboev tomonidan oʻrganilgan, asarlari eʼlon etilgan. [[OʻzMUOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi|OʻzME]] da tadqiqotchilar Z.Qobilova, M.Yuldasheva shoir hayoti va ijodi yuzasidan ilmiy tadqiqot olib bormoqda.
 
== Adabiyot ==