Carlo Gozzi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
"Turandot3.jpg" yoʻqotildi, uni VikiOmbordan Guanaco Copyright violation: Screenshots of non-free content, clearly above the c:Commons:threshold of originality - tufayli oʻchirgan edi.
"Turandot2.jpg" yoʻqotildi, uni VikiOmbordan Guanaco Copyright violation: Screenshots of non-free content, clearly above the c:Commons:threshold of originality - tufayli oʻchirgan edi.
Qator 17:
“Millatni yaratish uchun, avvalo teatrni yaratish kerak”,― degan edi Gyote. Bu XVIII asr uchun xarakterli mulohaza edi. Italiyada italyan san’atining hech bir yo’nalishi teatrchalik mashxur emas edi. Karlo Gotsi, Karlo Goldoni, Vittorio Alferi ― uning cho’qqisi edi. Biroq hali ham “italyan millati” yo’q edi, faqatgina Avstriya kansleri Metternix ta’biri bilan aytganda “geografik tushuncha” bor edi. O’sha davr Italyan davlatchalariga xos xususiyat bu ularning o’zaro emas, balki boshqa davlatlar bilan ko’proq savdo-iqtisodiy, madaniy aloqa qilayotgani edi. Fransuz ma’rifatparvarlari ishlaridagi eski tuzumning keskin tanqid qilinishi italyan oldi ziyolilari tomonidan yaxshi kutib olindi. Volter Russo, Didro, Monteske Italiyada Fransiyadagiga qaraganda ko’proq mashxur bo’lishadi. “Il Caffe”, “Frusta lotteraria”, “L’Osservatore” kabi qator yangi jurnallar chop etiladi. Tanqidiy ocherklar paydo bo’ldi, hattoki, kimsan Danteni badiiy didsizlikda ayblashdi. Keyinchalik ko’plab italiyalik dramaturglarning ijod mahsullari bu fikrlarning chippakka chiqarishda o’ziga xos qurol edi. Mersyening dramalari italyan sahnalarida g’olibona harakat qildi. Keyichalik venetsiyalik Pyetro Kyari ham o’z asarlari bilan teatr mavqesini yanada yuksaltirdi. Karlo Gotsi davri esa uning Goldoni, Kyari bilan o’zaro raqobati bilan e’tiborlidir. Karlo Gotsi ularni didsizlikda, yolg’on pafos va balandparvozlikda, vulgar naturalizmda, milliy qadriyatlarni va an’analarni inkor qilganlikda hamda xorijiy mashxur yangiliklarni o’ylamasdan ko’chirishda ayblagan. Hozirda bu ikki ijodkorning asarlari italyan dramaturgiyasining saylanma to’plamlarida tinchgina murosa qilishayotgan bir paytda bu holat birmuncha g’alati ko’rinadi, biroq bir narsani yoddan chiqarmaslik darkorki, Goldoni hamkasbidan farqli ravishda asarlari bilan kun kechirgan va uzluksiz mehnat qilgan. Chunonchi, 1750-yilning o’zidayoq u ommaga 16 ta komediyani namoyish qilgan. U yana ko’plab ta’sirli tragediyalar ham yaratib turgan.<br>
 
 
[[Fayl:Turandot2.jpg|300px|frameless|right]]
 
Adabiy baxs ular o’rtasida bir necha yil davom etadi (1756-1761) va bu Karlo Gotsini ular bilan ularning maydonida jang qilishga majbur qildi. Buning qanday sodir bo’lgani haqida Pavel Muratov “Italiya obrazlari” kitobida shunday deydi: '''«Bir kuni Torre del Orolodjio ortidagi qorong’u kunjakda joylashgan Bettinelli kitob do’konida bir nechta yozuvchilar uchrashib qolishdi. Ularning safida Goldonining o’zi ham bor edi. O’zining muvaffaqiyatidan mast bo’lganidan u uzoq vaqt italyan teatrida u tomondan amalga oshirilgan to’ntarishning ahamiyati haqida hikoya qilardi, eski niqoblar komediyasini kulgu va haqoratli so’zlar bilan ko’mib tashladi. O’shanda u yerdagilardan biri ― uzun va ozg’in kishi ― turdi va xitob qildi: “Ont ichaman, eski komediyamizning niqoblari yordamida men “Uch apelsin ishqida”ga sizning har xil “Pamela” va “Irkani”ngizga qaraganda ko’proq tomoshabin yig’aman. Shunda hamma graf Gotsining bu haziliga handon otib kulishdi: “Uch apelsin ishqida” o’shanda enagalar kichkina bolalarga aytib berishadigan xalq ertagi edi. Ammo Karlo Gotsi hazillashmagan edi va bunga Venetsiya tez orada amin bo’ldi.»'''<br>