Shvetsiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: q.x. → qishloq xoʻjaligi, t-ra → temperatura, Sh.da → shahrida (16), inti → instituti (2), Mayd. → Maydoni, y.lar → yillar (13) using AWB
Qator 48:
1897 yilda shved N.Paterson bir necha hujjatli va badiiy filmni suratga oldi. shahrida muntazam ravishda kino ishlab chiqarish 1907 yildan boshlandi. 1910—20-yillarda bir qancha filmlar yaratildi ("Tirye Vigen", 1916; "Togʻlik Eyven va uning rafiqasi", 1917; "Ingmar oʻgʻillari", 1918; hammasining rej. V.Shyostrem). 20—30y.larda kinoning badiiy va gʻoyaviy saviyasi pasaydi, ekranlarga oʻrtamiyona komediya va melodramalar chiqarildi. 40-yillarda fashizmni qoralovchi filmlar qoʻyildi ("Oʻt alanga oladi", 1943, rej. G.Mulander; "Janobi oliylari", 1944, rej. X.Ekman). 2-jahon urushidan keyingi yillarda rej.lar ijodida yolgʻizlik, maʼnaviy tushqunlik yetakchi mavzuga aylandi. Bu I.Bergman ijodida oʻz ifodasini topdi ("Masxarabozlar oqshomi", 1953; "Koʻzgudagidek", "Daxldor" va "Sukut" trilogiyasi, 1961—63; "Kuzgi sonata", 1980; "Fanni va Aleksandr", 1982). A.Shyobergning filmlari esa inson ichki dunyosi taxliliga bagʻishlangan ("Oddiygina ona", 1949; "Fryoken Yuliya", 1951; "Soʻnggisi oʻyindan chiqadi", 1956). 60—70-yillarda rej.lar ijtimoiysiyosiy muammolar koʻtarilgan filmlarni yaratdilar ("Odalen31", 1969; "Jo Xill", 1971; ikkalasining rej. B.Viderberg; "Mana sening hayoting", 1967; "Muhojirlar", 1970; "Yangi yer", 1972; hammasining rej. Ya.Troell). Shu bilan birga 60—80-yillarda ayrim rej.lar oʻz ijodlarida ochiq naturalizm, qoʻpol erotikadan ham foydalandilar (V. Shyoman, T.Vikman, B.Torn). Sh. kinosida hujjatli filmlar ishlab chiqarish alohida oʻrin tutadi (E.Leyslerning "Qonli davr" filmi, 1960; 70-yillarning boshlaridagi ish tashlashlar toʻgʻrisida kinoreportajlar turkumi). Sh. kinosining yetakchi aktyorlari: B.Anderson, X.Anderson, I.Tulin, L. Ulman, G.Byornstrand, M.Syudov va boshqalar 1963 yildan Stokgolmda Shved kino instituti, 1965 yildan uning huzurida kino maktabi ishlaydi.
 
{{ping|}}==Oʻzbekiston — Shvetsiya munosabatlari==
{{main|Oʻzbekiston — Shvetsiya munosabatlari}}