Anvar Posho: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 79:
1921-yil sho‘ro hukumati Anvar poshoni Buxoroga yuborishidan maqsadi — Anvar posho Buxoro tuprog‘ida Sho‘ro Rossiyasi manfaatlarini himoya qilishi, istiqlolchilar harakatidan amirga qarshi kurashda foydalanish edi.
BXSR hukumati bilan so‘zlashuvlar va kelishuvga binoan Anvar posho BXSRning mustaqilligini tan olish va Qizil armiya qo‘shinlarini Buxoro hududlaridan olib chiqish to‘g‘risiga Moskvaga xat yozadi. Bu vaqtga kelib, Anvar posho istiqlolchilar tarafiga o‘tish haqida rejalar tuza boshlaydi va Turkiston Milliy kengashi raisi Ahmad Zakiy Validiy bilan maxfiy uchrashuvlar o‘tkaza boshlaydi. Validiy uni bolsheviklar bilan ochiq kelishmovchiliklarga bormaslik haqida ogohlantiradi.
O‘rta Osiyoga kelishining 23-kunida Anvar posho shahar tashqarisiga chiqadi va istiqlolchilarga taslim bo‘ladi. U yerdan Afg‘onistonga, sobiq amirga xat yo‘llab, uning tomonida jang qilmoqchiligini bildiradi. Bu bilan bir vaqtda amirning noibi, istiqlolchilar sardori Ibrohimbek bilan ham uchrashuv belgilaydi. Lekin istiqlolchilar Anvar poshoni hamkor sifatida kutib olishmaydi, uni va odamlarini qurolsizlantirib, uch oy davomida asirlikda saqlaydilar. Ibrohimbek sobiq amirdan sobiq turk sultonining kuyovini qo‘llab-quvvatlash haqidagi buyrug‘ini olgandan keyingina Anvar poshoni ozod qiladi<ref>[http://home.ku.edu.tr/~syilmaz/doc/08.pdf Turkiya 75 лет Турцииyoshda, стр. 56-bet]</ref>.
1921-yil oktyabr oxirlarida BXSR hududidagi Qizil armiya qo‘shinlarining soni joylashgan o‘rni haqida maʼlumotga ega bo‘lgan Anvar posho O‘rta Osiyoni bolsheviklardan ozod qilish rejalarini amalda boshlab yuboradi. Istiqlolchilar otryadlarini bolsheviklarga qarshi kurash uchun birlashtirish ishlariga kirishadi. Unga bu ishlarda Toshkent muftiysi Sadriddinxo‘ja Sharifxo‘jayev tomonidan tuzilgan maxfiy aksilsho‘ro Milliy birlik qo‘mitasi ham ko‘maklashadi. Anvar posho bir necha turk ofitserlari bilan sharqiy Buxoro bo‘ylab istiqlolchi guruhlarni bir qo‘shinga birlashtirishda davom etadi. Sobiq Buxoro amiri Sayyid Olimxon uni Buxoro, Xiva va Turkistonning bir qismidagi barcha istiqlolchilarning bosh qo‘mondoni sifatida tan oladi.
1922-yil yanvarida Anvar posho boshchiligidagi istiqlolchilar qo‘shini Dushanbeni qo‘lga kiritishdi, undan so‘ng Buxoro shahriga yurish amalga oshirildi. Qizqa davr ichida bu qo‘shin butun Sharqiy Buxoro hududlarini bolsheviklardan tozalaydi. Sho‘ro hukumati Anvar posho bilan sulh tuzishni va Sharqiy Buxoroda uning g‘alabasi tan olinishini taklif qilishadi lekin Anvar posho har qanday sulh tuzishdan bosh tortib, Qizil armiyaning butun Turkiston hududlaridan chiqib ketishini talab qiladi.