Razzoq Hamroyev: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.da → yilda (4), va b. → va boshqa using AWB |
kTahrir izohi yoʻq |
||
Qator 1:
'''
H. oʻzbek kinosida ham chuqur falsafiy, hajviy, mazmunli obrazlar yaratdi: Nozim ("Tohir va Zuhra"), Navoiy ("Alisher Navoiy"), Xoʻja Nasriddin ("Nasriddinning sargu-zashtlari"), Beruniy ("Abu Ali ibn Sino"), Muqimiy ("Furqat"), Mir-zakarim qutidor ("Oʻtgan kunlar"), Togʻa ("Yoryor"), Toshtemir dorboz ("Dorbozlar"), Ibn Iroq ("Abu Rayhon Beruniy"), Jaʼfarbek ("Jay-xun"), Rahimjon mirob ("Mirzachoʻl"), Usmonboy ("Xorazm afsonasi"), nomozov ("Komandirning qaytishi"), Gʻofir ("Seni kutamiz, yigit") va boshqa shular jumlasidan. Aktyor ekranda yaratgan Alisher Navoiy obrazi sanʼatkor ijodida alohida oʻrin tutadi. Navo-iyni mutaffakkir shoir, xalqparvar davlat arbobi, sodiq doʻst sifatida yorqin gavdalantirdi, uning ichki kechinmalarini tomoshabinga mohirona yetkazdi, davr qarama-qarshiliklarini ifodalashda katta isteʼdodini namoyish qildi. 1968 y. Muqimiy teatrida shoirning 525 yilligi munosabat bilan H. "Navoiy Astrobodda" (I.Maxsumov; Yu.Rajabiy, S.Jalil) musiqali dramasini sahnalashtirib, oʻzi bosh rolni ijro etdi. Navoiyning baytugʻazallarini ajoyib talaffuzda maʼnoli, jarangdor, yuksak mahorat bilan va taʼsirchan oʻqish bilan obrazning taʼsir kuchini yanada oshirdi.
Qator 5:
Uning rej. sifatida ayniqsa, musiqali drama janri taraqqiyotida xizmatlari alohida. "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun", "Oltin koʻl", "Nurxon", "Makr va muhabbat", "Mu-qimiy", "Guli siyoh", "Fargʻona tong otguncha", "Toshbolta oshiq" kabi H. rejissyorlik qilgan drama, kome-diya, musiqali drama kabi turli janrdagi spektakllar chuqur hayotiyligi, yuksak ijro saviyasi va teran gʻoyaviy mazmuni bilan ajralib turadi. U nafaqat Muqimiy teatrida balki respublikamizning viloyat teatrlarida ham koʻpgina spektakllar sahnalashtirgan.
Davlat mukofoti (1948), Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofotlari (1964, 1970) laureati. Vafotidan soʻng "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan (2003).<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
== Manbalar ==
{{manbalar}}
{{OʻzME}}
{{no iwiki}}
{{bio-stub}}▼
[[Turkum:Oʻzbekiston xalq artistlari]]
{{DEFAULTSORT:Hamroyev, Razzoq}}
▲{{stub}}
|