Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k y. ---> yil va (frameless)
Qator 3:
'''Isroil''', rasman '''Isroil Davlati''' ({{lang-he|יִשְׂרָאֵל}}, {{lang-ar|إسرائيل‎}}) — [[Yaqin Sharq]] oʻlkasida, [[Osiyo]]ning gʻarbiy qismida, [[Oʻrta dengiz]]ning janubisharqiy boʻyida joylashgan davlat. Asosiy va rasmiy maydoni 20 770 km{{sup|2}}<ref>[[BMT Bosh Assambleyasi]]ning [[1947-yil]] [[29-noyabr]] qarori bilan belgilangan hudud.</ref>. Aholisi soni [[2016-yil]]gi maʼlumotlarga koʻra 8 522 000 kishi. Poytaxti — Telaviv shahri. Asosiy iqtisodiy, siyosiy va madaniy markazi — [[Tel-Aviv]] shahri. Rasmiy tillari — [[ivrit]] va [[arabcha]]. BMTning [[1947-yil]]dagi qaroriga zid ravishda Isroil hukumati [[1950-yil]]da Quddus shahrining gʻarbiy qismini davlat poytaxti deb eʼlon qildi. [[1980-yil]]ning [[30-iyul]]ida Quddus Isroil Davlatining "abadiy va boʻlinmas" poytaxti deb eʼlon qilindi. Isoril maʼmuriy jihatdan 6 okrugga boʻlinadi.
 
[[File:MiddleEast.A2003031.0820.250m.jpg|thumbright|frameless]]
[[File:BritishMandatePalestine1920.png|thumbright|frameless]]
[[Fayl:Flag_of_Palestine_-_long_triangle.svg|right|frameless]]
[[File:Flag of Palestine - long triangle.svg|thumb]]
[[File:Jerusalem from mt olives.jpg|thumbright|Dome in Jerusalem The Capital City Of Palestineframeless]]
[[File:1 Palestine Pound 1939 Obverse.jpg|thumbright|frameless]]
[[File:عملة فلسطينية معدنية.jpg|thumbright|frameless]]
[[File:British Mandate Palestinian passport.jpg|thumbright|frameless]]
[[File:Palestine recognition only.svg|thumbright|frameless]]
[[File:1759 map Holy Land and 12 Tribes.jpg|thumb|PALESTINE 1759|right|frameless]]
[[File:Modern Palestine, Illustrated atlas, and modern history of the World, 1851.jpg|thumb|PALESTINE 1851|right|frameless]]
[[File:1864 Johnson Map of Israel, Palestine, or the Holy Land - Geographicus - Palestine-j-64.jpg|thumb|PALESTINE 1864|right|frameless]]
[[File:Map of Palestine in Russian, a. 1900.jpg|thumb|PALESTINE 1900|right|frameless]]
[[File:Palestine according to Eusbius and Jerome - Smith 1915.jpg|thumb|PALESTINE 1915|right|frameless]]
[[File:Palestine south 1924.jpg|thumb|PALESTINE 1924|right|frameless]]
[[File:Palestina 1946.jpg|thumb|PALESTINE 1946|right|frameless]]
[[File:UN Partition Plan Palestine.png|thumb|PALESTINE 1947|right|frameless]]
 
== Davlat tuzumi ==
I.Isroil — respublika. Mamlakatda yagona konstitutsiya yoʻq. Uning oʻrnini bosuvchi bir qancha qonunlar bor. Eng muhimlari: Qonun chiqaruvchi va ijrochi idoralarni tashkil etish toʻgʻrisida 1948 y.giyilgi Qonun va Maʼmuriy farmon, 1949 y.giyilgi Muvaqqat qonun, Qaytib kelish toʻgʻrisida 1950 y.giyilgi Qonun, Fuqarolik haqida 1952 y.giyilgi Qonun, Knesset toʻgʻrisida 1958 y. giyilgi Asosiy qonun va bboshqa.
 
Davlat boshligʻi — prezident (2000 y.danyildan Moshe Katsav), u knesset (bir palatali parlament) tomonidan 7 y.yil muddatga saylanadi, 2-muddatga qayta saylanish huquqiga ega emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — knesset, uning 120 deputati umumiy toʻgʻri yashirin ovoz berish yoʻli b-n 4 y.yil muddatga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni hukumat amalga oshiradi, hukumat knesset tomonidan tasdiqlanadi.
 
== Tabiati ==
I.ningIsroilning dengiz boʻyi qismi kambar pasttekislik, sharqiy qismi bal. 500–1000 m li plato boʻlib, uning sharqiy chekkasi tor, chuqur Hor boti-gʻiga tik tushgan. Xula va Tiveriad koʻllari, Ulik dengiz, jan.da Negev choʻli bor. Fosforit, toshtuz, marmar, mis, temir rudasi, neft, gaz konlari topilgan.
 
Iqlimi subtropik, jan.da va soyliklarda chala choʻl va choʻl iqlimi. Yozi issiq (24—36°), qishi iliq (6—18°). Yillik yogʻin 100–800&nbsp;mm. Shim.shar-qidan Iordan daryosining yuqori qismi oʻtadi. Daryo suvidan sugʻorishda foydalaniladi. Tuprogʻi qoʻngʻir, togʻ boʻz-qoʻngʻir, boʻz, jan.dagi choʻllarda boʻz-qoʻngʻir. Togʻlarda makvis, gariga, doim yashil eman, qaragʻay va b. usadi. Sirtlon, chiyaboʻri, daman, kemiruvchi va sudralib yuruvchilar koʻp. Qushlarning choʻl va dashtga xos turlari uchraydi.
Qator 33:
 
== Tarixi ==
I. davlati BMT Bosh Assam-bleyasining 1947 y.yil 29 noyabr qarori asosida tashkil topgan (1948 y.yil 14 may). Qarorga koʻra, Buyuk Britaniya mandatidagi Falastin mustaqil deb eʼlon qilindi; uning hududi arab va yahudiy mustaqil davlatlariga boʻlindi, har ikki davlat demokratik konstitutsiyaga ega boʻlishi lozim edi. Yahudiy davlatining hududi 14,1 ming km{{sup|2}}, aholisi 498 ming yahudiy va 497 ming arab (shundan 90 mingi badaviy) deb belgilandi. Quddus BMT boshqaruvidagi mustaqil maʼmuriy birlik deb ajratildi. Arab-Isroil urushi (1948—49) davrida I. Falastin arab davlati uchun1 Falastin qudu-di (Iordan daryo-sining Gʻarbiy so hili va Gʻazza ajratilgan hududning 4/5 qismini, Quddusning gʻarbiy qismini bosib oldi va Quddusni I. poytaxti deb eʼlon qildi. I. bosib olgan hududdan taxminan 1 mln. arab quvgʻin qilindi.
 
1956 y.yil I.Isroil, Buyuk Britaniya va Fransiyaning Misrga, 1958 y.yil AQSH b-n Buyuk Britaniyaning Livan va Iorda-niyaga qarshi agressiyalarida qatnashdi. I. Iordan daryosi suvining bir kismini oʻz tomoniga burib yubordi (1964 y.yil iyun). 1967 y.yil 2 iyunda tuzilgan hukumat "Buyuk I." davlatini barpo etish rejasini amalga oshirishga kirishdi. 1967 y.yil 5 iyunda I. arab davlatlariga qarshi yana agressiya boshladi. BMT Xav-fsizlik Kengashi oʻzining 1967 y.yil 5—9 iyundagi majlisida I.danIsroildan harbiy harakatlarni darhol toʻxtatishni talab qildi, ammo I. agressiyani davom ettira-verdi. Taraqqiyparvar kuchlarning ta-labi va Xavfsizlik Kengashining qaroriga muvofiq (1967 y.yil 10 iyulda) I. oʻq otishni toʻxtashishga majbur boʻldi, ammo bosib olgan arab xududlaridan oʻz armiyasini olib ketishdan bosh tortdi. 1967 y.yil 22 noyabrda Xavfsizlik Kengashi Yaqin Sharqdagi tan-glikni siyosiy yoʻl b-n bartaraf etish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Ammo I. bu qarorni mensimadi. Bosib olingan hududlarda harbiylashtirilgan yahudiy qishlokdari qurildi. 1973 y.yil kuzidagi arab-isroil urushida I. armiyasi va texnikasi katta talafot koʻrish evaziga koʻpgina yerlarni bosib oldi. 1974 va 1975 y.lardayillarda I. Misr b-n, 1974 y.dayilda Suriya b-n tuzgan bitimlarga binoan qoʻshinlar bir-biridan yiroqlashtirildi, ular oʻrtasida bufer mintaqa hosil qilindi, bu yerga BMT qoʻshinlari joylashtirildi. 1979 y.giyilgi I. -Misr sulh shartnomasiga muvofiq, I. oʻz qoʻshinlarini Sinay ya. o.dan olib ketdi va 1982 y.dayilda yarim orolni Misrga kaytarib berdi. 1993 y.dayilda I. b-n Falastin Ozodlik tashkiloti bir-birlarini tan olish hamda Gʻazza mintaqasi va Iyerixon sh. atrofida Muvaqqat Falastin muxtoriyati toʻgʻrisida bitim tuzdilar. 1998 y.yil oktyabrdagi I. — Falastin shartnomasida I. arablardan bosib olgan yerlarining bir qismini kaytarib berishi koʻzda tutilgan. Ammo I. - Falastin mojarosini bartaraf etish mushkul masalaligicha qolayotir.
 
I.Isroil — 1949 y.danyildan BMT aʼzosi. OʻzR su-verenitetini 1991 y.yil 25 dek.dadekabrda tan oldi va 1992 y.dayilda diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. Milliy bayrami — Mustaqillik kuni (1948) — Yahudiylar taqvimiga koʻra, bu bayram har yili har xil kunda kelishi mumkin (2001 y.dayilda 26 aprelga toʻgʻri keldi).
 
Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. "Avoda" ("Mehnat") sotsialistik partiyasi, 1968 y.dayilda tuzilgan; "Likud" ("Ittifoq") partiyasi, 1973 y.dayilda tashkil etilgan; SHAS diniy partiyasi, 1984 y.dayilda tuzilgan; "Mafdal" milliy-diniy partiyasi, 1956 y.dayilda tashkil etilgan; Arab demokratik partiyasi, 1988 y.dayilda tuzilgan; "Isra-el ba-Aliya" ("Isroil yuksalishda") partiyasi, 1996 y.dayilda asos solingan. I. umumiy mehnat federatsiyasi kasaba uyushmasi 1920 y.dayilda tashkil etilgan.
 
== Xoʻjaligi ==
I.Isroil — rivojlangan indust-rial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 21%, q. x. ulushi 3%ni tashkil etadi.
 
== Sanoati ==
I.IIsroil iqtisodiyotidaharbiy sanoat asosiy oʻrinni egallaydi, u tash-qi moliyaviy manbalarga, ayniqsa AQSH va Yevropa Ittifoqi yordamiga juda karam. I. sanoati ilmfan yutuqlariga asoslangan tarmoklar — tibbiy elektronika, aloqa vositalari, kompyuterlar i.ch.ga ixtisoslashgan. Metall ishlash, mashinasozlik (jumladan, samolyotsozlik, kemasozlik, ay-niqsa ularning harbiy turlari), elektrotexnika, elektronika, kimyo sanoati, olmosni qayta ishlash ham rivojlangan. Yengil sanoatning toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻnchilik kabi tarmoklari mavjud. Oziq-ovqat, yogʻochsozlik, ne-ftni qayta ishlash, binokorlik mate-riallari sanoati rivoj topgan. Bir oz miqdorda kaliy va toshtuz, mis va temir rudalar, neft qazib olinadi. Energetika, asosan, chetdan keltirilgan xom ashyo negiziga qurilgan. Asosiy sanoat markazlari — Tel-Aviv, Xayfo.
 
== Qishloq xoʻjaligi ==
Qator 51:
 
== Transporti ==
Asosan, avtomobil transporti rivojlangan, avtomobil yoʻllarining uz. — 13 mingkm. T. y.yil uzunligi — 890&nbsp;km. Dengiz savdo floti muhim oʻrin tutadi. Dengiz portlari: Xay-fo, Ashdod, Eylat. Tel-Aviv yaqinida xalqaro aeroport bor. Bir necha neft quvurlari boʻlib, ular orqali Qizil dengiz sohilidan Oʻrta dengiz portlariga neft oqiziladi.
 
I. chetga q. x. va mashinasozlik mahsulotlari, tarashlangan olmos, maʼdanli oʻgʻit, kimyoviy moddalar, qurolyarogʻ chiqaradi. Chetdan mashina va asbobus-kuna, tarashlanmagan olmos, neft, kimyoviy mahsulotlar, transport vositalari oladi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya. Pul birligi — shekel.
Qator 59:
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
I.daIsroilda yahudiylar va arablar uchun alohida-alohida maktablar bor. Davlat maktablaridan tashqari xususiy oʻquv yurtlari ham boʻlib, ularning bir qismi diniy tashkilotlar mablagʻi hisobiga ishlaydi. 1969 y.danyildan 5 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun 10 y.likyillik majburiy taʼlim joriy etilgan. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati — 6 y.yil Oʻrta maktab — 6 y.likyillik (3 y.likyillik quyi va 3 y.likyillik yuqori maktab). I.daIsroilda 5 universitet va 17 institut bor. Eng yiriklari: Quddusdagi yahudiy unti (1918), Tel-Aviv unti (1953), Xay-fodagi universitet va Texnologiya instituti ("Texnikoy", 1912). I. Tabiiy va ijtimoiy FA (1961) ishlaydi. Yirik kutubxonalari: Yahudiy milliy kutubxonasi, universitetlarning kutubxonalari. I. davlat arxivi bor. Muzeylari: I. milliy muzeyi (1965), Tiberiasdagi munitsipal osori atiqa muzeyi, Tel-Avivdagi Gaarets muzeyi, Xayfodagi zamonaviy sanʼat muzeyi va h.k.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. I.daIsroilda 400 dan ortiq gaz. va jur. nashr etiladi. Yiriklari: "Gaa-rets" ("Mamlakat", kundalik gaz., 1918 y.danyildan), "Gamodiya" ("Xabarchi", kundalik gaz., 1950 y.danyildan), "Gatsofe" ("Sharhchi", kundalik gaz., 1938 y.danyildan), "Yediot axronot" ("Soʻnggi yangiliklar", kundalik kechki gaz., 1939 y.danyildan), "Ma-ariv" ("Oqshom", kundalik kechki gaz., 1948 y.danyildan). Ivrit tilida chiqadigan yuqoridagi gaz.lardan tashqari ingliz tilida kundalik "Djeruzalem post" ("Quddus pochtasi", 1932 y.danyildan) va arab tilida "Al-Ittihod" ("Ittifoq", 1944 y.danyildan) gaz.lari nashr etiladi. Quddusda I. telegraf agentligi va Tel-Avivda I. axborot agentligi ishlaydi. I. radioeshittirish boshqarmasi hukumat xizmati boʻlib, radio va televideniyeni boshqaradi, 1948 y.dayilda tuzilgan.
 
Adabiyoti qad. Sharq adabiyotida qad. yahudiy adabiyoti alohida oʻrin tutadi. U butun Yevropa va Sharq madaniyati taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatgan. Qad. yaxudiy adabiyoti deganda, birinchi navbatda, Bibliya tushuniladi. Yahudiy adabiyoti keyingi asrlarda, asosan, ivrit tilida rivojlangan. Ayrim yozuvchilar (Y.yil Agnon, A. Shlyon-skiy, L. Goldberg , X. Byalik va b.) I. tashkil topishidan ancha avval Falas-tinga koʻchib kelgan va 1948 y.danyildan key-in ham ijodini davom ettirgan. Ay-niqsa, Nobel mukofoti laureati (1966) Yosef Agnon hikoyalari haqqoniyligi va chuqur psixologizmi b-n eʼtiborni tortadi. 50-y.lardayillarda Falastinda oʻsib voyaga yetgan adiblar guruhi — Ye. Map, Ye. Amixay, T. Rivner, S. Izhar va b. adabiyotga kirib keldi. Ular oʻz asarlarida ijtimoiy muam-molarni oʻrtaga qoʻydilar. 60-y.lardayillarda Gʻarbiy Yevropa modernizmi va ekzistensializm falsafasi taʼsiri kuchaydi. Ilgor yozuvchilardan M. Avi-Shaul, A. Pen, X. Kadmon, A. Kenan, D. Ben-Amots, E. BenEzer va b. yahudiy-arab munosabatlari muammolarini, rasmiy ekstremistik siyosatdan norozilik kayfiyatlarini aks ettirdilar. Ivrit tilida ijod qiluvchi koʻpgina yozuvchilar idish tilida ham asarlar yarata boshladi. I. Zrubavel, M. Man, I. Pa-pernikov, P. Binetskiy va b. idish tilidagi adabiyot namoyandalaridir. Arab tilida kalam tebratuvchi shoirlar — Tavfiq Ziyod, Xanna Abu Xon, Solih al-Qosim, hikoyanavislar — Emil Habibiy, Muhammad Ali Taxiy va b. mamlakatdagi arab aholisi kamsitilishiga qarshi norozilikni asosiy mav-zu qilib olganlar.
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
I. hududida turli tarixiy davrlarga mansub koʻpgina meʼmorlik va sanʼat yodgorliklari sakdanib qolgan. Galileydamil.av. 10—8ming yilliklarda toshdan yasalgan yertoʻlalar, Beysan, Megiddo va b. joylardagi mil.av. 4ming yillikka oid koʻhna shaharlar, Tel-Baytmirsim, Megiddo, Lahish, Gezer, Xatsorda qoyalar orasidan oʻtkazilgan vodoprovod lahmlari, tosh va xom gʻishtdan qurilgan qalin mudofaa is-tehkomlari, ibodatxonalar, turar joylar mavjud. Isroil va Yaxudo pod-shoxliklari (mil. av. 11-a. oxiri — 6-a. boshlari) davridan qolgan ogʻilxonalar, istehkomlar, saroylar, maishatxonalarning harobalari uchraydi. Neolit davriga mansub tasviriy va amaliy bezak sanʼati namunalari — uy hayvonlarining fil suyagi va sopoldan yasalgan haykalchalari, oʻyma va na-qshin idishlar topilgan. Rim xukmronligi davri (mil. av. 1-a. — mil. 4-a.) Rim badiiy madaniyatiga xos boʻlgan koʻpgina yodgorliklarni qoldirgan (Beysandagi Dionis ibodatxonasi, Beysan va Sezardagi teatrlar, Sezar va Askalondagi osma kuvurlar, jamo-at va turar joy binolari). Qabr ustiga qoʻyilgan byustlar va marmar sarkofaglardagi qabariq tasvirlar saklangan. Vizantiya davridan bazilika (Bet-Alfadagi sinagogda koshinkori tasviridagi muchal aylanasi, qator bibliya sahnasi, qurbonlik marosimi tasvirlari va b.), monastir va ibodatxonalar, arablar davridan masjid, madrasalar, salibchilardan qalʼa, qoʻrgʻonlar, istehkomlar qolgan. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida yahudiylarning Fala-stinga koʻchib kela boshlashi b-n I.ningIsroilning zamonaviy meʼmorligi va badiiy madaniyati shakllandi. Turli mamlakatlardan koʻchib kelgan yahudiylar har xil badiiy va meʼmoriy maktab hamda yoʻnalish anʼanalarini olib keldi.
 
20-a.ning 50-y.laridanyillaridan Tel-Aviv, Xayfo, Rexovat sh.lari rivojlana boshladi. Yangi barpo etilgan maʼmuriy va jamoat binolari orasida Tel-Avivdagi F. Mann konsert zali (1957, meʼmorlar 3. Rexter, D. Karmi, M. Zarxi, Ya. Rexter), Beylinson shifoxonasi (1950—58, meʼmorlari A. Sharon, B. Idelson), Gaarets-muzey (1958—60, meʼmorlar V. Vitkover, E. Baumen), 36 qavatli "Shalom" maʼmuriy va savdo binosi (70-y.laryillar), Bet-Yam sh.dagi mehmonxona majmui (1968—69), Rexovat sh.dagi atom fizikasi instituti va b. alohida ajralib turadi. Tasviriy sanʼ-atda turli modern yoʻnalishlari va us-lublari ustun. I. Zaritskiy, I. Krize, B. Brizel kabi rassomlar mashhur. "Be-salel" sanʼat va badiiy hunarmandchilik maktabi realistik tamoyillarga asos soldi. Amaliy bezak sanʼatida metall, plastmassa, loy va xurmo danagidan, guldor gazmoldan yasalgan badiiy buyumlar keng tarqalgan. Kitoblarni badiiy bezashga katta eʼtibor beriladi.
 
Musiqasi falastinlik yahudiylar va arablarning madaniyati (xalq qoʻshiqlari, raqslar, musiqa joʻrligidagi marosim va urf-odatlar), shuningdek koʻchib kelgan yahudiylarning anʼanalari asosida rivojlangan. 1948 y.danyildan keyin musiqa muassasalari tashkil etildi. I. filarmoniyasi, milliy opera va "Inbal" musiqali teatri, Xolon konservatoriyasi, Tel-Aviv yaxudiy konservatoriyasi, Quddus musiqa akademiyasi bor. 1950 y.lardanyillardan kompo-zitorlik maktabi rivojlana boshladi (M. Lavri, E. Partosh, P. Benxaim, M. Avid va b.).
 
== Teatri ==
1926 y.dayilda birinchi professional teatr — "Ogel" ("Chodir") teatri tashkil etildi. Dastlab uning repertuarida diniy aqidalar asosidagi pyesalar bor edi. Keyin xorijiy mualliflarning dunyoviy asarlari sahnalashtirildi. Teatr rahbari M. Galevi A. Makarenko asarlari asosidagi "Pedagogik poema", Kishonning "Nikoh shartnomasi" pyesalarini koʻrsatish orqali tomoshabinlar eʼtiborini qozondi. "Matete" ("Supurgi") deb atalgan hajviy teatr 1928 y.dayilda bolgar rej. I. Daniel tomonidan tashkil etildi. Dramaturglardan E. Harusi, A. Penn, Alterman teatr uchun dolzarb mavzularda pyesalar yozib berishdi. 1949* y.dayilda bu teatr moliyaviy qiyinchiliklar sababli yopilib qoldi. 50-y.lardayillarda "Batsal yarok" ("Koʻk piyoz") va "Hamem" ("Ili-miliq") satirik teatrlari yuzaga keldi. I.ningIsroilning yetakchi teatri "Gabi-ma" ("Saxna") 1928 y.danyildan beri Falas-tinda ishlab kelayotir. Uning sahnasida Shekspir, Shiller, Gyote pyesalari koʻrsatildi. 20-a.ning 2-yarmida bu teatrda X. Rovina, A. Meskin, Sh. Finkel, M. Zohar, Sh. Rudenskiy, A. Tal, I. Beker, M. Asherov kabi sahna ustalari shuhrat qozondi. Tel-Avivda Milliy teatr (1958 y.dayilda asos solingan) va Kamer teatri (1944), Xayfoda Shahar teatri (1963), Tel-Aviv untida musiqa f-ti, 20 dan ziyod musiqa maktabi mavjud.
 
== Kinosi ==
I.daIsroilda kino i.ch. 1950 y.dayilda boshlandi. Shu yili rej. A. Amar "Sulh" badiiy filmini yaratdi. 1954 y.dayilda milliy kinematografiyani ragbatlantirish haqida qonun qabul qilinib, kinoteatrlarda albatta I. filmlarini koʻrsatish joriy etildi. "Yodingda tut" (rej. F. Artvis) badiiy filmi va "Salax Shabati" hajviy komediyasi (ikkalasi 1964 y.dayilda yaratilgan) ayniqsa diqqatga sazovor. Keyingi yillarda musiqiy filmlar, komediyalar, josuslik va "jangari" filmlar yaratildi. Savdo va sanoat vazirligi xuzurida kino markazi tashkil etilgan. Tel-Avivda ikkita, Quddusda bitta kinostudiya bor.
 
== Oʻzbekiston — Isroil munosabatlari ==
Qator 91:
[[Turkum:Isroil|*]]
[[Turkum:Davlatlar]]
 
 
{{stub}}