Paleontologiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k imlo, replaced: anikladi → aniqladi using AWB
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Paleontologiya''' (paleo... va yun. ontos — jonzot va ... logiya) — utmisho'tmish geologik davrlarda mavjud boʻlgan, qazilma qol-diqlari saqlangan organizmlar, ularning hayot faoliyati va oriktotsenozlar (toshqotgan organizmlar) haqidagi fan. P. 2 yirik boʻlim — paleozoologiya va paleobotanikadan iborat.
 
Toshqotgan organizmlar toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar antik davrdan tabiatshunos olimlarga maʼlum. Biroq bu toshqotganlar qirilib ketgan orga-nizmlarning qoldiqlari ekanligi haqida hali aniq tasavvur yuzaga kelmagan edi. Tabiatshunoslardan daniyalik N. Steno va ingliz R. Guk oʻlib ketgan qayvonlarning turlari haqida dastlabki fiqolarni aytishgan. 18-asr oʻrtalari Rossiyada M. V. Lomonosov, Fransiyada J. Byuffon va Jiro-Sulavi, Buyuk Britaniyada J. Getton va boshqa gʻoyalarining rivojlanishi bilan qad. davr jonli tabiatidagi uzluksiz oʻzgarishlar va oʻtmishni bilishning muhimligi haqidagi qarash tarafdorlari tobora koʻpaya boshladi. Britaniyalik U. Smit birinchi boʻlib umurtqasiz toshqotgan organizmlar asosida qatlamlarning nisbiy geologik yoshini aniqladi va shu asosda dastlabki geologik haritani tuzdi (1794).
 
P. fan sifatida tarixiy geol. bilan uzviy bogʻliq holda vujudga keldi. Har 2 fan asoschisi J. Kyuvye hisoblanadi; u kollejda "Qazilmalar tarixi" fanidan daredars bergan va sut emizuvchilarning qazilma suyaklarini chuqur qiyosiy-anatomik oʻrganish natijasida umurtqalilar P.sini yaratgan (1808). Keyinroq fransuz botanigi A. Bronyarning "Qazilma oʻsimliklar tarixi" nashr etil-gach, paleobotanika vujudga keddi. J. Kyuvye va A. Bronyar (1811) geol.da tosh-qotgan organizmlar haqidagi tasavvurlarni rivojlantirdilar; ularning har ikkisi qazilmalar bilan hozirgi zamon organizmlarini oʻzaro bogʻlab, halokatlar nazariyasini yoqlab chiqdilar. "P." terminini 1marta (1822) fransuz zoologi A. de Blenvil ishlatgan. Dastlabki evolyusion nazariya asoschisi boʻlgan J. B. Lamark umurtqasizlar P.sini yaratgan. 19-asr ning 1yarmida P.da turlarning oʻzgarmasligi va ularning hayotida ketma-ket keskin oʻzgarishlar boʻlib turishi haqidagi gʻoya hukmron boʻlgan. Shu bilan birga, bu umumiy qarashlarni shveysariyalik L. Agassis, angliyalikA. Sejvik va fransiyalik A. D. Orbinilar rivojlantirdilar. Natijada stratigrafik P. shakllandi va 40-yillarning boshida Yerning umumiy stratigrafik shkalasi ishlab chiqildi.
 
19-asrning 60-yillaridan P.da yangi bosqich vujudga kelib, u tabiatshunoslik fanlarining keyingi rivojiga katta taʼsir koʻrsatgan evolyusion nazariyaning yaratilishi (Darvinning "Turlarning kelib chiqishi" asari, 1859 yil) bilan bogʻliq. 19-asrning koʻpgina paleontologlari darvinist boʻlmasalarda, evolyusionizm gʻoyalarini P.da tez yoya boshladilar. V. O. Kovalevskiy hozirgi evolyusion P.ning chinakam asoschisi sifatida muhim oʻrin tutadi. Uning umurtqalilar P.si va avstriyalik geolog Neymayrning umurtqasizlar P.siga oid asarlaridan keyingi-na darvinizm paleontologik asosga ega boʻldi. Umurtqalilar P.si evolyusiyaning nazariy masalalarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.