Gvatemala: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 20:
 
== Xoʻjaligi ==
Gvatemala — qoloq agrar mamlakat, iktisodiyoti tropik oʻsimlik mahsulotlarini eksport qilishga ixtisoslashgan. Yalpi ichki mahsulotda q.qishloq x.xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi va baliqchilikning ulushi 26%, sanoatning ulushi 15%. Mamlakat aholisining 2,5% ekinzorlarning 85% ga egalik qiladi. Asosiy ekini kofe, paxta, shakarqamish, banan; shuningdek abaku, efir moyli ekinlar, tamaki ham yetishtiriladi. Asosiy oziqovqat ekinlari: makkajoʻxori, sholi, kartoshka, loviya, sabzavot. Chorvachilik 2darajali ahamiyatga ega. Qoramol, choʻchqa, qoʻy boqiladi. Qimmatbaho yogʻoch (balsa, bakaut va boshqa) turlari, chikle smolasi tayyorlanadi. Sanoati zaif rivojlangan. Rux, volfram, surma, qoʻrgʻoshin, nikel, simob, kumush, oz miqdorda neft (mamlakat ehtiyojining 25%) qazib olinadi. Oziq-ovqat, koʻnchilik, toʻqimachilik, neft kimyosi, binokorlik materiallari korxonalari bor. 2,3 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Eskuintle va Puerto-Barrios yaqinidagi neft mahsulotlari zavodlari chetdan keltirilgan xom ashyo asosida ishlaydi. Hunarmandchilik rivojlangan. Temir yoʻl uzunligi — 819 km, avtomobil yoʻllari uzunligi — 17,3 ming km. Panamerika avtoyoʻli Gvatemala orqali oʻtadi. Asosiy dengiz portlari: Puerto-Barrios, San-Xose, Champeriko. Gvatemala sh.da xal-qaro aeroport bor. Gvatemala chetga kofe, paxta, banan, qand-shakar, goʻsht, yogʻoch, binokorlik materiallari va boshqa chiqaradi. Chetdan oziq-ovqat, avtomobillar, asbob-uskuna, neft keltiriladi. AQSH, Germaniya, Markaziy Amerika mamlakatlari, Yaponiya, Meksika bilan savdo-sotiq qiladi. Pul birligi — ketsal.
 
Maorifi, ilmiy va madaniy muassasalari. Boshlangʻich maktablar huzurida bolalar bogʻchalari va maktabgacha tarbiya boʻlimlari bor. Boshlangich taʼlim 6 yillik (qishloq joylarda 3 yillik), oʻrta maktablar 5 yillik; hunar-texnika maktablari ham bor. 5 universitetda mutaxassislar tayyorlanadi. Kolonial muzeyda rasmlar, haykaltaroshlik asarlari, Santyago muzeyida qurol-yarogʻ, mebel, sanʼat asarlari, Qad. kitob muzeyida tarixiy va badiiy asarlar, Chichikastenango muzeyida mayyakiche madaniy obidalari, Milliy tarix va nafis sanʼat muzeyida rassomlik, haykaltaroshlik, gravyura buyumlari, qad. tangalar, Arxeologiya va etn. muzeyida mayya madaniyati yodgorliklari saqlanadi. Gvatemala sh.da Milliy kutubxona mavjud. Ilmiy tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik ishlari ilmiy va texnika tadqiqotlari milliy kengashi va FA orqali muvofiqlashtirib boriladi. Ilmiy tadqiqotlar markazlari: Atom energiyasi instituti, Elektrlashtirish instituti, Antropologiya va tarix instituti, Geografiya instituti, Meteorologiya va seysmologiya instituti, rasadxona, Tibbiyot, fizika va tabiiy FA, Mayyakiche tili akademiyasi va boshqa