Galisiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 14:
}}'''Galisiya''' — Ispaniyaning shim.gʻarbiy qismidagi muxtor viloyat, Atlantika okeani sohilida. Mayd. 29,4 ming km{{sup|2}}. Aholisi 3,15 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — [[La-Korunya]]. Bosh shahri — [[Santiago de Compostela|Santyago-de-Kompostela]]. Galisiya tarkibiga [[A Coruña (provinsiya)|La-Korunya]], [[Lugo (provinsiya)|Lugo]], [[Ourense (provinsiya)|Orense]], [[Pontevedra (provinsiya)|Pontevedra]] provinsiyalari kiradi.
 
G.daGalisiyada qadimda galleklar qabilasi yashagan, keyinchalik viloyat ham kabila nomi bilan atalgan. 5-a.asr boshlarida Galisiyani svevilar, 8-a.asr boshlarida arablar egalladi. 718 yilda arablar magʻlubiyatga uchragach, Galisiyani Asturiya qirollari oʻzla-riga boʻysundirdilar. Galisiya 1065—72 yillarda mustaqil qirollik boʻlgan, 1072 yilda Kastiliyaga qoʻshib yuborilgan. 1936 yil Galisiyada referendum oʻtkazilib muxtor viloyat eʼlon qilindi.
 
Relyefi togʻlik, bal. 400–600 m, sharqida 1800 m gacha, tor dare vodiylari bilan oʻyilgan. Qirgʻoqlarida qulay tabiiy buxtalar bor. Iqlimi moʻʼtadil okean iqlimi, yiliga 2500 mm yogʻin yogʻadi. Keng bargli togʻ oʻrmonlari va butazorlar koʻp.
 
Galisiya asosan agrar viloyat. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa boqiladi. Makkajoʻxori, javdar, kartoshka ekiladi. Baliq ovlash va oʻrmonchilik katta ahamiyatga ega. GES koʻp. Kemasozlik rivojlangan (mamlakat kemasozligining 1/2 qismi). Oziq-ovqat (baliq, ayniqsa sardina konservalari i.ishlab ch.chiqarish) sanoati, avtomobil i.ishlab ch.chiqarish, neftni qayta ishlash va alyuminiy zavodlari bor.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==