Kursk viloyati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k {{Russia-geo-stub}}
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Kursk viloyati''' - RFdagiRossiya Federatsiyasidagi viloyat. Markaziy Qoratuproq iqtisodiy rniga kiradi. 1934 yil 13 iyunda tashqil etilgan. Maydoni 29,8 ming km². Aholisi 1336,4 ming kishi (1998), asosan ruslar; shuningdek, belorus, ukrain va boshqa ham yashaydi. Shaharliklar 60,9%. 28 tumanga boʻlingan, 10 shahar, 23 shaharcha bor (1998). Markazi — Kursk shahri
 
Kursk viloyati Rossiya Yevropa qismining markazida Oʻrta Rossiya qirlarida joylashgan. Oʻrtacha balandligi 200 m. Foydali qazilmalari: Kursk magnit anomaliyasi, temir rudasi, fosforit, boʻr, torf, har xil gil, qum va boshqa Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi gʻarbida — 7,7° dan shim.da — 9,4°gacha. Yillik yogʻin 480–600 mm. Vegetatsiya davri 187—193 kun. Asosiy daryolari: Seym va uning irmoqlari. Asosan, qoratuproq, shim.gʻarbida sur tusli oʻrmon tuproklari tarqalgan. Viloyat hududida Markaziy qoratuproq qoʻriqxonasi joylashgan.