Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
k b-n →‎ bilan
Qator 1:
{{Isroil_info}}
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Isroil''', ({{lang-he|יִשְׂרָאֵל}}, {{lang-ar|إسرائيل‎}}) — [[Yaqin Sharq]] oʻlkasida, [[Osiyo]]ning gʻarbiy qismida, [[Oʻrta dengiz]]ning janubisharqiy boʻyida joylashgan davlat. Asosiy va rasmiy maydoni 20 770 km{{sup|2}}<ref>[[BMT Bosh Assambleyasi]]ning [[1947-yil]] [[29-noyabr]] qarori bilan belgilangan hudud.</ref>. Aholisi soni [[2016-yil]]gi maʼlumotlarga koʻra 8 522 000 kishi. Poytaxti — Telaviv shahri. Asosiy iqtisodiy, siyosiy va madaniy markazi — [[Tel-Aviv]] shahri. Rasmiy tillari — [[ivrit]] va [[arabcha]]. BMTning [[1947-yil]]dagi qaroriga muvofiq
 
[[File:MiddleEast.A2003031.0820.250m.jpg|right|frameless]]
Qator 23:
Isroil — respublika. Mamlakatda yagona konstitutsiya yoʻq. Uning oʻrnini bosuvchi bir qancha qonunlar bor. Eng muhimlari: Qonun chiqaruvchi va ijrochi idoralarni tashkil etish toʻgʻrisida 1948 yilgi Qonun va Maʼmuriy farmon, 1949 yilgi Muvaqqat qonun, Qaytib kelish toʻgʻrisida 1950 yilgi Qonun, Fuqarolik haqida 1952 yilgi Qonun, Knesset toʻgʻrisida 1958 yilgi Asosiy qonun va boshqa.
 
Davlat boshligʻi — prezident (2000 yildan Moshe Katsav), u knesset (bir palatali parlament) tomonidan 7 yil muddatga saylanadi, 2-muddatga qayta saylanish huquqiga ega emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — knesset, uning 120 deputati umumiy toʻgʻri yashirin ovoz berish yoʻli b-nbilan 4 yil muddatga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni hukumat amalga oshiradi, hukumat knesset tomonidan tasdiqlanadi.
 
== Tabiati ==
Qator 35:
I. davlati BMT Bosh Assam-bleyasining 1947 yil 29 noyabr qarori asosida tashkil topgan (1948 yil 14 may). Qarorga koʻra, Buyuk Britaniya mandatidagi Falastin mustaqil deb eʼlon qilindi; uning hududi arab va yahudiy mustaqil davlatlariga boʻlindi, har ikki davlat demokratik konstitutsiyaga ega boʻlishi lozim edi. Yahudiy davlatining hududi 14,1 ming km{{sup|2}}, aholisi 498 ming yahudiy va 497 ming arab (shundan 90 mingi badaviy) deb belgilandi. Quddus BMT boshqaruvidagi mustaqil maʼmuriy birlik deb ajratildi. Arab-Isroil urushi (1948—49) davrida I. Falastin arab davlati uchun1 Falastin qudu-di (Iordan daryo-sining Gʻarbiy so hili va Gʻazza ajratilgan hududning 4/5 qismini, Quddusning gʻarbiy qismini bosib oldi va Quddusni I. poytaxti deb eʼlon qildi. I. bosib olgan hududdan taxminan 1 mln. arab quvgʻin qilindi.
 
1956 yil Isroil, Buyuk Britaniya va Fransiyaning Misrga, 1958 yil AQSH b-nbilan Buyuk Britaniyaning Livan va Iorda-niyaga qarshi agressiyalarida qatnashdi. I. Iordan daryosi suvining bir kismini oʻz tomoniga burib yubordi (1964 yil iyun). 1967 yil 2 iyunda tuzilgan hukumat "Buyuk I." davlatini barpo etish rejasini amalga oshirishga kirishdi. 1967 yil 5 iyunda I. arab davlatlariga qarshi yana agressiya boshladi. BMT Xav-fsizlik Kengashi oʻzining 1967 yil 5—9 iyundagi majlisida Isroildan harbiy harakatlarni darhol toʻxtatishni talab qildi, ammo I. agressiyani davom ettira-verdi. Taraqqiyparvar kuchlarning ta-labi va Xavfsizlik Kengashining qaroriga muvofiq (1967 yil 10 iyulda) I. oʻq otishni toʻxtashishga majbur boʻldi, ammo bosib olgan arab xududlaridan oʻz armiyasini olib ketishdan bosh tortdi. 1967 yil 22 noyabrda Xavfsizlik Kengashi Yaqin Sharqdagi tan-glikni siyosiy yoʻl b-nbilan bartaraf etish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Ammo I. bu qarorni mensimadi. Bosib olingan hududlarda harbiylashtirilgan yahudiy qishlokdari qurildi. 1973 yil kuzidagi arab-isroil urushida I. armiyasi va texnikasi katta talafot koʻrish evaziga koʻpgina yerlarni bosib oldi. 1974 va 1975 yillarda I. Misr b-nbilan, 1974 yilda Suriya b-nbilan tuzgan bitimlarga binoan qoʻshinlar bir-biridan yiroqlashtirildi, ular oʻrtasida bufer mintaqa hosil qilindi, bu yerga BMT qoʻshinlari joylashtirildi. 1979 yilgi I. -Misr sulh shartnomasiga muvofiq, I. oʻz qoʻshinlarini Sinay ya. o.dan olib ketdi va 1982 yilda yarim orolni Misrga kaytarib berdi. 1993 yilda I. b-nbilan Falastin Ozodlik tashkiloti bir-birlarini tan olish hamda Gʻazza mintaqasi va Iyerixon sh. atrofida Muvaqqat Falastin muxtoriyati toʻgʻrisida bitim tuzdilar. 1998 yil oktyabrdagi I. — Falastin shartnomasida I. arablardan bosib olgan yerlarining bir qismini kaytarib berishi koʻzda tutilgan. Ammo I. - Falastin mojarosini bartaraf etish mushkul masalaligicha qolayotir.
 
Isroil — 1949 yildan BMT aʼzosi. OʻzR su-verenitetini 1991 yil 25 dekabrda tan oldi va 1992 yilda diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. Milliy bayrami — Mustaqillik kuni (1948) — Yahudiylar taqvimiga koʻra, bu bayram har yili har xil kunda kelishi mumkin (2001 yilda 26 aprelga toʻgʻri keldi).
Qator 48:
 
== Qishloq xoʻjaligi ==
Ekinzorlarning aksar qismi davlatga va Yahudiy milliy jamgʻarmasiga qarashli boʻlib, bu yerlar kibutsa, moshava deb atalgan q. x. shirkatlariga ijaraga beriladi. Yer maydonlarining 20% dan koʻprogʻi ishlanadi, uning 40% dan or-tigʻi sugʻoriladi. Q. x.ning asosiy tar-mogʻi — dehqonchilik. Eksport uchun, asosan, sitrus mevalar yetishtiriladi (yiliga 1,5 mln. tonna), bular boshqa mevalar b-nbilan birga q. x. mahsuloti asosiy qiymatining 30% ni tashkil etadi. Ichki ehtiyoj uchun bugʻdoy, kartoshka, sabzavot, texnika ekinlaridan paxta, qand lavlagi, zaytun va b. ekiladi. Bogʻdorchilik, tokchilik, gulchilik b-nbilan ham shugʻullaniladi. Chorvachiligida qoramol, qoʻy va echki, shuningdek, parranda boqiladi. Baliqchilik qam rivojlangan. Q.x. mamlakat ehti-yojlarini qondirmaydi.
 
== Transporti ==
Qator 56:
 
== Tibbiy xizmati ==
Aholi sogʻligʻini saqlash yuqori darajada. Davlat tibbiyot muassasalari b-nbilan birga xususiy shifoxonalar ham bor. Vrachlar uch oliy oʻquv yurtining tibbiyot f-tlarida tay-yorlanadi.
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
Qator 63:
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Isroilda 400 dan ortiq gaz. va jur. nashr etiladi. Yiriklari: "Gaa-rets" ("Mamlakat", kundalik gaz., 1918 yildan), "Gamodiya" ("Xabarchi", kundalik gaz., 1950 yildan), "Gatsofe" ("Sharhchi", kundalik gaz., 1938 yildan), "Yediot axronot" ("Soʻnggi yangiliklar", kundalik kechki gaz., 1939 yildan), "Ma-ariv" ("Oqshom", kundalik kechki gaz., 1948 yildan). Ivrit tilida chiqadigan yuqoridagi gaz.lardan tashqari ingliz tilida kundalik "Djeruzalem post" ("Quddus pochtasi", 1932 yildan) va arab tilida "Al-Ittihod" ("Ittifoq", 1944 yildan) gaz.lari nashr etiladi. Quddusda I. telegraf agentligi va Tel-Avivda I. axborot agentligi ishlaydi. I. radioeshittirish boshqarmasi hukumat xizmati boʻlib, radio va televideniyeni boshqaradi, 1948 yilda tuzilgan.
 
Adabiyoti qad. Sharq adabiyotida qad. yahudiy adabiyoti alohida oʻrin tutadi. U butun Yevropa va Sharq madaniyati taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatgan. Qad. yaxudiy adabiyoti deganda, birinchi navbatda, Bibliya tushuniladi. Yahudiy adabiyoti keyingi asrlarda, asosan, ivrit tilida rivojlangan. Ayrim yozuvchilar (yil Agnon, A. Shlyon-skiy, L. Goldberg , X. Byalik va b.) I. tashkil topishidan ancha avval Falas-tinga koʻchib kelgan va 1948 yildan key-in ham ijodini davom ettirgan. Ay-niqsa, Nobel mukofoti laureati (1966) Yosef Agnon hikoyalari haqqoniyligi va chuqur psixologizmi b-nbilan eʼtiborni tortadi. 50-yillarda Falastinda oʻsib voyaga yetgan adiblar guruhi — Ye. Map, Ye. Amixay, T. Rivner, S. Izhar va b. adabiyotga kirib keldi. Ular oʻz asarlarida ijtimoiy muam-molarni oʻrtaga qoʻydilar. 60-yillarda Gʻarbiy Yevropa modernizmi va ekzistensializm falsafasi taʼsiri kuchaydi. Ilgor yozuvchilardan M. Avi-Shaul, A. Pen, X. Kadmon, A. Kenan, D. Ben-Amots, E. BenEzer va b. yahudiy-arab munosabatlari muammolarini, rasmiy ekstremistik siyosatdan norozilik kayfiyatlarini aks ettirdilar. Ivrit tilida ijod qiluvchi koʻpgina yozuvchilar idish tilida ham asarlar yarata boshladi. I. Zrubavel, M. Man, I. Pa-pernikov, P. Binetskiy va b. idish tilidagi adabiyot namoyandalaridir. Arab tilida kalam tebratuvchi shoirlar — Tavfiq Ziyod, Xanna Abu Xon, Solih al-Qosim, hikoyanavislar — Emil Habibiy, Muhammad Ali Taxiy va b. mamlakatdagi arab aholisi kamsitilishiga qarshi norozilikni asosiy mav-zu qilib olganlar.
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
I. hududida turli tarixiy davrlarga mansub koʻpgina meʼmorlik va sanʼat yodgorliklari sakdanib qolgan. Galileydamil.av. 10—8ming yilliklarda toshdan yasalgan yertoʻlalar, Beysan, Megiddo va b. joylardagi mil.av. 4ming yillikka oid koʻhna shaharlar, Tel-Baytmirsim, Megiddo, Lahish, Gezer, Xatsorda qoyalar orasidan oʻtkazilgan vodoprovod lahmlari, tosh va xom gʻishtdan qurilgan qalin mudofaa is-tehkomlari, ibodatxonalar, turar joylar mavjud. Isroil va Yaxudo pod-shoxliklari (mil. av. 11-a. oxiri — 6-a. boshlari) davridan qolgan ogʻilxonalar, istehkomlar, saroylar, maishatxonalarning harobalari uchraydi. Neolit davriga mansub tasviriy va amaliy bezak sanʼati namunalari — uy hayvonlarining fil suyagi va sopoldan yasalgan haykalchalari, oʻyma va na-qshin idishlar topilgan. Rim xukmronligi davri (mil. av. 1-a. — mil. 4-a.) Rim badiiy madaniyatiga xos boʻlgan koʻpgina yodgorliklarni qoldirgan (Beysandagi Dionis ibodatxonasi, Beysan va Sezardagi teatrlar, Sezar va Askalondagi osma kuvurlar, jamo-at va turar joy binolari). Qabr ustiga qoʻyilgan byustlar va marmar sarkofaglardagi qabariq tasvirlar saklangan. Vizantiya davridan bazilika (Bet-Alfadagi sinagogda koshinkori tasviridagi muchal aylanasi, qator bibliya sahnasi, qurbonlik marosimi tasvirlari va b.), monastir va ibodatxonalar, arablar davridan masjid, madrasalar, salibchilardan qalʼa, qoʻrgʻonlar, istehkomlar qolgan. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida yahudiylarning Fala-stinga koʻchib kela boshlashi b-nbilan Isroilning zamonaviy meʼmorligi va badiiy madaniyati shakllandi. Turli mamlakatlardan koʻchib kelgan yahudiylar har xil badiiy va meʼmoriy maktab hamda yoʻnalish anʼanalarini olib keldi.
 
20-a.ning 50-yillaridan Tel-Aviv, Xayfo, Rexovat sh.lari rivojlana boshladi. Yangi barpo etilgan maʼmuriy va jamoat binolari orasida Tel-Avivdagi F. Mann konsert zali (1957, meʼmorlar 3. Rexter, D. Karmi, M. Zarxi, Ya. Rexter), Beylinson shifoxonasi (1950—58, meʼmorlari A. Sharon, B. Idelson), Gaarets-muzey (1958—60, meʼmorlar V. Vitkover, E. Baumen), 36 qavatli "Shalom" maʼmuriy va savdo binosi (70-yillar), Bet-Yam sh.dagi mehmonxona majmui (1968—69), Rexovat sh.dagi atom fizikasi instituti va b. alohida ajralib turadi. Tasviriy sanʼ-atda turli modern yoʻnalishlari va us-lublari ustun. I. Zaritskiy, I. Krize, B. Brizel kabi rassomlar mashhur. "Be-salel" sanʼat va badiiy hunarmandchilik maktabi realistik tamoyillarga asos soldi. Amaliy bezak sanʼatida metall, plastmassa, loy va xurmo danagidan, guldor gazmoldan yasalgan badiiy buyumlar keng tarqalgan. Kitoblarni badiiy bezashga katta eʼtibor beriladi.