Kaspiy dengizi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Sondrion (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 35:
==Tarix==
'''Kaspiy dengizi''' (qadimda Kavkazning sharqida yashagan kaspiy qabilasi nomidan;
* qadimiy va oʻrta asrlarda [[dengiz]] sohilida mavjud boʻlgan viloyatlar, elatlar, davlatlar nomi bilann Goʻrgon, Xuroson, Xorazm, Oq dengiz, Xvali, Xazar dengizi nomi b-nbilan atalgan;
* [[Ozarbayjonlar]] hozir ham Xazar dengizi deb ataydilar) — Yer sharidagi eng katta berk suv havzasi, koʻpincha dunyodagi eng katta koʻl deb ham hisoblaydilar.
[[Rossiya Federatsiyasi]], [[Qozogʻiston]], [[Turkmaniston]], [[Eron]], [[Ozarbayjon]] hududlarida joylashgan.
Qator 41:
Quyidagi xususiyatlariga koʻra dengiz deb ataladi: kattaligi jihatidan Qora, Oq va Boltik, dengizlaridan kam farq qiladi, suvi ham dengiz suvi singari shoʻr, hayvonot va oʻsimliklar dunyosining bir qismi dengizlarda yashaydigan hayvon va oʻsimliklar jumlasidan. Bundan tashqari, Kaspiy dengizi bir vaqtlar hozirgi Kuma-Manich botigʻi oʻrnidan oʻtgan boʻgʻoz orqali Azov va Qora dengizlar bilann tutashib turgan. Dengiz haqida dastlabki maʼlumot [[Gerodot]]ning „Tarix“ asarida uchraydi. Kaspiy dengizi sathi Dunyo okeani sathidan qariyb 28 m past (1986).
 
Dengiz qirgʻogʻi ancha tekis, egribugri joylar kam. Yirik qoʻltiqlari: Qoraboʻgʻozgoʻl, Krasnovodsk, Qozoq, Mangʻishloq va b. K.d.da umumiy maydoni qariyb 350 km{{sup|2}} boʻlgan 50 ga yaqin orol bor (eng yiriklari Tyuleniy, Chechen, Artyom, Jiloy, Bulla, Ogurchinskiy va Kulali). Relyef tuzilishi jihatidan K.d. 3 qismga — shim., oʻrta va jan. qismlarga boʻlinadi. Shim. qismi jan.da Chechen oroli — Mangʻishloq ya.o.yarim orol chizigʻi b-nbilan chegaralangan boʻlib, chuq. 10 m ga qadar, eng sayoz (4–6 m) qismidir. Oʻrta qismi ancha chuqur, oʻrtacha chuq. 200 m, eng chuqur joyi esa 790 m. Bu qismi jan. qismidan Turkmanboshi sh. tomon dengizni kesib oʻtgan suv osti togʻ tizmasi orqali ajralib turadi. Jan. kismi eng chuqur (oʻrtacha chuq. 325 m). K.d.ning eng chuqur joyi (1025 m) ham shu qismda. Maydoni jixatidan uchala qismi deyarli bir-biriga teng, lekin suv hajmi jihatidan ular har xil: shim. qismiga umumiy suv xajmining 1/100 qismidan kamroq, oʻrta qismiga 1/3, jan. qismiga esa 2/3 ga yaqin boʻlagi toʻgʻri keladi.
 
Kaspiy dengiziga [[Volga]], [[Ural]], [[Kura]], [[Terek]], [[Emba]], [[Samur]], [[Sulak]], [[Eron]]dan oqib keladigan [[Safedrud]] kabi yirik daryolar va koʻpgina kichik daryo va soylar quyiladi. Shim., shim-gʻarbiy va sharqiy sohillarning yozi juda issiq va quruq, qishi esa sovuq. Jan.-gʻarbiy va jan. sohillarida iqlim yumshoq va nam. K.d.ning har 1 l suvida oʻrtacha 12,7 g tuz bor. Suv t-rasi yozda hamma joyida bir xil (24—26°), qishda esa shim. qismida 0° va undan pastroq, oʻrta va jan. qismlarida 2° dan 13° gacha. Shim. qismi qishda 2—3 oy muzlab yotadi (muzning qalinligi 2 m ga yetadi), oʻrta va jan. qismi esa muzlamaydi. K.d.da, asosan, Volga daryosi quyayotgan suv massasi b-nbilan doimo esadigan shamol taʼsiri natijasida kelib chiqadigan va dengizning qirgʻogʻi yoqalab soat strelkasi yoʻnalishiga teskari harakat qiladigan doimiy aylanma oqim mavjud. Koʻpincha, kuchli toʻlqinlar (10–11 m) boʻladi. K.d.ning suv sathi yillar va asrlar davomida oʻzgarib turadi. Oʻtmish maʼlumotlarining koʻrsatishicha, bundan 4—6 ming yil ilgari, mil. boshlarida va 18-a. oʻrtalari — 19-a. boshlarida dengiz sathi juda baland, 7—11-a.lar va 13-a. boshlarida esa, aksincha, juda past boʻlgan. Suv sathining soʻnggi keskin pasayishi 1929—56 y.lar orasida kuzatilgan. Shu davr ichida suv sathi 2,5 m dan ortiqroqqa pasaydi, natijada sayoz shim. qismida dengiz 20–30 km chekindi, koʻpchilik qoʻltiqlar qurib qoldi, dengizning maydoni esa (Qoraboʻgʻozkoʻlni hisobga olmaganda) 422 ming km{{sup|2}} dan (1930) 371 ming km{{sup|2}} ga (1969) kamaydi. Suv sathining bu kadar pasayib ketishiga asosiy sabab K.d.ga quyiladigan suvlarning kariyb 80 %ni beruvchi Volga suvining keyingi 40 yil davomida kamayib ketganligidir. Chunki, bu davr ichida Volga havzasida iqlim quruq keldi, yogʻin kam yogʻdi, bugʻlanish esa, aksincha, ortiq boʻldi. Bundan tashqari, Volga daryosida bir qancha suv omborlari barpo etildi, sugorish va sanoat ehtiyojlari uchun olinadigan suv hajmi ancha ortdi. Olingan maʼlumotlarga koʻra, 1966—76 yillarda K.d.ga oʻrta hisobda har yili 180 mm (yoki 66,8 km{{sup|3}}) yogʻin tushdi, 720 mm (266,4 km{{sup|3}}) daryo suvi va 14 mm (5 km{{sup|3}}) yer osti suvi quyiladi: ayni vaqtda dengizdan yiliga 966 mm (357,3 km{{sup|3}}) suv bugʻlanadi, 11 mm (4 km{{sup|3}}) suv sugʻorishga sarflanadi. Suv balansining kirim qismi (338,2 km{{sup|3}})ga nisbatan chiqim qismi (362,3 km{{sup|3}})ning ortiq boʻlishi dengiz suv sathining oʻrtacha har yili qariyb 7 sm ga kamaya borishiga sabab boʻlgan.
 
K.d.ning suv sathi yil davomida ham oʻzgarib turadi: mart oyidan koʻtarila boshlaydi, iyul oyida eng baland boʻladi, avg .dan to fev.ga qadar esa pasaya boradi. 1978 y.dan K.d. suv sathining koʻtarilishi kuzatilmoqda (1986 y.da dengiz havzasi mayd. 376 ming km{{sup|2}}ni tashkil etdi).
Qator 51:
K.d.ning Koraboʻgʻozgoʻl qoʻltigʻidan natriy sulfat, mirabilit va epsomit olinadi. Sharqiy sohillarida chu-chuk suvga boʻlgan ehtiyoj juda katta. Shu sababdan, Turkmanboshi va Oqtov sh.larida dengiz suvini chuchuklashtiradigan yirik qurilmalar barpo qilingan.
 
K.d.ning transport ahamiyati ham katta. Unda neft, yogʻoch, don, paxta, guruch, mineral oʻgʻitlar tashiladi. Yoʻlovchilar tashuvchi kemalar qatnaydi. Eng yirik portlari: Astraxon, Maxachqala (RF), Turkmanboshi (Turkmaniston), Enzeli (Eron). Boku b-nbilan Turkmanboshi sh.lari oraligʻida dengiz t.y. paromlari katnab turibdi.
 
Shoʻro davlati inqirozga uchragach, hududi K.d.ga tutash davlatlar dengizning oʻziga tegishli deb hisoblagan qismida uning boyliklarini (baliq va b. hayvonlarni ovlash, neft, tuz va h.k.) oʻzicha tasarruf qilib kelmoqda. Hozirgacha K.d. boyliklarini oʻzlashtirish, oʻziga tegishli akvatoriyalar chegaralarini belgilab olish haqida dengizga yondosh davlatlar oʻrtasida yagona kelishuv imzolanmadi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
Qator 57:
 
== Shakllanishi ==
<table>
<tr>
<p style="text-indent: 25px; text-align: justify;">Shakllanishi uzoq geologik vaqtda oʻtdi. Shu vaqt ichida dengiz suvi birda qirgʻoqlikga toshdi ([[transgressiya]]), birda orqaga chekinib turdi ([[regressiya]]). [[Pleystotsen]] davrida (70 mln. yil ilgari) dengizning Ponto Kaspiy janubida joylashgan [[Tetis]] nomli katta dengizdan boʻlinib chiqdi. Pontiy davrida (10 mln. yil ilgari) tarkibida hozirgi hududni olayotgan Qora va Kaspiy dengizlari bor Sarmat qabilasi bir nechta boʻlakka boʻlindi. Natijada hozirgi Kaspiy dengizining polzoy paydo boʻldi. U vaqtda dengizning hududi hozirgidan kichik boʻlgan</p>
</tr>
<tr>
 
== Geografiyasi ==
<p style="text-indent: 25px; text-align: justify;">[[File:Caspianseamap.png|Kaspiy dengizining suv koʻlamining kamayishi, Sariq ranglisi ilgari boʻlgan koʻlami|thumb|right]]
Kaspiy dengizi jarliklarining turkumiga qarab uchga boʻlingan. Shimoliy boʻlagining Mangʻistov qirgʻogʻi boʻyi bilan oʻtadi. Markaziy boʻlagi shundan Apsheron qirgʻogʻigacha choʻzilgan, qolgan eri janubiy boʻlakning ulushiga kiradi. Shimoliy boʻlagi sayoz, koʻp erida 5 m-dan oshmaydi, eng chuqur joyi 26 m, umumiy dengiz yuzasining 24 %. Markaziy Kaspiyning oʻrtacha chuqurligi 200 m, eng chuqur eri 788 m, umumiy dengiz yuzasining 36 %. Janubiy boʻlagining oʻrtacha chuqurligi 345 m, eng chuqur joyi 1025 m, dengiz yuzasining 40 %, dengiz suvining 66 %.
 
== Dengiz sathi ==
<hr style="background-color:#2e8b57" />[[File:Caspian Sea Kazakhstan Mangistau.jpg|200px|right]]
<p style="text-indent: 25px; text-align: justify;">
Dengiz sathi har doyim oʻzgarib turadi. 1830—1929 yillari 25,5 va 26,6 m koʻrsatgichka ega boʻldi. 1929 yildan 1977 yilgacha sathining pasayishi (-29 m) boʻldi. 1978 yildan boshlab Kaspiy qayta koʻtarildi, 1995-yilning boshida — 26,5 m-lik koʻrsatgichga ega boʻldi.
 
== Kaspiy dengizi — Geopolitik maqsadlar markazi ==
Kaspiy dengizi dunyodagi eng katta yopiq dengiz boʻlib (374000&nbsp;km²), bu geografik landshaft uning uchun katta talofatlar olib kelgan. Sobiq Sovet Ittifoqi davridayoq dengizning [[Volga]] daryosining quyilish qismida sanoat chiqindilari oqibatida suvning katta miqdordagi ifloslanishi yuz bergan. Hozirga qadar bu vaziyatni yahshilash uchun koʻzga koʻrinarli ishlar qilingani yoʻq, [[Volga]] daryosi hali hanuz turli kimyoviy moddalarga boy sanoat chiqindilarini dengizga quyishda davom etmoqda. Bundan tashqari dengizdagi [[Qozog'iston]], [[Ozarbayjon]] va [[Eron]] tomonidan yangi barpo qilingan burgʻulash minoralari, [[neft]] va [[gaz]] konlari dengizni ekologik ahvolini yanada yomonlashtirishda davom etmoqda.
 
Shunga qaramasdan Kaspiy dengizi regionning eng faol hududlaridan biriga aylanishi mumkin. Hozirning oʻzidayoq Kaspiy dengizi oʻz bagʻriga bir nechta quvur transportlarini olgan. [[Eron]], [[Turkmaniston]] va [[Qozogʻiston]]ni bogʻlashni koʻzda tutgan temir yoʻl qurilishi rejasi va ularni [[Moskva]] bilan bogʻlanishi bu dengizdagi transport qatnovi hajmini kuchaytirib yuborishi mumkin. Kaspiy dengizi bilan [[Qora dengiz]]ni bogʻlashga moʻljallangan Evrosiyo kanalining qurilishi esa Kaspiy dengizining geopolitik hususiyatini tubdan oʻzgartirishi mumkin, garchi hozirda bu loyiha oʻzining qimmatligi (6 mlrd AQSh dollari) va Moskvaning eʼtirozi bilan toʻhtatib qoʻyilgan boʻlsada, shuning oʻziyoq Kaspiy dengizining kelajagi tarixidan koʻra faolroq boʻlishini koʻrsatib beradi.
 
Arab mamlakatlaridagi notinchliklar va Gʻarb-Fors koʻrfazi mamlakatlari orasidagi sovuqchiliklar dunyo hamjamiyatini yangi energetik manbalarga diqqatini jalb qilishga majbur qildi. Kaspiy dengizi dunyoda resurslarga boyligi boʻyicha Fors koʻrfazidan soʻng ikkinchi oʻrinda turadi. Hisob-kitoblarga koʻra Kaspiy [[neft]]ining 55 % [[Qozogʻiston]]ga, 32 % [[Ozarbayjonga]] va 6,5 % esa [[Rossiya]] va [[Turkmaniston]]ga (har qaysisi) toʻgʻri keladi.<ref>[http://www.geopolitikauz.com/2013/06/kaspiy-dengizini-harbiylashtirilishi.html?utm_source=feedburner&utm_medium=feed&utm_campaign=Feed%3A+Geopolitikauz+%28GEOPOLITIKA.UZ%29&utm_content=FaceBook KASPIY DENGIZINING HARBIYLASHTIRILISHI - KASPIYBO'YI GEOPOLITIKASINING TUBDAN O'ZGARISHI]</ref>
 
Tarixga nazar solsak 90-yillargacha Kaspiy dengizi [[Sovet Ittifoqi]] va [[Eron]] oʻrtasida tuzilgan bitimlarga koʻra boshqarilib kelinmoqda edi. Sovet Ittifoqining qulashi bilan esa Rossiya dengizda yangi suveren davlatlarning oʻrnini hisobga olib qayta chegaralash taklifini kiritadi. Rossiya bu taklifni kiritishiga qaramasdan Kaspiy dengizidagi Sovet Ittifoqi nazoratini toʻlaqonlicha saqlab qoldi desak mubolagʻa boʻlmaydi. [[Turkmaniston]], [[Qozogʻiston]] va [[Ozarbayjon]] oʻzlarining dengiz flotlariga ega boʻlmaganligi va 90-yillarning boshlaridagi iqtisodiy muammolari tufayli Kaspiy dengizi nazorati haqida hech qanday talab qoʻya olmadilar. Dastlabki bitimlarga koʻra [[Rossiya]] Ozarbayjon flotini [[Astrahan]]dagi harbiy flot markazi orqali boshqarishga kelishildi. [[Qozogʻiston]] va [[Turkmaniston]] esa oʻzlariga tegishli boʻlgan Kaspiy dengizidagi hududlarini 25 %ini [[Rossiya]]ga ularni havfsizligini taʼminlash evaziga boʻshatib berishlarini bildirdilar. Shunday qilib Kaspiy dengizi norasmiy jihatdan [[Rossiya]] va [[Eron]] oʻrtasida boʻlib olindi.
 
Dastlab beshala davlat ham Kaspiy dengizini harbiylashtirishga oʻzlarining qattiq qarshiliklarini bildirdilar, bu hududni tinchlik va iqtisodiy maqsadlarda foydalaniladigan zona sifatida qoldirishga kelishib olindi. Lekin bu kelishuvni sekin asta [[Rossiya]] va [[Eron]] birinchilardan boʻlib buza boshlashdi.
 
== Manbalar ==
{{Reflist}}
 
[[Turkum:Koʻllar]]
[[Turkum:Ozarbayjon koʻllar]]