Humanizm: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 3:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Humanizm''' (lot. humanus — insoniy) — odamlarga mehr-muhabbat b-nbilan qarash, ularni hurmat qilish, insonning moddiy farovonligini yuksaltirish va kishilarda yuksak maʼnaviy fazilatlarni rivojlantirishga gʻamxoʻrlik qilish (q. [[Insonparvarlik]]).
 
Tor maʼnoda — Uygʻonish davri (13 — 16-a.lar)da sxolastikaga va cherkovning maʼnaviy hukmronligiga qarshi turgan dunyoviy hurfikrlilik. Gʻarbiy Yevropadagi bir necha mamlakatlarda G. ijtimoiy tafakkur sohasida, adabiyot, sanʼat va ilm-fanda katolitsizmga va shaxsning qulligiga qarshi qaratilgan ilgʻor harakat edi. G. tarafdorlari oʻz zamonasining taraqqiyparvar kuchlari boʻlgan. Ular inson huquqi va olijanob fazilatlar, ilmmaʼrifat va hurriyat uchun, kishilarning har tomonlama erkin rivojlanishi uchun kurash olib bordilar. G.ning atoqli namoyandalari F. Petrarka, J. Bokkachcho, Leonardo da Vinchi, J. Bruno, T. Kampanella (Italiya), M. Monten, F. Rable (Fransiya), T. Mor, F. Bekon (Angliya), E. Rotterdamlik (Niderlandiya), N. Kopernik (Polsha) va b. edi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>