Kamerun: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Kamerun info}}
'''Kamerun''' (ing. Cameroon, frans. Sategoip), Kamerun Respublikasi ([[Ingliz tili|ing]]. Republic of Cameroon, frans. République du Cameroun) — Markaziy Afrikadagi davlat. [[BMT]] aʼzosi Gʻarbda Atlantika okeanining Biafra qoʻltigʻi bilan tutash. Mayd.Maydon 475,4 ming km{{sup|2}}, axoliyeyaholisi 21,7 mln. kishi (2012). Poytaxti [[Yaoundé]] shahri. Maʼmuriy jihatdan 10 viloyat (province)ra boʻlinadi.
 
== Davlat tuzumi ==
Qator 8:
Kamerun ekvatorial va shimoliy subekvatorial mintaqalarda joylashgan. Yer yuzasi shim.ga tomon pasayib boradigan yassitogʻlik (1500–2000 m). Kamerun markazida Adamaua platosi bor (eng baland joyi 3008 m). Biafra qoʻltigʻi sohilida Kamerun vulkanik massivi (4070 m) ajratib turadigan pasttekislikning kengligi 150 km cha. Qazilma boyliklari: temir rudasi, oltin, boksit, qalay, titan, neft, tabiiy gazeta.
 
Iqlimi janubida ekvatorial, nam iqlim. Oʻrtacha t-ratemperatura fevral yoki martda 24— 28°, iyulyo avgustda 22°—24°. Yillikyogʻin ichki hududlarda 1500–2000 mm, sohilda 3000 mm dan ortiq (Kamerun massivining gʻarbiy va jan.-gʻarbiy yon bagʻirlarida — 10000 mm gacha). Kamerunning boshqa qismida iqlim — ekvatorial-mussonli, seryomgʻir, qishi quruq. Oʻrtacha temperaturaa 19°—24°, shim.da 26°—33°. Yillik yogʻin 500 mm gacha. Daryolari koʻp va sersuv, ostonali, gidroenergiyaga boy. Koʻplarida kema qatnay olmaydi. Hududining ‘/, qismiga yaqini oʻrmon. Jan. dagi qizgʻish-sariq ferralit tuproqda doim yashil oʻrmonlar, sohilda mangra chakalakzorlari bor. Qimmatbaho yogʻoch beradigan daraxtlar (qizil, temir daraxt va b.) koʻp. Shim.dagi qizil-qoʻngʻir va qora tropik tuproklarda savanna oʻsimliklari oʻsadi. Oʻrmonlari daraxtlarda yashaydigan hayvonlar (maymunlar va b.), fil, suv aygʻiri, timsoh, ilon, qushlar va turli hasharotlarga boy. Qoʻtos, karkidon, kiyik, jirafa, arslon, gepard va b. koʻp. Hay-vonlarni saqlab qolish uchun Benue, Bubanjida, Vaza milliy bogʻlari va Bafia, Ja, Duala-Edea, Kampo qoʻriqxonalari barpo etilgan.
 
Aholisining koʻpchiligi bantu (duala, balundu, basa va boshqa), sharqiy bantoid (bamileke, bamum, tikar va b.) til oilalariga mansub. Rasmiy tillar — fransuz va ingliz tillari. Aholisining 45% qad. diniy eʼtiqodni saqlagan, 35% qismidan ortigʻi xristian (asosan, katolik), 20% sunniy musulmon. Aholining 41 % shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Duala, Yaunde, Bafusam, Morva, Garva va boshqa.
Qator 59:
 
== Kinosi ==
Kamerunda yaratilgan dastlabki filmlar etn. tusida edi: "Tam-tam Parijda" (1963, rej.rejissyor T. Sita-Bella), "Bambilikening katta uyi" (1966, rej.rejissyor J. P. Ngassa). 1966 yilda Axborot vazirligi huzurida kino boʻlimi ochildi. 1973 yilda kino sanoati jamgʻarmasi taʼsis etilib, filmlar yaratish uchun shu jamgʻarmadan mablagʻ berila boshladi. Rej.Rejissyor J. P. Dikong-Pipaning "Shoxlar" (1964) va "Otamni qaytarib beringlar" (1965) qisqa metrajli filmlaridan keyin "Begona bola" (1975), "Ozodlik qadri" (1979) filmlari shuhrat qozondi. RejRejissyor. D. Kamva "Belanchak" va "Bizning qizimiz" nomli hajviy filmlar yaratdi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==