Vanuatu: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Vanuatu_info}}<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->'''Vanuatu''', Vanuatu Respublikasi (Ripablik blong Vanuatu) — [[Tinch okeani|Tinch okeanning]] jan.janubi-gʻarbiy qismida joylashgan Yangi Gebrid orollari (80 oroldan iborat)dagi davlat. Bu orollarning eng yiriklari Espiritu-Santo, Ambrim, Malekula, Maevo, Efate. Maydon 12 190&nbsp;km{{sup|2}}. Aholisi 189,6 ming kishi (1990-yillar oxiri). Poytaxti — [[Port-vila|Port-Vila]] shshahri. Maʼmuriy jihatdan 6 provinsiyaga boʻlingan.
 
== Davlat tuzumi ==
Qator 5:
 
== Tabiati ==
Orollar yer yuzasi vulkan jinslaridan tuzilgan togʻlik (eng baland nuqtasi 1810 m). 60 ga yaqin vulkandan 10 tasi harakatda. Orollardagi togʻlar orasida tekis yerlarda dehqonchilik qilinadi. Koʻpgina issiq buloqlar mavjud. Oltingugurt, marganes konlari bor. Iklimi — nam, tropik. Oʻrtacha oylik t-rasitempaturasi 20—27°. Yiliga 1000&nbsp;mm gacha yogʻin yogʻadi. Sershamol sharqiy qiyaliklarda tropik oʻrmonlar, gʻarbda Irak oʻrmon.
 
== Aholisi ==
Aholisi asosan melanezlar (95% ga yaqini). Inglizlar, mikronezlar, polinezlar, fransuzlar va b. ham yashaydi. Shaharlarda 18,4% aholi istiqomat qiladi. Rasmiy tili — ingliz va fransuz tillari; davlat tili — bislama tili. Dindorlarning aksariyati — xristianlar (aholining 90% i). Yirik shaharlari — Port-Vila, Luganvil.
 
Qator 14 ⟶ 15:
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Vanuatu leyboristlar partiyasi, 1986 yil tashkil etilgan; Vanuaku partiyasi, 1971 yil tuzilgan; Milliy demokratik partiya, 1986 yilda asos solingan; Melaneziya taraqqiyparvar partiyasi, 1988 yilda tuzilgan; Xalq demokratik partiyasi, 1994 yilda asos solingan; Milliy birlashgan partiya, 1991 yilda tashkil etilgan; Yangi xalq partiyasi, 1986 yilda tuzilgan; Moʻʼtadil partiyalar ittifoqi, 1980 yilda tuzilgan. Vanuatu kasaba uyushmalari kengashi, 5 tarmoq kasaba uyushmalarini birlashtiradi.
== Xoʻjaligi ==
Iqtisodiyotining asosi — qishloq xoʻjaligi Mehnatga qobiliyatli aholining 70% qishloq xoʻjaligi bilan band. Kokos palmasi, yams, kakao, shakarqamish, kofe, paxta ekiladi. Qoramol, qoʻy, echki, parranda bokiladi, baliqovlanadi. 1995 yil yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi 13% ni tashkil etdi. Unda mehnatga qobiliyatli aholining 3,5% band boʻldi. Qimmatbaho yogʻoch tayyorlanadi. Marganes qazib olinadi (Efate orolda). Shuningdek, neft, oltin, mis zahiralari bor. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi, toʻqimachilik mahsulotlari, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar bor. 80-yillarning oxiridan qurilish avjoldi. Sayyohlik rivojlangan; yiliga oʻrtacha 45 mingga yaqin sayyoh kelib ketadi. Vanuatuda t.y.temir yoʻl yoʻq. Avtomobil yoʻllari uz.—1,1 ming km. Asosiy dengiz porti va xalqaro aeroporti Port-Vila shshahri. Shuningdek, Luganvil, Palikoulo va Santu dengiz portlari ham bor. Vanuatu chetga kopra, marganes rudasi, baliq, goʻsht, kofe, kakao, yogʻoch chiqaradi. Chetdan oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar, tamaki, kimyoviy mahsulotlar, dastgoh va transport jihozlari oladi. Tashqi savdodagi mijozlari — [[Yaponiya]], [[Avstraliya (davlat)|Avstraliya]], [[Yangi Zelandiya]], [[Fransiya]], [[Yangi kaledoniya|Yangi Kaledoniya]], [[Fiji]], [[Niderlandlar|Niderlandiya]]. Pul birligi — vatu.
 
== Madaniyati ==
Madaniyati. Vanuatuda "Vanuatu uikli" (ingliz, fransuz va bislama tillarida, 1980 yildan), "Treyding post" ("Savdo pochtasi", ingliz tilida) haftalik gaz.lari chiqadi. 1987 yildan Paknyus mintaqaviy axborot agentligi mavjud. Vanuatuda "Vanuatu teleradioeshittirish korporatsiyasp" faoliyat koʻrsatadi. Vanuatu radiosi 1966 yildan (ingliz, fransuz va bislama tillarida) ishlaydi.
 
Vanuatu maktablarida taʼlim ingliz va fransuz tillarida olib boriladi. Oʻqish bepul. Boshlangich maktabga bolalar 6 yoshdan qabul qilinadi. 6 yoshdan 11 yoshgacha boʻlgan bolalarning 85% ga yaqini davlat boshlangʻich maktablariga boradi. Bu maktablarning soni 270 dan ortiq. Oʻrta maktablarga bolalar 12 yoshdan qabul qilinadi; unda oʻqish muddati 7 yil Oʻrta maktablarda 4269 oʻquvchi oʻqiydi. Davlat maktablaridan tashqari, xususiy va missionerlik maktablari ham bor. Boshlangʻich maktab oʻqituvchilarini ped. kollejlari tayyorlaydi. 1989 yil mayda Port-Vila sh.da Jan.-Tinch okeani untining filiali ochilgan. Port-Vila sh.da shuningdek, Madaniy markaz hamda uning muzeyi va kutubxonasi bor.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>